Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə8/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Organika

14


Pentil spirtlar atir-upa sanoati uchun kerakli murakkab efirlar ishlab chiqarish uchun ketadi. Izopentil spirt – sut mahsulotlarini yog’liligini aniqlashda reagent sifatida ishlatiladi.


IKKI ATOMLI SPIRTLAR


Ikki atomlar spirtlar katta amaliy axamyatga ega. Masalan: etilenglikolni suv bilan aralashmasidan texnikada antifiriz olinadi. Antifirizdan avtomobil sanoatida motorlar, plyumotlarni sovutishda ishlatiladi. Ularni muzlab qolishdan saqlaydi. Chunki, etilenglikol suvni muzlash temperaturasini pasaytiradi. Etilen glikoldan lavsan tola olinadi.




UCH ATOMLI SPIRTLAR


Terini oshlashda, yumshatishda glitserinning suvli eritmalaridan foydalaniladi. Suvsiz glitserin gidroskopik moddaligi tufayli teri hujayralaridagi suvni o’ziga tortib olib, terini kuydiradi. Farmatsevtikada har xil surkov moylari va dori-darmonlar tayorlanadi. Nitroglitserinni spirtdagi 1% li eritmasi yurak kasalliklarida qon-tomirlarni kengaytirishda ishlatiladi. Glitserin antifiriz tarkibiga ham qo’shiladi. Oziq-ovqat sanoatida vino, ligor va limonatlarni shirinlashtirishda foydalaniladi.


FENOLLAR




Fenol texnikada plastik massalar ( formaldegid bilan kondensatlanish), dori-darmonlar (salitsil kislota va uning xosilalari), bo’yoqlar, portlovchi moddalar (pikrin kislota) ishlab chiqarishda keng ko’lamda ishlatiladi. Fenol teriga tushsa kuydiradi, eritmasi zaharlidir. Fenol kuchli antiseptik modda bo’lganligidan tibbiyotda ilgari vaqtlarda ishlatilib kelinar edi, hozir esa bu maqsadda kam qo’llaniladi.
Fenol ko’p mikroorganizmlarni o’ldiradigan modda. Tibbiyotda uning 3-5% li erirmasi (karbol kislota) dezinfeksiya vositasi sifatida ishlatiladi. Ko’pgina plastmassa va polimerlar olishda xomashyo hisoblanadi. Fenol asosida olingan preparat fenolftalein laboratoriyada indikator sifatida, tibbiyotda esa ichni yumshatuvchi (surgi) dori sifatida ishlatiladi. Pirokatexinning hosilalari – gvayakol, evgenol, izoevgenol va adrenalinlar tibbiyotda keng ishlatiladi. Gidroxinon va pirogallol fotografiyada ochiltrgich sifatida ishlatiladi. Rezorsin turli qimmatbaho bo’yoqlar sintez qilishda, tibbiyotda dezinfeksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi.
Fenolni nitrat kislota bilan ta’sirlashuvidan olingan pikrin kislota, eng kuchli organik kislota hisoblanadi. U alkaloidlarni indentifikatsiya qilishda katta ahamiyatga ega.



Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin