Ushbu kurs ishini tayyorlash davomida quyidagi xulosaga kelindi: Men ushbu kurs ishni tayyorlashda 9 ta adabiyot va bir qancha turli xil internet saydlari bilan ishladim.
Men ushbu kurs ishni tayyorlash mobaynida nitrolvchi reagentlar ta’sirida olinadigan ayrim organik birikmalarning nomlanishi, izomeriyasini va bu birikmalarni tuzilishini o’rganib chiqdim. Alkan va nitrat kislotasining bug’lari maxsus reaktorlarda 0,2-2 sekund davomida 420-480 oC gacha qizdiriladi va tezda sovutiladi. Metandan nitrometan hosil bo’ladi. Etan, propan yoki butanlar nitrolanganda uglerod-uglerod bog’lari uziladi va nitroalkanlar aralashmasi hosil bo’ladi.
Shuningdek, nitrolovchi reagentlar ta’sirida hosil bo’lgan hosillarning kimyoviy va fizik xossalarini ham o’rgandim. Nitroarenlar har xil qaytaruvchilar ta’sirida aromatik aminlargacha qaytarilishi mumkin. Reaktsiyaning birinchi bosqichida ikkita elektron va ikkita protonning birikishi natijasida nitrozoarenlar hosil bo’ladi.
Kurs ishini tayyorlashda nitrorganik birikmalar ko’plab sohalarda ishlatilishini o’rgandim. Masalan, trinitrotoluol amalda ko’p ishlatiladigan portlovchi moddalardan biridir (trotil, tol). Nitrobenzol sanoatda benzolni nitrolab olinadi. nitrobenzol organik sintezda ishlatiladi, undan asosan anilin olinadi.
FOYDLANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
I.R.Asqarov, Y.T.Isayev, A.G’.Mahsumov, Sh.M.Qirg’izov. Organik kimyo. T.: G’.G’ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi. 2012.
M.M.Abdulxayeva, O’.M.Mardonov. Kimyo. T.: O’zbekiston nashriyoti, 2002.
I.A.Toshev, R.I.Ismoilov va boshqalar. Organik kimyo. T.: G’ofur G’ulom nashriyoti, 2004.
A.Abdusamatov va boshqalar “Organik kimyo” Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. T.: O’qituvchi nashriyoti 2004.