Organik moddalarning ishlatilishi



Yüklə 74,77 Kb.
səhifə7/18
tarix23.05.2023
ölçüsü74,77 Kb.
#121041
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Organika

13


“Pestitsidlar” bu umumlashtirilgan ibora bo’lib, o’simliklar va hayvon mikroa’zolariga qarshi kurashishda ishlatiladigan kimyoviy vositalar tushuniladi.
Pestitsidlar ( lotincha pestis – maraz, zararli mikrob va cedo – o’ldiraman) degan ma’noni anglatadi. Pestitsidlarga quyidagilar kiradi:
Insektitsid - zararli hashoratlarga qarshi ishlatiladi.
Akaritsid - kapalaklarga qarshi ishlatiladi. Fungitsid - kasallik tarqatuvchi zamburug’larga Gerbitsid – begona o’tlarga qarshi ishlatiladi.
Bakteritsid – zararli bakteriyalarga qarshi ishlatiladi. Zootsid – zararli kemiruvchilarga qarshi ishlatiladi. Defoliant – o’simliklar bargini to’kadigan moddalar.
Desikant – O’simlik bargini quritish uchun ishlatiladigan moddalar.
Dezinfeksiya – omborxonalardagi zararli hashoratlarni yo’qotish.


BIR ATOMLI SPIRTLAR




Metanol – formaldegid, lok - bo’yoqlar, fotoreaktivlar, farmatsevtik preparatlar olishda foydalaniladi. Bundan tashqari metil spirit ko’plab organik moddalar sintez qilishda va erituvchi sifatida ishlatiladi. Metanoldan metilasetat, metil va dimetilanilin, metilamin, murakkab efirlar, metil xlorid, dimetil sulfat, toluol – sulfokislotaning metil efirlari ham olinadi. Uning erituvchi xossasidan sanoatning turli tarmoqlarida, masalan: lok-bo’yoq sanoatida, neftni qayta ishlash sanoatida va boshqa sohalarda keng ko’lamda ishlatiladi. Methanol atir-upalar olishda asosiy xomashyo hisoblanadi.
Metanol – alkaloidlarda, bo’yoqlarda, murakkab efirlarda, o’simlik moylarida, masalan jasmin o’simligida uchraydi. Texnik maqsadlarda ishlatiladigan metanolni xidi toza metanolnikidan farq qilib kuygan modda hidini eslatadi.
Etil spirt ya’ni etanol xalq xo’jaligining ko’p tarmoqlarida ishlatiladi. Kimyo sanoatida sintetik kauchuk va bo’yoq moddalar olishda, farmatsevtika sanoatida, parfumeriya sanoatida, plastmassalar olishda, atir, odekalon, dori-darmonlar, loklar ishlab chiqarishda erituvchi sifatida ishlatiladi. Anotomik preparatlarni konservalashda, dietil efiri (narkoz uchun), sirka kislota, tutunsiz porox, turli murakkab efirlar, butadiyen, butadiyen kauchuk olishda, dvigatellar uchun yoqilg’I va spirtli ichimliklar olishda ishlatiladi. Etanol tibbiyotda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida foydalaniladi.
Ilmiy tekshirish instituti labarotoriyalarida analiz qilish va sintez ishlari uchun suvsizlantirilgan ( absolyut spirt ) ishlatiladi. Absolyut spirt tayyorlash uchun spirt suvsizlantirilgan ohak bilan 6-8 soat davomida qaynatiladi va so’ngra haydaladi.
Oziq-ovqat sanoatida ichimliklar asosini etil spirt tashkil etadi. Etil spirt narkotik modda bo’lib, organizmga kuchli ta’sir etadi. U tezda qonga singadi va ta’na a’zolariga kuchli tasir qiladi. U ko’p iste’mol qilinganda asab tizimi (asab hujayralarini yemiradi), ovqat hazm qilish a’zolarini va yurak qon-tomirlarning ish faoliyatini ishdan chiqarib, og’ir kasalliklarga olib keladi. Spirtli ichimliklar iste’mol etish inson umrini qisqartiradi, ayniqsa, bolalikda va yoshlikda a’zolarga katta zarar yetkazadi. Ichish insonning jigari, miyyani degenerativ o’zgarishiga va ayniqsa nasliga salbiy ta’sir ko’rsatadi.



Yüklə 74,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin