Organik moddalarning ishlatilishi


TO’YINGAN MONOKARBON KISLOTALAR



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə9/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Organika

TO’YINGAN MONOKARBON KISLOTALAR




Chumoli kislota organik moddalar sintezida kuchli qaytaruvchi, oziq-ovqat sanoatida – dezinfeksiyalovchi va konservalovchi vosita sifatida, to’qimachilik sanoatida gazlamalarni bo’yashda, tabiiy kauchukni qayta ishlashda koagullovchi vosita sifatida, tibbiyotda bod kasalligini ishlatiladi. Chumoli kislotadan oksalat kislota, etilformiat va xushbo’y moddalar (amilformiat) olinadi. Chumoli kislotaning murakkab efirlari erituvchi xususiyatiga ega. Keyingi yillarda chumoli kislotaning hosilasi dimetilformamid sanoatning turli sohalarida, ayniqsa, sintetik tolalar olishda eng yaxshi erituvchi sifatida ishlatilmoqda.

15


Sirka kislotani suvdagi 3-9% li eritmasi sirka deyiladi va ovqatga qo’shish uchun ishlatiladi. U ta’m beruvchi va konservalovchi vosita hisoblanadi. 70-80% sirka kislota sirka essensiyasi deyiladi. Sirka kislota turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. U bo’yoqlar ( masalan, mis(II) asetat, indigo), dorilar ( masalan, CH3COOPb(OH), aspirin ), myrakkab efirlari, sirka angidrid, monoxlorsirka kislota va boshqalarni sintez qilishda zarur. Uning ko’p miqdori asetat tola, yonmaydigan kinoplyonkalar, ultrabinafsha nurlarni o’tkazadigan organik shishalar ishlab chiqarishga sarflanadi. Qo’rg’oshin (II) asetat qo’rg’oshinli oq moy bo’yoq, tibbiyotda ishlatiladigan qo’rg’oshinli primochkalar, temir (II) asetat va aluminiy asetatlar matolarni bo’yashda tezob ( bo’yoqni mahkam tutib turadigan modda), mis (II) asetat o’simlik zararkunanadalariga qarshi kurashda foydalaniladi.

Sirka kislota bo’yoqlar ishlab chiqarishda, plastmassalar, dorilar (aspirin, fenatsetin), sun’iy tola va hokazolar ishlab chiqarishda, uning tuzlari esa gazlamalarni bo’yashda, tibbiyotda, qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, murakkab efirlari erituvchi va xushbo’y vositalar sifatida ishlatiladi. Sirka kislota va uning tuzlari – asetatlar sanoatida keng ishlatiladi.U to’qimachilik, ko’n va kimyo sanoatida, oziq-ovqat mahsulotlarini konservalashda va boshqa sohalarda ishlatiladi. Sirka kislotaning temir, aluminiy va xromli tuzlari, ayniqsa, katta ahamiyatga ega, chunki ular to’qimachilik sanoatida xurush sifatida ishlatiladi.



Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin