Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə6/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Organika

12

ALKINLAR


Asetilen kislorodda yonganda 3000°C gacha issiqlik hosil qiladi. Bu xususiyatidan foydalanib sanoatda, qurilishda va xo'jalikning boshqa tarmoqlarida metallarni hamda metall buyumlarni avtogen payvandlashda va qurqishda keng ishlatiladi.


Asetilen kimyo sanoatida asosiy xomashyo hisoblanib, undan etil spirt, , sirka kislota, allil spirt, glitserin, akrilonitril, vinilasetat, lyuizit, vinilasetilen va boshqa moddalar olinadi. Asetlenni dimerlab olingan vinilasetilen gaz modda bo’lib, undan xlorpren,undan esa kauchuk olinadi. Akrilonitril va vinilasetilen sintetik tola bilan kauchukning asosiy xomashyosi hisoblanadi. Bundan tashqari, polixlorvinil va poliftorvinil plastmassalari ham olinadi.
Asetilen sanoatda ko'p kimyoviy sintezlarda boshlang'ich xomashyo sifatida ishlatiladi.
Undan sirka kislota, sintetik kauchuk, polivinilxlorid smolalar olinadi.
Tetraxlor-etan CHC12 - CHC12- asetilenga xlorning birikish mahsuloti yog'lar va ko'p organik moddalarni yaxshi erituvchisi hisoblanadi va eng muhimi o't olish xavfi yo'qligi qulaydir. Asetilendan metallarni avtogen payvandlashda ham foydalaniladi.
Toza asetilen va etilen aralashmasi posilen nomi bilan tibbiyotda ba’zi operatsiyalarda norkoz sifatida ishlatiladi.

ALKADIYENLAR KAUCHUKLAR


Kauchuk oltingugurt ishtirokida vulkanizatsiya qilinsa, rezinaga aylanadi. Rezinadan avtomobil, samolyot, velosiped, mashinasozlik sanoatlarida va uy-ro'zg'or buyumlarini tayyorlashda keng foydalaniladi. Agar kauchukni vulkanizatsiya qilish vaqtida oltingugurt miqdori 32% gacha yetsa, qattiq modda — ebonit hosil bo'ladi. Ebonit izolator siiatida elektr asboblarida ishlatiladi.




ARENLAR


Benzol va uning gomologlari nitrobenzol, xlorbenzol, yuqori molekulyar birikmalar bo’yoqlar, dori-darmonlar, lavsan tola, portlovchi moddalar, plastmassalar, sintetik tolalar va qishloq xo’jaligi zararkurandalariga qarshi kurashishda foydalaniladi. U shuningdek, ko’p organik moddalar uchun erituvchidir.


Benzol va uning gomologlar zaharli ximikatlar tayorlashda, motor yog’larining sifatini yaxshilashda, anilin olishda, shinalar, transpartiyor, eskolatorlar uchun lentalar, yengil mikrog’ovak tagcharm va boshqalarni olishda foydalaniladi.
Toluol – bo’yoqlar va trinitrotoluol olishda ishlatiladi. Organik moddalarni ayrim xlorli hosilalari o’simliklarni himoya qilishda ishlatiladi. Masalan, geksaxlorbenzol C6Cl6 bilan g’alla urug’larini qattiq qorakuya kasalligiga qarshi dorilanadi. Geksaxlorbutadiyen (butadiyen – 1,3 molekulasidagi vodorod atomlarini xlor bilan almashinishida hosil bo’lgan mahsulot) toklardagi filloksera (kuya) kasalligiga qarshi kurashda qo’llaniladi. Yuqoridagi va boshqa ko’pgina moddalar pestitsidlar ( zaharli kimyoviy moddalar )ga kiradi.



Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin