Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Laboratoriya ishlari
 
Asbob va idishlar:
 
qum hammomi, termometr, pipetkalar, shisha tayoqchalar, 
gaz gorelkasi yoki spirt lampa, probirkalar, gazeta parchasi, cho’p, filtr qog’oz, qizil 
lakmus qog’oz. 
Reaktivlar:
 
nitrobenzol, kontsentrlangan хlorid kislota, kontsentrlangansulfat 
kislota, granulalangan qalay, o’yuvchi natriyning 25% li eritmasi, хlorid kislotaning 
2 n eritmasi, sulfat kislotaning 2 n eritmasi, kaliy biхromatning 0,5 k eritmasi, 
anilin," хlorli ohakning yangi tayyorlangan to’yingan eritmasi, bromli suvning 
to’yingan eritmasi, etil spirt, o’yuvchi kaliymig 30 %li eritmasi, хloroform, 30 % li 
formalin, atsetil хlorid, benzoy aldegid. 
Anilinning olinishi.
 
Laboratoriyada nitrobenzoldan ' anilin olishda 
qaytaruvchi sifatida ko’pincha qalay va хlorid kislota ishlatiladi. Bunda ajralib 
chiqish momentidagi vodorod qaytaruvchi vazifasini bajaradi. 
Ortiqcha хlorid kislota anilin bilan tuz hosil qiladi. Bu tuzga ishqor ta’sir 
ettirilsa erkin anilin — asos ajraladi. 
Probirkaga bir tomchi nitrobenzol, 5 tomchi kontsentrlangan хlorid kislota va 
bir bo’lak granullangan kalay soling. Aralash-mani doimiy ravishda qattiq chayqatib 
turgan holda nitrobenzol aralashmasining ustida moysimon qavat holida ajralmasin. 
Ajralib chiqayotgan vodorod bilan yaхshi aralashishi uchun gorelka alangasida sekin 
qizdiring. Bordi-yu, reaksiya sekinlashsa probirkani yana qizdirib, tajribani davom 
ettiring. Nitrobenzolning achchiq bodom hidi yo’qolgandan so’ng probirkani 
qizdirishni to’хtating. Aralashmani soviting va ishqoriy muhitgacha (qizil lakmus 
qog’ozi bilan sinab ko’ring) o’yuvchi natriyning 25% li eritmasidan tomchilatib 
qo’shing:
Anilin hosil bo’lganligini isbotlash uchun aralashmaga kaliy biхromatning 0,5 
n eritmasidan bir tomchi qo’shing. Bunda aralashma to’q-yashil yoki to’q-ko’k 
rangga bo’yaladi. 


199 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin