192
yuqori temperaturaDa (230—250" S da) esa parchalanib, fenol va karbonat angidrid
hosil qiladi, ya’ni arboksillanadi.
Probirkaga 0,5 g salitsil kislota solnig va probirka og’zini gaz o’tkazish nayi
o’rnatilgan probka bilan berkiting. Gaz o’tkazish nayining ikkknchi uchini ohakli
suv solingan probirkaga tushiring. Salitsil kislota solingan probirkani gaz gorelkasp
alangasida qizdiring. Bunda salitsil kislota suyuqlanadi va qaynay boshlaydi.
Probirka tubini, shuningdek probirka devorlarini bir tekisda qizdiring. Kislotaning
bir kism i sublimatlanib, qolgan 1qismi fenol va karbonat angidridga parchalanadi.
Fenolni hididan, karbonat angidridni esa ohakli suvning loyqalanishidan bilishingiz
mumkin:
Benzoy, m-oksibenzoy va p-oksibenzoy kislotalar
salitsil kislotaga nisbatan
qizdirishga bir muncha barqarordir. Masalan, /g-oksi-benzoy kislota 300" S da, .m-
oksibenzoy va benzoy kislotalar esa 400' S dan yuqori temperaturada parchalanadi.
Etilsalitsilatkning olinishi. Probirkaga 0,5 g salitsil kislota, 2 ml etil spirt va
0,5 ml kontsentrlangan sulfat kislota soling. hosil
bulgan aralashmani suv
hammomida (70—75° S da) vaqt-vaqti bilan chayqatib turgan holda eхtiyotlik
bilan 5 minut qizdiring. Aralashma sovigandan so’ng uni 4—5 ml suv solingan
boshqa probir-kaga quying. Bunda suv yuzasida o’ziga хos hidli etilsalitsilat (salitsil
kislota etil efiri) qatlami hosil bo’ladi:
Dostları ilə paylaş: