Anilin – kimyo sanoatining muhim moddalaridan biri hisoblanadi. U anilin bo’yoqlar, dorilar ( sulfanilamidlar), anilin, anilin-formaldegid smolalar, portlovchi moddalar, yuqori molekular birikmalar va boshqalarni olishda xomashyo sifatida ishlatiladi.
20
Xromli aralashma sifatida ma’lum bo’lgan kaliy bixromat va sulfat kislota aralashmasi ta’siridan anilin qora rangli mahsulot – qora anilinni hosil qiladi. Qora anilin suvda erimaydi, sovun va yorug’lik ta’siriga chidamli bo’lgani uchun gazlama va mo’ynalarni bo’yashda ishlatiladi.
DIAMINLAR
Geksametilen diamin Rossiyada anid, Amerikada neylon deb yuritiladigan sintetik tolalarni olishda asosiy xomashyo hisoblanadi.
Aromatik aminlar, asosan, bo’yoqlar ishlab chiqarish va tibbiyotda ishlatiladi. Masalan,
asetanilid tibbiyotda isitma tushiruvchi va og’riqni qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.
KISLOTA AMIDLAR
Karbamin kislota efirlari uretan preparatlar deb atalib, tibbiyotda uxlatuvchi va og’riqni qoldiruvchi dori sifatida ishlatiladi.
Hozirgi kunda Mochevina (Karbamid) qishloq xo’jaligida asosiy organik o’g’it va qoramollarga oziq sifatida keng ishlatilmoqda.
Akrilamidni polimerlash bilan poliakrilamid hosil qilinadi. Poliakrilamid suvda yaxshi eruvchan polielektrolitlar jumlasiga kiradi. Poliaelektrolitlardan birinchi navbatda flokulant (koagullovchi) sifatida foydalaniladi.
Poliakrilamid suvni koagulatsiya yo’li bilan qayta tozlalshda, oltinni qayta ishlash sanoatida, qog’oz sanoatida qog’oz tarkibiga qo’shimcha moddalarni kiritishda foydalaniladi.
Eng muhimi qishloq xo’jaligida tuproq massasiga nisbatan 0,25-0,5 % poliakrilamiddan tuproqqa solinsa, tuproq strukturasi yaxshilanadi, tuproqni yemirilishidan saqlaydi va uning tarkibidagi namni saqlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: |