Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə13/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Organika

Murakkab efirlarning ko’pchiligi xushbo’y bo’lib, ulardan meva hidi keladi.

    1. Sirka izoamil efir (CH3COOC5H12) nok xidli.

    2. Sirkaamil efiri (CH3COOC5H12) banan xidli.

    3. Chumoli-amil efiri (HCOOC5H12) olcha xidli.

4 . Chumoli-etil efiri (HCOOC2H5) rom,taxta xidli.

  1. Chumoli-fenil efiri (HCOOC6H5) xrizantema.

  2. Chumoli-benzil efiri (HCOO-CH2-C6H5) jasmin xidli.

  3. Moy-etil efiri (C3H7COOC2H5) o’rik xidli.

  4. Moy-butil efiri(C3H7COOC4H9) ananas xidli.

  5. Izovalerian-etil efiri (C4H9COOC2H5) olma xidli.

18

UGLEVODLAR MONOSAXARIDLAR




Glukozani tibbiyotda, qandolat mahsulotlari, oyna va yaltiroq o’yinchoqlar ishlab chiqarishda (kumush ko’zgu reaksiyasi), gazlama va teri mahsulotlariga ishlov berishda ishlatiladi. Glukoza qimmatli ozuqa mahsuloti. U a’zolarda murakkab biokimyoviy o’zgarishlarga uchraydi, natijada fotosintez jarayonida yig’ilgan energiya ajralib chiqadi. Glukoza a’zolarda oson hazm bo’lgani uchun, u tibbiyotda quvvat beruvchi dori sifatida ishlatiladi. Glukoza qandolatchilikda ham keng qo’llaniladi ( marmelad, konfet, praniklar va boshqalar tayyorlanadi.)

DISAXARIDLAR


Ulardan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi.




POLISAXARIDLAR




Kraxmal qimmatli oziq mahsulotdir. Uning hazm bo'lishini yengillashtirish uchun kraxmalli mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi, ya'ni kartoshka pishiriladi, non yopiladi. Bu sharoitlarda kraxmal qisman gidrolizlanadi va suvda eruvchan dekstrinlar hosil bo'ladi. Dekstrinlar ovqat hazm qilish traktida yana gidrolizlanib, hazm bo'ladigan glukozaga aylanadi. Ortiqcha glukoza glikogenga (hayvon kraxmaliga) aylanadi. Glikogenning tarkibi kraxmal bilan bir xil (С6Н10О5)n, lekin uning molekulalari ko'proq tarmoqlangan.


Glikogen, ayniqsa, jigarda ko'p (10% gacha) bo'ladi. A'zolarda glikogen zaxira modda hisoblanadi. Glukoza hujayralarda sarflangan sari glikogen glukozaga aylanib turadi.
Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi kraxmaldan etil spirt olinadi. Kraxmaldan yelimlovchi vosita sifatida foydalaniladi. Gazlamalarga pardoz berishda, kiyim-kechakni kraxmallashda ishlatiladi. Tibbiyotda kraxmal asosida malham dorilar, sepki dorilar va boshqalar tayyorlanadi.
Sanoatda kraxmalni gidrolizlab, patoka va glukozaga aylantiriladi. Buning uchun u suyultirilgan sulfat kislota bilan qizdiriladi, so'ngra ortiqcha kislota bo'r bilan neytrallanadi. Hosil bo'lgan kalsiy sulfat cho'kmasi filtrlanadi, eritma bug'latiladi va glukoza ajratib olinadi. Agar kraxmalning gidrolizi oxirigacha yetkazilmasa, dekstrinlarning glukoza bilan aralashmasi - patoka hosil bo'ladi, u qandolatchilik sanoatida ishlatiladi. Kraxmaldan olinadigan dekstrinlar yelim sifatida, matolarga gul bosishda bo'yoqlarni quyiltirish uchun ishlatiladi.
Oziq-ovqat ( non, kartoshka, don mahsulotlari) dagi kraxmal insonning uglevodlarga bo’lgan ehtiyojini qondiruvchi asosiy manbadir. Organizmda kraxmal yog’larga o’xshab gidrolizga uchraydi va gidrolizning oxirgi mahsuloti – glukoza holatida organizmga singadi. Kraxmal antibiotiklar, vitaminlar, kolbasalar, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, tibbiyotda, gazlamalarni ohorlash va ularga ishlov berishda qo’llanadi. Kraxmalning ko’p miqdori etanol, glukoza, dekstrin va boshqa moddalar olish uchun qayta ishlanadi.
Selluloza insoniyat tomonidan juda qadim zamonlardan foydalanib kelingan. Uning qo’llanilishi juda xilma-xil. Sellulozaning etrifikatsiya mahsulotlari katta ahamiyatga ega.

Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin