Birlamchi pnevmotoraks ham, ikkilamchi pnevmotoraks ham
residivlar berishi mumkin.
TISh-JAg` SISTEMASI VA Og` IZ Bo`ShLIg` I
ORGANLARI KASALLIKLARI
I. TISh KASALLIKLARI VA ULARNING ASORATLARI
Tishning kariesmas kasalliklari
Karies
Pulpit
Periodontit
Gingivit
Parodont kasalliklari
II. Og` IZ ShILLIQ PARDASI KASALLIKLARI
Xeylitlar
Stomatitlar
o`smaoldi kasalliklari va o’smalar:
leykoplakiya
eritroplakiya
papilloma
yassi hujayrali rak
III. So`LAK BEZLARI KASALLIKLARI
Sialoadenit
o`smalar:
sialoadenoma
oksifil hujayrali adenoma
adenolimfoma
pleomorf adenoma
mukoepidermond o’sma
silindroma
IV. JAg` SUYaKLARI KASALLIKLARI
Periostit
Osteomielit
o`smasimon kasalliklar:
epitelial kistalar
epulidlar
fibroz displaziya
xeruvizm
eozinofil granulyoma
qattiq odontoma
Odontogen o’smalar:
ameloblastoma
yumshoq odontoma
sementoma
Jag` suyaklari o’smalari:
osteoid-osteoma
osteoblastoklastoma
TISh KASALLIKLARI VA ULARNING ASORATLARI
Tish kasalliklari o’zining etiologiyasi, patogenezi, klinikasi va patologik anatomiyasi jihatidan juda har xil. Ushbu bo’limda biz
ularning faqat asosiy va stomatologiya amaliyotida ko’p
uchrab turadigan xillarini: kariesmas tish kasalliklari, karies, pulpit, periodontit, gingivit, parodont kasalliklarini ko’rib chiqamiz,
holos.
Tishning kariesmas kasalliklari
Tish qattiq to’qimalarining ponasimon nuqsonlari, tishning vestibulyar yuzasida, aksari birinchi premolyarlar sohasida
joylashadi. Bunga asosan emal va dentin organiq moddalarining
trofik buzilishiga aloqador zararlanishi sabab bo’ladi. Nuqsonlar bir yoki ikkala jag`ning ayrim tishlari bo’yinchasining sohasida,
keskin chegaralanib turadigan joyda paydo bo’la
boshlaydi. Tishning qattiq to’qimalari juda ko’p zararlanishiga qaramay, pulpa ko’pchilik hollarda ikkilamchi qattiq dentin bilan
bekilgancha qolaveradi. Nuqson sohasida dentin
zichlashgan, tish bo’shlig`i toraygan, pulpa to’qimasi sklerozga uchragan bo’ladi, dentin o’rnini bosuvchi modda ham topiladi.
Bundaynuqsonlarning kelib chiqishi endokrin o’zgarishlar,
markaziy nerv sistemasi, me'da ichak yo’li kasalliklariga bog`liq, ular ko’pincha paradont kasalliklari bilan birgalikda davom etib
boradi. Mikroskopik tekshirishda sement yo’qolib
ketganligi va dentin periferik qatlamining tiniq bo’lib qolganligi topiladi. Dentin kanalchalarining yo’lida odatda mikroorganizmlar
bo’ladi.
Flyuoroz yoki emal dog`lari, ko`rak va og`iz tishlar emalida bo’rsimon dog`lar yoki yo’llar paydo bo’lishi bilan ifodalanadi, ularning
kattaligi 3-4 mm bo’ladi. Jarayon zo’rayib borganida bu
dog`lar va yo’llar och sariq, jigarrang va to’q jigarrang tusga kirishi mumkin. Flyuoroz suv va ovqat mahsulotlari bilan birga
organizmga uzoq muddat davomida ortiqcha miqdorda 12-16
mg/l (0,7-1,3 mg/l o’rniga) ftor kirib turishiga bog`liq. Tish dog`lari umrbod saqlanib qoladi.
Tishlarda tabiatan qanday o’zgarishlar ro’y berishiga qarab flyuoroznang to’rt bosqichi tafovut qilinadi. Birinchi bosqichida ko`rak
tishlar yuzasining uchdan bir qismida yoki birinchi
katta ildizli tishlarning chaynov do’mboqchalarida bo’rsimon mayda-mayda dog` va yo’llar topiladi. Ikkinchi bosqichida alohida
yoki bir talay bo’lib turgan bo’rsimon dog`lar tish
koronkasining yarmini egallab oladi. Dog`lar och sariq tusda bo’lishi mumkin. Uchinchi bosqichida tish yuzasi g`adir-budir holga
kelib, tishlar ancha mo’rt, oson yemiriladigan bo’lib qoladi.
To’rtinchi bosqichida tishlar yemirilib juda mo’rtlashadi va salga uvalanib ketaveradi. Dog` bosgan emal mikroskop bilan
tekshirilganida emal prizmalarining noto’g`ri joylashib
turgani ko’zga tashlanadi, unda rangli parchalar hosil bo’lishi hisobiga pigmentasiya paydo bo’lib, ba'zan ancha tarqaladi.
Karies
Karies - murakkab patologik jarayondir. U tish qattiq to’qimalarining deminerallashuvi va asta-sekin yemirilib ketishi hamda
keyinchalik mush kovak bo’lib qolishi bilan ifodalanadigan
murakkab patologik jarayondir. Bu murakkab jarayon tish pulpasi va sog`lom, qattiq to’qimalarda yuz beradigan reaktiv
o’zgarishlar bilan birga davom etib boradi.
Karies eng ko’p tarqalgan tish og`rihujayralaridan biridir, shy bilan birga yer sharining turli ihujayralimiy-jug`rofik mintaqalarida u juda har xil
tarqalgan (50 foizdan tortib 100 foizgacha
odamlarda uchraydi). Karies - aholisi, tozalangan uglevodlarni ko’p miqdorda ishlatadigan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda
ancha ko’proq kuzatiladi. U ayniqsa bolalarda ko’p
uchraydi.
Kariesning boshlanishi ekzogen va endogen omillarning birgalikdagi ta'siriga bog`liq deb hisoblanadi. Ekzogen omillardan
alimentar omil (oqsillar, vitaminlar, mineral tuzlar, bir
qancha mikroelementlar tanqisligi), og`iz bo’shlig`i mikroflorasining tarkibi, tish kiridagi kislota muhitining 4,5-5,5 gacha kamayib
ketishi muhim ahamiyatga ega.
Ma'lumki, tishlar hamisha nozik tish kiri bilan qoplangan bo’ladi. Shu tish kirining asosiy qismini har xil turdagi mikroorganizmlar
qoloniyalari tashkil etadi. Chunki tish kiri tarkibida
bo’ladigan mono- va oligosaharidlar mikroblarning ko’payishiga qulaylik tug`diradi. Ba'zi bakteriyalar (mutant streptokokk) o’zlari
ishlab chiqaradigan fermentlar bilan qandlarni
parchalaydi, bu esa tish kirining kislotali muhiti susayib, kislotalar ko’payib borishiga olib keladi. Kislotalarning ortiqcha to’planib
qolishi emal, dentin erib, karies kovagi hosil
bo’lishiga olib keladi.
Endogen sabablar orasida tish murtaklarining hosil bo’lishi va shakllanib borishiga, minerallashuviga ta'sir ko’rsatadigan genetiq
endokrin va boshqa omillar hamda tish emalining
tuzilishidagi xususiyatlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Tish kariesining klinik o’tishi va tish to’qimalarida ro’y beradigan morfologik o’zgarishlarning tabiatiga qarab, kariesning to’rt davri
tafovut qilinadi:
1) dog` paydo bo’lish davri;
2) yuzaki emal kariesi (emalning dentin bilan chegaralangan joyigacha zararlanishi);
3) o’rtacha karies (emal butun bag`rining zararlanishi, emal bilan dentin o’rtasidagi chegara hamda dentin yuza qatlamining
yemirilishi);
4) chuqur karies (dentinning yanada yemirilib, karies bo’shlig`i bilan pulpa o’rtasida ohaklangan yupqa qatlam paydo bo’lishi).
Birinchi davri (dog` paydo bo’lish davri) emal yuzida avval oq (bo’rsimon) dog` paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi, uning paydo bo’lishi
emal yuza osti qatlamining disminerallashuvi va
deminerallashuviga bog`liq. Prizmalar orasidagi moddadan, keyinchalik esa prizmalarning o’zidan ohak tuzlari yo’qolib ketadi.
Prizmalar strukturasiz massaga aylanib qoladi.
Natijada emal tinihujayraligini yo’qotib yumshab qoladi. Paydo bo’lgan shy nuqsonga bakteriyalar o’tib, ko’payib boradigan shy
bakteriyalar hamda ovqatdagi bo’yoq moddalar ta'siri ostida dog`
qoraya boshlaydi (44-rasm), ko’pincha molyarlar fissurasining tubida (goho aproksimal yuzasida) ana shunday qoraygan dog`lar
paydo bo’ladi. Qoraygan joylarning o’rtasi odatda
qo’ng`ir-qora, chetlari och sariqdan to’q jigarrang tusgacha boradigan bo’ladi. Ularning kattaligi va shakli har xil. Karies
dog`larining uchovlari nuqtasimon, tuxumsimon yoki noto’g`ri
shaklda, ba'zan notekis bo’yalgan yo’llar ko’rinishida bo’lishi mumkin. Karies dog`ining chegaralari yaxshi bilinmaydigan yoki aniq
ajralib turadigan bo’ladi.
Mikroskopik tekshirishlarda tishlar shliflarida emal naqshining har-har joyda o’zgarib qolgani va unda och-sariqdan tortib, to’q
jigarrangga tusgacha boradigan dog` borligi topiladi.
Karies bilan zararlangan joy to’g`ri yoki teskari qonus, trapesiya, ko’pburchak shaklida bo’lishi mumkin. Emal prizmalarining
qonturlari ro’yi-rost ajralib turadi. Ularning ko’ndalang
yo’llari aniq ko’zga tashlanadi. Prizmalar orasidagi kamgaklar kengaygan bo’ladi. Karies o’chog`idan chetdagi emalning odatdagi
tuzilishi saqlanib qoladi. Emal bilan dentin o’rtasidagi
chegara zararlanmagan bo’ladi.
Ikkinchi davri (emalning yuzaki kariesi) - tishning emal qatlamida joylashgan intensiv pigmentlashgan karies o’chohujayralarining
deminerallashuvining yanada kuchayishi bilan ta'riflanadi
(45- rasm). Karies o’chohujayralarining kattaligi va shakli har xil, chegaralari aniq-ravshan bo’ladi, lekin ba'zida ularning chegaralari
aniq bilinmaydigan bo’lishi mumkin. Emalning ana shunday
qoraygan joylari emal moddasida bir talay mayda yoki bir muncha yirik nuqsonlar paydo bo’lgani hisobiga g`adir-budir bo’lib
qoladi.
Tish shliflari mikroskopik tekshirishdan o’tkazilganida emalning qoraygan joylarida nekroz o’chohujayralari topiladi. Zararlangan emal
prizmalarining strukturalariga mikroblar o’tadi.
Emal prizmalarining orasidagi joylar kengayib, prizmalarning o’zi bo’laklarga ajralib ketadi va ko’ndalang yo’llari aniq bilinadigan
bo’ladi. Zararlangan o’choqning o’rtasida
strukturasiz nekrotik massalar bo’lib, ularda mikrob qoloniyalari ko’p uchraydi, nekrozga uchragan to’qima ko’chib to`shaverishi
natijasida zararlangan emal yuzi yeyilib ketgan ko’rinishga
kiradi. Biroq, emal bilan dentin o’rtasidagi chegara saqlanib qoladi. Dentinning asosiy moddasi va dentin kanalchalarida ohak
tuzlari to’planib boradi. Kariesga uchragan joy bilan
o’zgarmagan dentin o’rtasida qaytadan minerallashgan (tiniq) dentin qatlami hosil bo’ladi. Karies kovagi to’g`risidagi pulpa
tomonidan yangi hosil bo’layotgan (ikkilamchi) dentin paydo
bo’lib keladi. U kanalchalarining boshqacha joylashgani bilan ajralib turadi.
Kariesning uchinchi davrida (o’rtacha karies - dentin kariesida) sathi va chuqurligi jihatidan har xil karies nuqsonlari paydo bo’lib,
emal bilan dentinga o’tadi. Dentinning ustki va
o’rta qatlamlari karies jarayoni tufayli zararlanib, har xil shakldagi karies kovaqtari paydo bo’ladi (46-rasm). Kariesning dentinga
tarqalib borishi odontoblastlar dentin
o’simtalari Tomas tolalarining distrofiyaga uchrashi bilan birga davom etadi. Karies kovaqtarining devorlari bilan tubi notekis,
kirdi-chiqdi, ko’pincha to’q tusli bo’ladi. Karies
nuqsonining tubi nekrozga uchragan yumshoq dentin, ovqat qoldihujayralari bilan to’lib turadi, go`ngirt-sariq yoki to’q jigarrang massa
ko’rinishida bo’ladi. Emal bilan dentin o’rtasidagi
chegara ham zararlanib, kariesga uchragan joydagi dentin kanalchalari kengayadi, mikroorganizmlarga to’lib turadi, ba'zi joylari
tasbeh donalariga o’xshab do’mpayib chiqadi. Nekrozga
uchragan massalar bilan to’lgan kovaqtar hosil bo’ladi. Nekrozga uchragan dentin massalarining ko’plab ko’chishi karies kovaqtari
hosil bo’lishiga olib keladi. Mana shy kovaqtardan
periferiyaga tomon shakli o’zgargan kanalchalar ketadi, bularning kengaygan yo’llari va qonussimon do’mpaymalari bo’ladi.
Chuqurroqdan zichlashgan (tiniq) dentin joy oladi, uning Tagida
o’zgarmagan dentin qatlami bo’ladi. Tish koronkasining nuqsoni shaklan qonusga o’xshaydi.
To’rtinchi davri (chuqur karies) ancha chuqur va kattagina karies kovagi hosil bo’lishi bilan ajralib turadi. Karies nuqsonining tubi
ohaklanib zichlashgan bir qadar kambar dentin zonasi
bilan tish bo’shlig`idan ajralib turadi. Shu dentin qatlami yemirilib ketganida karies kovagi tish bo’shlig`i bilan qo’shilib ketadi
(47-rasm). Ba'zan tish koronkasi butunlay yemirilib,
sementi ham zararlanadi. Mikroskopik tekshirishda shliflarda tish koronkasining qattiq to’qimalarida kattagina nuqson borligi
topiladi. Ikkilamchi (o’rinbosar, irregulyar) dentin
zonasida ham nuqson bo’ladi. Ikkilamchi dentin ancha qalin bo’ladigan qatlam-qatlam modda hosil qiladi, unda dentin
kanalchalari notekis, noto’g`ri joylashgan bo’ladi. Tish
koronkasining kattagina qismi yemirilib ketganida karies jarayoni tish ildizining qattiq to’qimalariga ham o’tib boradi.
Karies mahalida tish pulpasida har xil reaktiv va distrofik jarayonlar boshlanadi: atrofiya boshlanishi, odontoblastlar qatlamining
vakuollanishi, retiqo’lyar atrofiya bo’lishi,
kistalar yuzaga kelishi, pulpaning petrifikasiyasi, dentin kanalchalariga ohak tuzlari o’tirib qolishi va o’rinbosar dentin hosil bo’lishi
shular jumlasidandir.
Pulpit
Pulpaning yallig`lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog`liq: 1) og`iz bo’shlig`idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o’tishi
(ko’pchilik hollarda tishdagi karies jarayonining
asorati sifatida); 2) milkda chuqur to`shgan patologik o’choq bo’lgan hollarda pulpaning uchidagi teshikdan o`nga mikroblar o’tishi
(pastga to`shuvchi va yuqoriga ko’tariluvchi pulpit); 3) gripp
va boshqa infeksion kasalliklardan keyin qondan mikroblar o’tishi (gematogen pulpit); 4) kimyoviy moddalar (dori preparatlari va
boshqalar) ta'siri, tishga so`n'iy koronka qo’yish uchun
o`ni tozalab, arralash vaqtida tish pulpasining tasodifan zararlanishi.
Klinik o’tishiga qarab o’tkir va Surunkali pulpitlar tafovut qilinadi. o`tkir pulpitlar seroz, yiringli, gangrenoz pulpitlarga; Surunkali
pulpitlar fibrinoz (oddiy), yiringli
(yoki yarali) va granulyasiyalovchi pulpitlarga bo’linadi.
o`tkir seroz pulpit pulpaga seroz shish kelishi, tomirlarning qonga to’lib, eritrositlar diapedezi boshlanashi, ayrim hollarda
mayda-mayda qontalashlar paydo bo’lishi bilan
ta'riflanadi. Pulpa biroz miqdor polinuklear va mononuklear leykositlar bilan infiltrlanadi. Nerv tolalarida arzimas darajadagi
distrofik o’zgarishlar bo’ladi.
o`tkir yiringli pulpit. o`tkir seroz pulpitta harakterli o’zgarishlari ustiga neytrofillarning keskin ifodalangan migrasiyasi boshlanib,
pulpada o’chohujayrali va Diffuz infiltrasiya
paydo bo’ladi. Nerv tolalaridagi distrofik o’zgarishlar zo’rayib boradi. Yiringli pulpit ikki shaklda o’tadi: abssess paydo bo’lishi bilan
o’tadigan o’chohujayrali pulpit va Diffuz
leykositar infiltrasiya bilan o’tadigan flegmonoz pulpit. Yiringli pulpitning o’chohujayrali xilida yashil tusli yiring bilan to’lib turgan
mayda-mayda bo’shlihujayralar hosil bo’lsa, flegmonoz
pulpitda pulpa sarg`ish tusli go`ngirt rangga kirib qoladi.
o`tkir gangrenoz pulpit chuqur to`shgan karies mahalida pulpaga chirituvchi bakteriyalar o’tishi natijasida boshlanadi. Bundapulpa
qo’lansa-chirik hidli qo’lrang-qora massa ko’rinishiga
kirib qoladi. Mikroskop bilan tekshirilganida pulpa bo’shlig`ida strukturasiz donador massa topiladi, buning orasida bir talay
bakteriyalar, yog` kislotalarining kristallari bo’ladi.
Bundapulpa bilan bir qatorda odontoblastlar ham halok bo’lib boradi.
Surunkali fibroz pulpit (oddiy) pulpada q elementlari sonining kamayib qolgani, tolali biriktiruvchi to’qima o’sib ketgani bilan
ta'riflanadi. Karies kovagiga yaqin ba'zi
bir joylarda yumaloq hujayrali infiltrasiya o’chohujayralari topiladi. Odontoblastlar atrofiyaga uchrab, yo’qolib ham ketadi. Fibroz
asosining ba'zi joylarida gemosiderin, gialinoz
ko’zga tashlanadi.
Yiringli yoki yarali Surunkali pulpit. Pulpa sklerozga uchrashi ustiga unda yiring bilan to’lgan va ichki tomondan piogen membrana
bilan qoplangan kovaqtar paydo bo’ladi. Piogen
membrana kapillyar tomirlar va polinuklear leykositlarga boy granulyasion to’qimadan iborat, tashqi tomonda granulyasion
to’qima tolali- fibroz biriktiruvchi to’qimaga aylanadi.
Pulpaning yuza qatlami madda bo’lib turgan bo’lsa, buni yarali Surunkali pulpit deyiladi. Kovak devori yorilib, yiringli ekssudat
undan chiqib ketgandan keyin pulpaning zararlangan
joyi yara bo’lib turadi. Yaraning chetlari jarayon susayib borgan sayin yetilib boraveradigan granulyasion to’qimadan iborat
bo’ladi.
Surunkali granulyasiyalovchi pulpit. Pulpa yuzasida yiring va leykositar infiltrasiya paydo bo’ladi. Yosh granulyasion to’kima
asta-sekin o’sib borib, tish bo’shlig`idan chiqib turadigan
polipsimon tuzilmaga aylanadi, uning yuzi epiteliy bilan qoplanadi. Nozik biriktiruvchi to’qima tolalari orasida kapillyarlar ko’zga
tashlanadi, bularning orasida fibroblastlar,
gistiositlar, limfositlar, leykositlar va epitelioid hujayralar bo’ladi. Tolali tuzilmalar ba'zan q elementlaridan usto`n turadi.
Pulpadagi Surunkali yallig`lanish jarayoni
dentinning pulpa tomonidan lakunar tarzda so’rilib ketishiga olib kelishi mumkin.
Klinik manzarasi. Harakterli yallig`lanish jarayoni bilan ta'riflanadi. o`chohujayrali seroz-yiringli pulpitda tishning zararlangan sohasida
spontan og`rihujayralar, sovuqqa kuchli og`rihujayrali
reaksiya paydo bo’ladi. o`tkir yiringli Diffuz pulpitda esa spontan og`rihujayralar yaqqol bo’ladi va uch shoxli nerv tarmohujayralari bo’ylab
tarqaladi. Surunkali pulpit haroratni qo’zg`atuvchi
ta'sirotlar ta'sir etganda, ovqatlanish paytida og`rihujayralar paydo bo’lishi bilan farqlanadi. Surunkali proliferativ pulpitda qon ketishi
kuzatiladi.
Periodontit
Periodontit - periodontning yallig`lanishi - o’zining kelib chiqishi jihatidan infeksion (mush ichidagi va tishdan tashqaridagi
periodontit), travmatik va medikamentoz periodontitga
bo’linadi. Klinik o’tishaga qarab, o’tkir va Surunkali periodontitlar, jarayonning qaerda boshlanganiga qarab, uchki, marginal va
Diffuz periodontitlar tafovut qilinadi.
o`tkir periodontit yallig`lanish reaksiyasining tabiatiga qarab seroz va yiringli periodonmumga bo’linadi. Seroz periodontit periodont
to’qimasida yallig`lanishga aloqador giperemiya,
shish paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi; perivasqo’lyar infiltratlar bitta-yarimta polinuklearlar aralashgan limfogistiositar q
elementlaridan iborat bo’ladi; leykositlardan
iborat kichikroq infiltrasiya topiladi. Yiringli periodontit periodontdagi neytrofillardan iborat infiltrasiyaning kuchayib borishi, shish
kelishi, giperemiya bo’lishi bilan ajralib
turadi. Suyak usti pardasi qalin tortib, o’rnidan ko’chib qoladi. Ko’mikka qon to’lib, unda yiringlagan joylar paydo bo’ladi, tish
o’rnidagi suyak to’qimasi so’rilib, keyinchalik tolali
biriktiruvchi to’qima hujayralari bilan almashinadi. o`tkir uchki periodontit tishning uchki tomonida, o’tkir marginal periodontit esa tish
bilan milk o’rtasidan boshlanadi.
Surunkali periodontit. Surunkali periodontitning har xil turlari tafovut qilinadi: fibroz (o’chohujayrali va diffo`z), granulyasion (yiringli, apikal)
va granulyomalar hamda kistalar hosil
bo’lishi bilan o’tadigan granulyomatoz (apikal) periodontit.
Surunkali fibroz periodontitda subepitelial asosda dag`al to’qimali fibroz to’qima o’sib boradi, shu to’qimaning tutamlari orasida
plazmatik hujayrali infiltratlar asosan
perivasqo’lyar tarzda joylashgan bo’ladi. Sement so’rilib ketgan hollar ham uchraydi.
Surunkali granulyasion periodontit tishning uchki tomonidagi to’qima yemirilib, kapillyar tomirlarga boy granulyasion to’qima o’sib
borishi, plazmatiq epitelial hujayralar,
gistiositlardan iborat infiltrasiya paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi; leykositlar kamroq uchraydi. Alveolyar o’simtaning suyak to’qimasi
so’rilib ketgan bo’lishi ham mumkin.
Surunkali granulyomatoz periodontitda tish ildizining uchki tomonida granulyomalar paydo bo’ladi, apikal granulyomalar deb
ataladigan shu granulyomalar orasida oddiy, murakkab
(epitelial) va kistogranulyomalar tafovut qilinadi.
Oddiy granulyoma qo’lrang-pushti tusli va tishning uchiga mahkam yopishib ketgan tugo`ncha ko’rinishida bo’ladi. Mikroskopik
preparatlarda odatdagi granulyasion to’qima ko’zga tashlanadi, shu
granulyasion to’qimaning chetki tomonida zich kapsula ko’rinishidagi fibroz to’kima joylashgan bo’ladi; ko’piksimon hujayralar ham
uchrashi mumkin. Granulyomadagi yallig`lanish jarayoni
qo’zigan mahallarda granulyasion to’qima hujayralari orasida talaygina leykositlar paydo bo’ladi. Granulyoma yiringlab ketishi
ham mumkin. Alveolyar o’simtaning granulyoma turgan
joydagi suyak to’qimasi rezorbsiyaga uchraydi, rentgenologik tekshirishda bu yaxshi bilinib turadi.
Murakkab (epitelial) granulyoma odatda, oddiy granulyoma bilan bir xil ko’rinishda bo’ladi va u ham og`rigan tishning uchida
mahkam yopishib turadi. Farqi shundaki, ko’p qavatli yassi
epiteliy granulyasion to’qimani turli yo’nalishlarda teshib o’tadi. Ba'zi tadqiqotchilar bu yerda epiteliy, murtak holdagi epitelial
o’simtalarning o’sib ketishi natijasida paydo bo’ladi
deb hisoblaydi. Boshqalar esa, epiteliy milkning shilliq pardasi tomonidan o’sib kelishi mumkin deb ko’rsatadi. Rentgenologik
tekshirishda alveolyar o’simtaning apikal granulyoma
turgan joyidagi suyak to’qimasi yemirilib ketganligi topiladi.
Kistogranulyoma murakkab granulyomadan paydo bo’ladi. Epitelial tortmalarda vakuolli, yog`li distrofiya boshlanib, kovaqtar
paydo bo’ladi. Bu kovaqtar ancha katta bo’lib ketishi va ildiz
yoni yoki radiqo’lyar kistalar paydo bo’lishi mumkin. Kovakda holesterin kristallari bo’ladigan tiniq yoki loyqa suyuhujayralik to’planib
boradi. Mikroskopik tekshirishda kistaning devori
hujayrali-tolali biriktiruvchi to’qimadan iboratligi, ichki yuzasi ko’p qavatli yassi epiteliy bilan, ba'zi joylarda leykositlarga bosh
granulyasion to’qima bilan qoplanganligi ko’zga
tashlanadi.
Surunkali periodontitda tishning uchki tomonida ortiqcha miqdorda sement paydo bo’lishi, ya'ni gipersementoz boshlanishi
mumkin. Gipersementoz uchki tomondagi teshikni butunlay
bekitib qo’yishi mumkin.
Surunkali marginal periodontitda periodontning chetki tomoni zararlanib, unda kattagina Diffuz va o’chohujayrali yallig`lanish infiltratlari
paydo bo’ladi, shuningdek tishlar orasida
joylashgan suyak to’qimasi rezorbsiyaga uchraydi.
Periodontitning klinik manzarasi har xil bo’lib, yallig`lanish jarayonining olgan joyi va turiga bog`liq. o`tkir seroz periodontit o’z-o’zidan
simillovchi og`rihujayralar paydo bo’lishi bilan
ta'riflanadi, kasallangan tish bosilganida bu og`rihujayralar kuchayadi. o`tkir yiringli periodontitda bundayogrihujayralar zo`rayib boradi va
uchlik nerv shoxlarining yo’nalishi bo’ylab
tarqaladigan bo’ladi. Tish qimirlab turadi, milk va oraliq burmasida giperemiya va shish bo’ladi. Regionar limfa bezlari
kattalashib, bezillab turadi. Yiringli periodontit asorat
berib, periostitga, jag` osteomielita, yuz-jag` sohasi flegmonasi va abssesslari, odontogen gaymorit, mediastinitta ham aylanib
ketishi mumkin. Periodontitning Surunkali xillari
simptomlarsiz o’tishi mumkin-u, lekin tishga bosilganida og`riq sezilib turadi. Granulyasiyalanadigan Surunkali periodontitda tish
ildizining uchki sohasida vaqti-vaqti bilan yiring
chiqib turadigan va o’sib ketgan granulyasion tuqimadan ko’tarilib qolgan teshik ochiladi. Surunkali periodontitning
granulyomatoz xilida milk paypaslab ko’riladigan bo’lsa, tish
Dostları ilə paylaş: |