Metanni xlorli xosilalari kattaamaliy ahamyatga ega. Masalan, xlormetan CH3Cl – gaz bo’lib, oson suyuqlanadi va bug’latilganda juda ko’p miqdorda issiqlik yutadi. Shunga ko’ra, u sovutgich inshoatlarida ishlatiladi. Bundan tashqari metilxlorid bo’yoq sanoatida, meditsinada og’riq qoldiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Kimyo laboratoriyalarida boshqa birikmalarga metil radikalini kiritishda ya’ni alkillashda ishlatiladi.
Xloroform CHCl3 ozroq hidlanganda xushsizlantiradi. Ko’p vaqtlardan beri tibbiyotda narkoz uchun ishlatilar edi. Ko’proq hidlansa o’ldiradi.Shuning uchun undan hozirgi kunda foydalanilmaydi.
Etil xlorid C2H5Cl operatsiya qilinadigan joyni etini o’ldirish uchun ishlatiladi. Etilxlorid ko’proq tetraetil qo’rg’oshin (C2H5)4Pb olishda ishlatiladi. Tetra etil qo’rg’oshin – benzinni izooktan soni va detonatsiyaga chidamliligini ortirishda foydalaniladi. Bu modda zaharli bo’lganligi uchun xozirgi kunda benzinni detonatsiyaga chidamliligini ortirishda ( C2H5Mn(CO)5) dan foydalaniladi.
Dixloretan C2H4Cl2 bu modda suyuqlik bo’lib organik erituvchilar bilan judayam yaxshi aralasha oladi.Ammo bu modda zaharli bo’lganligi uchun undan foydalanishni qiyinlashtiradi. Dixloretandan sanoatda ko’proq polimer moddalar olishda va vinilxlorid, etilen diamin kabi muhim moddalarni olishda ishlatiladi.
Dixlormetantrixlormetan (xloroform)CHCl3va tetraxlormetan (uglerodtetraxlorid)CCl4 suyuqliklar bo’lib, erituvchi sifatida ishlatiladi.
GeksaxloretanC2Cl6portlovchi moddalar tayorlashda ishlatiladi. Qishloq xo’jaligida zararkurandalarga qarshi insektitsid sifatida va ba’zi kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Bromoform CHBr3 tibbiyotda ko’k yo’tal kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Dori sifatida ishlatilganda unga 4% li etil spirit qo’shib beriladi.
Etil bromid C2H5Br jarrohlikda milkni vaqtincha og’riq sezmaydigan holatga keltirish uchun ishlatiladi. Dibrometan C2H4Br2 asosan kimyo laboratoriyalarida moddalarni sintez qilishda ishlatiladi.
Triyodmetan CHI3 yodoform – sariq kukun,tibbiyotda ochiq jarohatlarni bitishini tezlatish, tishni davolashda va ayrim mazlar olish uchun ishlatiladi. Ba’zi odamlarga yodoform salbiy ta’sir etib ekzema- qichima kasalligini paydo qiladi. Diyodmetan CH2I2 judayam og’ir suyuqlik hisoblanadi. Shu sababli tog’ sanoatida minerallarni solishtirma og’irliklariga qarab ajratib olishda ishlatiladi.
Tetraxlormetan CCl4og’ir bug’ xosil qilib, bu bug’ yonayotgan buyumni havo kislorodidan ajratib qo’yadi. Shuning uchun tetraxlormetan yong’inni o’chirishda qo’llaniladi.
Freon-12 bug’latilganda katta miqdorda issiqlik yutkanligi sababli sovutgich sifatida ishlatiladi. Dezodarantlar tayorlashda foydalaniladi.