Olein kislota sovun, plastirlar tayyorlashda va junni yigirishdan oldin yog’lash uchun ishlatiladi.
ALDEGIDLAR
Formaldegid poliformaldegid, fenolformaldegid va boshqa smolalar olishda keng ishlatiladi. Bo’yoqlar, farmatsevtik preparatlar, sintetik kauchuk, portlovchi va boshqa ko’plab organik moddalar ishlab chiqarishda boshlang’ich modda sifatida va tibbiyotda kuchli antiseptik vosita o’rnida ishlatiladi. Sirka aldegidsirka kislota. Plastmassa, fenoplastlar, dorivor vositalar ishlab chiqarishda muhim modda hisoblanadi.
Chumoli aldegid ammiak bilan o’ziga xos reaksiyaga kirishib, murakkab birikma – urotropinga aylanadi. Urotopinning CaCl2 bilan hosil qilgan kompleks tuzi kalseks tibbiyotda grippga qarshi dori sifatida ishlatiladi. Geksametilentetraamin (urotropin) ga nitrat kislota ta’sir ettirilganda, geksogen deb ataladigan kuchli portlovchi modda olinadi. Urotropin plastmassa sanoatida, ayniqsa, fenolformaldegid smolalar tayyorlashda qotiruvchi modda tibbiyotda esa antiseptik sifatida keng ko’lamda ishlatiladi. Urotropin yonadi, shu sababli uni presslab “qattiq spirt” deb ataladigan tutunsiz yonilg’i tayyorlanadi.
Formaldegidni suvdagi 40% li eritmasi formalin deb ataladi. Formalin tibbiyot amaliyotida keng qo’llaniladi. U kuchli zaharli moddadir. U hashoratlarga qarshi xonalarni va har xil o’simliklar urug’ini (donni) qorakuya kasalligi sporasiga qarshi dezinfeksiyalash uchun ishlatiladi. Formaldegidningtibbiyotda qo’llanishi uning oqsilni ivitish xususiyatiga asoslangan. Formaldegid ta’sirida bakteriyalarning oqsil moddalari iviydi, bu hatto ularning o’limiga ham olib keladi. Formaldegid tibbiyotda, asosan, dezinfeksiyalash maqsadida, ya’ni kasallik qo’zg’atuvchi mikroorganizmlarni yo’qotishda qo’llaniladi. Formalin bug’lari bilan (formalinnni qaynatilganda) dezinfeksiya qilinuvchi xonalar bu’g’lanadi, formaldegid eritmasi bilan jarrohlar qo’li, jarrohlik asboblari dezinfeksiyalantiriladi va hokazo. Shuningdek, formaldegid eritmasi anatomik preparatlarni buzilishidan saqlash (konservalash) maqsadida glitserin, nitro- va aminospirtlar olishda ishlatiladi.
Formaldegidning ko’p miqdori fenolformaldegid smolalar olishda ishlatiladi. U formaldegidning fenol bilan reaksiyaga kirishuvidan hosil bo’ladi. Bu smola turli plastmassalar ishlab chiqarish uchun zarur.
Formaldegidning karbamid CO(NH2)2 bilan reaksiyaga kirishuvidan karbamid smola, undan esa aminoplastlar olinadi. Bu plastmassalardan elektrotexnika ehtiyojlari uchun