Palmitin va stearin kislotalari sham ishlab chiqarishda, ularning natriyli tuzlari xo’jalik sovuni, kaliyli tuzlari esa tibbiyot uchun suyuq sovunlar ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Sintetik yuvish vositalari yuqori molekulali spirtlar bilan kislota murakkab efirlarning natriyli tuzlari hisoblanadi.
TO’YINGAN DIKARBON KISLOTALAR
Ikki asosli karbon kislotalar sanoatda tibbiy preparatlar, polimerlar va sintetik tolalar olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Masalan, n ta molekula adipin kislota bilan geksametilendiamin amid bog’lar orqali birikishi natijasida makromolekulaga ega bo’lgan neylon hosil bo’ladi va tola olishda ishlatiladi.
Oksolat kislota- metallarni zangini ketkazishda ishlatiladi.
Malon kislota – sholg’om sharbati tarkibida bo’ladi.
AROMATIK KARBON KISLOTALAR
Aromatik kislota – benzoy kislota yaxshi antiseptik bo’lgani uchun tibbiyotda va qishloq xo’jalik mahsulotlaridan konservalar tayyorlashda ko’p bo’lmagan miqdorda uning natriy benzoat tuzi ishlatiladi. Ftal angidrid sanoatda gliftal smolasi, fenolftalein, fluoressein, eosin va boshqa moddalar olishda asosiy xomashyo hisoblanadi. Masalan, fenolftalein ftalangidridga fenol ta’sir ettirib olinadi. Fenolftalein muhitni aniqlashda indikator sifatida va tibbiyotda “purgen” nomi bilan surgi sifatida ishlatiladi. o-ftal kislotaning dimetilefiri qishloq xo’jaligida repellent ( chivinlar va boshqa hashoratlarni haydovchi ) sifatida ishlatiladi. Tereftal kislota etilenglikol bilan polikondensatlanib polietilentereftal smola hosil bo’ladi. Smoladan tayyorlangan poliefir tola Rossiyada lavsan, Amerikada dakron, Angliyada terilen deb ataladi. Tabiiy tola bilan lavsan aralashmasidan g’ijimlanmaydigan material olinib, to’qimachilik sanoatida keng ishlatiladi.
16 TO’YINMAGAN KARBON KISLOTALAR
Akril kislotaning polimerlanish mahsuloti poliakril kislotaning efirlari yelim moddalar va plastmassalar olishda ishlatiladi. Akrilonitril yuqori molecular polimer moddalar olishda qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Undan olingan polimer moddalar tuproqning xususiyatlarini yaxshilashda ishlatiladi. Akril kislota polimerlaridan tayyorlangan emulsiyalar gazlama, yog’och, qog’oz fabrikalarida, tibbiyotda yopishqoq plastirlar ishlab chiqarishda va qurilishda alif o’rnida ishlatiladi. Shu bilan birga, boshqa monomerlar bilan sopolimerlab jun tolasi o’rnini bosadigan sintetik tola – nitron olinadi. Masalan, akrilonitrilni butadiyen bilan sopolimerlab benzinga chidamli sintetik kauchuk olinadi.
Dostları ilə paylaş: |