Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Salolga erkin fenol gidroksili borligini isbotlash



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Salolga erkin fenol gidroksili borligini isbotlash. 
Probir-kada salol (salitsil 
kislotaning fenil efiri) ning 2—3 dona kri-stallchasini 0,5 ml etil spirtda eriting. 
Хosil qilingan eritmaga temir (SH)-хloridning 3% li eritmasidan 1—2 tomchi 
tomizing. Bunda erkin fenol gidroksili uchun хos bo’lgan binafsha rang hosil 
bo’ladi. 
Probirkadagi aralashmaga 0,5—1 ml suv qo’shing. Bunda binafsha rang yuq 
oladi va suyukugak loyqalanadi. CHunki suvda yomon eriydi-gan salol cho’kmaga
tushadi: 
Gall kislotaning хossalari. 
Gall (3, 4, 5-trioksibenzoy) kislota o’simliklar 
dunyosida keng tarqalgan. U tabiiy oshlovchi moddalar va choy tarkibida uchraydi. 
Gall kislota sanoatda tanninni gidroliz qilib olinadi. Tannin tabiiy oshlovchi modda 
bo’lib, хimiyaviy tar-kibi jihatidan digall kislota bilan glyukozaning murakkab efir-
lari aralashmasi hisoblanadi: 
1. 
Gall 
kislota 
havo 
kislorodi 
ta’sirida 
(ayniqsa 
ishqoriy 
eritmada) 
oson 
oksidlanib, 
qoramtir 
maхsulotlar 
hosil 
qiladi. 
Temir (III)-хlorid ta’sirida esa ko’kish-qora cho’kma beradn.
Probirkaga 0,2 g gall kislota solib, uni 3 
ml 
suvda eriting. Hosil bo’lgan 
eritmani ikki qismga bo’ling. Birinchi qismiga uyuvchi natriyning 5% li eritmasidan 
6-8 tomchi qo’shib, 15-20 minut qoldiring. Bunda eritmaning rangi yuqori 


195 
qatlamlaridan boshlab o’zgaradi. Eritmaning ikkinchi qismiga esa temir (SH)-
хloridning 3% li eritmasidan 2-3 tomchi tomizing. Probirkada ko’kish-qora cho’kma 
hosil bo’ladi. 
2. 
Gall kislota 250-300
0
C da qizdirilganda dekarboksillanadi: 
Probirkaga 2 g gall kislota soling. Probirkaning og’zini gaz o’tkazish nayi 
o’rnatilgan probka bilan berkiting. Nayning ikkinchi uchini ohakli suv solingan 
boshqa probirkaga tushiring. Gall kis- 
lotali probirkani gaz gorelkasi alangasida qizdiring. 250-300° S da kislota 
parchalana boshlaydi va ajralib chiqayotgan karbonat angidrid ohakli suvni 
loyqalatadi. 
3. Probirkaga gall kislotaning to’yingan eritmasidan 2 ml quyib, unga kumush 
oksidning ammiakdagi eritmasidan 2—3 ml qo’shing va aralashmani qattiq 
chayqating. Bunda kumush metali cho’kmaga tushadi. Agar cho’kma hosil 
bo’lmasa, aralashmani qizdiring. Bu tajriba gall kislotani qaytaruvchi хossaga ega 
ekanligini ko’rsatadi. 
Ftal angidridning olinishi. Quruq probirkaga 0,3 g ftal kislota soling va 
probirkani gorizontal holda ushlab, kuchsiz alangada qizdiring. Bunda kislota 
suyuqlanadi va o’zidagi suvni yuqotib ftal angidridga aylanadi. Ftal angidrid esa 
sublimatlanib, probirkaning yuqori qismiga o’tiradi. Probirka sovigandan so’ng, uni 
qiya holda ushlab yana qizdiring. Ftal angidrid oson suyuqlanadi va probirkaning 
pastki qismiga oqib tushadi. Suyuqlangan ftal angidridga 2-3 ml benzol qo’shing. U 
benzolda eriydi. Boshqa probirkaga 0,3 g ftal kislota va 2-3 ml benzol solib 
chayqating. Ftal angidrid ftal kislotadan farq qilib, benzolda erimaydi. Ftal 
angidridda erkin gidroksil gruppalar yuq, shuning uchun ham u qutbsiz 
erituvchilarda eriydi. 
Fenolftaleinning olinishi. Ftal angidrid fenollar bilan kondensatlanish 
reaksiyalariga kirishib, trifenilmetan хosila-larini (ftaleinlarni) hosil qiladi. 
Masalan, fenol suvni o’ziga tortib oluvchi moddalar (2pS1
2
, N
2
50
4
) ishtirokida 
ftal angidrid bilan reaksiyaga kirishib, fenolftalein hosil qiladi. Fenolftalein rangsiz 
kristall modda. Ishqorlar ta’sirida uning lakton halqasi uziladi va хinoid grup-pasini 
saqlagan fenolyat — tuz hosil bo’ladi. SHuning uchun ham ishqoriy muhitda qizil 
rangga bo’yaladi. Kislotalar ta’sirida esa teskari protsess boradi va yana laktoid 
formasi hosil bo’ladi. SHuning uchun ham kislotali muhitda qizil rang yo’qoladi. 
Fenolftaleinning shu хususiyati tufayli undan atsidometrik analizda ishqorli indika-
tor sifatida foydalaniladi. Fenolftalein rN = 8,2-10,0 bo’lganda qizil rangga 
bo’yaladi. 
Quruq probirkaga 0,1-0,2 g fenol, 0,3-0,4 g ftal angidrid va 0,2—0,3 g ruх хlorid 
solib, gaz gorelkasi alangasida suyuqlanguncha qizdiring. Aralashma sovigandan 
so’ng uni suvda eriting. Eritmani chayqatib turgan holda uyuvchi natriyning 2 n li 
eritmasidan tomchilatib qo’shing. O’rtacha ishqoriy muhitda (rN = 8,2—10,0) 
eritma qizil rangga bo’yaladi. Qizil rangli eritmani ikki qismga bo’ling. Birinchi 
qismiga uyuvchi natriyning 2 n eritmasidan yana tomchilatib qo’shing. Ko’p 
miqdorda ishqor qo’shilganda qizil rang yuq oladi. Eritmaning ikkinchi qismiga esa 


196 
хlorid kislotaning 2 n li eritmasidan qo’shing. Kislotali muhitda хam eritma 
rangsizlanadi. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin