Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə12/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Organika

17


mikrog’ovak materiallar tayyorlanadi. Formaldegid ba’zi bir dori moddalar va bo’yoqlar ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.
Aldegidlarning ba’zilari ( C9-C10 ) atirgul hidini eslatuvchi xushbo’y bo’ladi.


KETONLAR




Aseton eng yaxshi erituvchilardan biri bo’lib, bir qancha organik moddalarni (masalan, nitroselluloza, kimyoviy tolalar, laklar va boshqalarni ) eritadi, shuning uchun ham sanoatda ( tutunsiz porox, su’niy ipak ishlab chiqarishda ) keng ko’lamda ishlatiladi. Aseton xloroform, yodoform, bromoform, sulfonal, sintetik kauchuk ( poliizopren), “karbinol yelimi” , organik shisha va boshqa moddalarni olish uchun xomashyo no’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari aseton kislotalar va asetat ipagi ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ko’p miqdorda foydalaniladi.


MURAKKAB EFIRLAR


Ko’pchilik murakkab efirlar organik moddalarning yaxshi erituvchilaridir. Ular salqinlatuvchi ichimliklar, konfetlar va boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’shimcha sifatida hamda parfumeriyada ishlatiladi. Murakkab efirlar, metilakrilatlar va metilmetaakrilatlar plastmassalar ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi.Ayrim murakkab efirlar tibbiyotda ishlatiladi: izoamilnitrit stenokardiya xurujlarini susaytiradi, etilnitrit chekka qon tomirlarini kengaytiradi.


Etilasetat, asosan, erituvchi sifatida ishlatiladi. Izoamilasetat lok tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi. Vinilasetatdan yelim, bo’yoq moddalar olinadi va polimerlanishi natijasida polivinilasetat hosil bo’ladi. Polivinilasetatdan sintetik tola, plyonka, yelim va boshqa moddalar olinadi. Asetosirka efir kimyo sanoatida kislotalarni, keton birikmalarini va ketokislotalarni sintez qilishda xomashyo sifatida foydalaniladi. Metaakril kislotaning metil efirini polimerlab, yuqori molekular tiniq shishasimon plastmassa olinadi. U organik shisha deb atalib, xalq xo’jaligining ko’pgina tarmoqlarida ishlatiladi.

Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin