Nikotin eng zaharli alkaloidlardan biri bo’lib, qishloq xo’jaligida anabazin singari kontakt insektitsidi sifatida ishlatiladi.
Galantaminningvodorod bromid tuzi tibbiyotda bolalarni shol kasalliklaridan (poliomiyelit) davolashda foydalaniladi. Unga yana xlorid kislota bilan ishlansa metilopogalantamin preparati olinadi, u qon bosimni tushiruvchi dori sifatida keng ishlatiladi.
Kofein markaziy asab tizimining qo’zg’atuvchi va yurak faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida kundalik turmushda va tibbiyotda keng ishlatiladi. Bundan tashqari yana kofein siydik
22
haydashni yaxshilaydi, ammo teofillinvateobrominga nisbatan bu xususiyati ancha kuchsiz hisoblanadi.
ELEMENT – ORGANIK BIRIKMALAR
Grinyar reaktivi ko’pgina moddalarni sintez qilishda foydalaniladi. Grinyar reaktivining etilen oksidi, uglerod (IV) oksidi, nitril, aldegid va ketonlar bilan reaksiyalari organik moddalar sintezida keng ishlatiladi. Bu modda ishtirokida turli tuzilishga ega bo’lgan karbon kislotalar, birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi spirtlarni sintez qilish mumkin.
O’simlik bargining yashil pigmenti – xlorofill molekulasida pirrol halqasi saqlagan murakkab porfinning magniyli kompleks birikmasi hisoblanadi. Xlorofill o’simlik hayotida muhim biologik ahamiyatga ega bo’lib, u o’simliklarda boradigan fotosintez jarayonida ishtirok etadi.
Kremniy-organik polimerlar bir qator qimmatli xususiyatlarga ega. Ular issiqqa chidamli, yonmaydi, sovuqda qotmaydi, suvni shimmaydi, organik erituvchilarda erimaydi, agressiv suyuqliklar ta'siriga barqaror birikmalardir. Shuning uchun ulardan maxsus xususiyatli silikon rezinalar, yelimlar, mashina moylari, plyonka-lar, hatto tolalar ham tayyorlanadi. Bulardan tashqari kremniy-organik polimerlardan radiotexnika, samolyotsozlikda va boshqa sohalarda ham keng foydalaniladi.