Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə16/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Organika

AMINOKISLOTALAR




Aminkislotalar tirik organizmlarda azot almashinuvida muhim o’rin tutadi. Ular hayotiy faoliyat uchun zarur bo’lgan oqsil, peptid, ferment, gormon va boshqa moddalar hosil bo’lishida asosiy manba hisoblanadi. Aminokislotalar tibbiyotda, hayvonlar ozuqasini boyitish uchun chorvachilikda, plastmassalar va sun’iy tolalar olish uchun ishlatiladi. Aminokislotalar ( asosan α-aminokislotalar) tirik organizmlarda oqsillarni sintez qilishda zaruriy moddalardir. Bu jarayon uchun zaruriy aminokislotalarni inson va hayvonlar tarkibida turli oqsillar bo’lgan ovqatdan oladilar. Iste’mol qilingan oqsillar me’da-ichak yo’lida ayrim aminokislotalarga parchalanadi, so’ngra a’zolarda bu aminokislotalardan o’ziga kerakli bo’lgan oqsillar sintezi sodir bo’ladi. Bu

21


maqsad uchun sun’iy tayyorlangan aminokislotalardan ham foydalanish mumkin. Ularning ba’zilari tibbiy maqsadlarda qo’llaniladi. Ko’p xil aminokislotalar hayvonlar ozig’iga qo’shib beriladi.


PEPTIDLAR




Polepeptidlar tirik a’zolarda sodir bo’ladigan biologik jarayonlar uchun juda katta amaliy ahamiyatga ega. Masalan, peptid sistemalar miyaning ish jarayonida eng muhim o’rin tutishini olimlar isbotlashgan. Hozirgi kunda miyada uyqu peptidlari, yodlash, qo’rquv va boshqa peptidlar borligi aniqlangan. Bu izlanishlar miyaga oqiliona va zaruriy yo’nalishda, jumladan, ko’pgina ruhiy kasalliklarni davolashda yangi va juda ahamiyatli vositalar yaratadi.


GETEROSIKLIK BIRIKMALAR




Pirrolga yodning kaliy yodiddagi eritmasi ta’sir ettirilganda, tibbiyotda yodol nomi bilan yuritiladigan antiseptik modda tetrayodpirrol olinadi.
Tiofenning birikmalari ham tibbiyotda ishlatiladi.
Indol oz moqdorda xushbo’y va yuqori konsentratsiyada qo’llansa hidga ega, shuning uchun toza indol atir-upa sanoatida ham foydalaniladi. Indol osongina oksidlanib, yengil sanoat uchun muhim oraliq mahsulotlardan biri indigoni hosil qiladi, bu modda indigo bo’yoqlarini olishda asosiy xomashyo hisoblanadi.
Biokimyoviy jarayonlarda piridinning xosilalari muhim o’rin tutadi. Ulardan biri nikotin kislota va shu kislota amidi nikotinamid yoki vitamin PP hisoblanadi. Bu vitamindan pellagra kasalini davolashda foydalaniladi. Piridinning hosilasi – izoniazid – sil kasaligini davolashda samarali dori-darmon bo’lsa, sulfidin eng faol sulfamid preparatidir. Nikotin kislota achitqilar ekstraktida, qoramol jigarida, sutda hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlarida uchraydi va qisman organizm tomonidan ham sintez qilinadi. Vitamin B6 (piridoksin) ham piridinning hosilasi hisoblanadi. Umuman olganda, B guruh vitaminlari organizmdagi fermentativ oksidlanish- qaytarilish jarayonlarida va aminokislotalarning dekarboksillanishida muhim vazifani bajaradi. Ksantinning azot atomlari bo’yicha metillangan xosilalari markaziy asab tizimini qo’zg’atuvchi moddalar sifatida keng ko’lamda ishlatiladi.

Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin