Organopatologiya qon yaratuvchi va limfoid sistema kasalliklari



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə17/46
tarix05.05.2017
ölçüsü2,28 Mb.
#16619
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46

2) tillarang stafilokokq kdebsiella, uchinchi tipdagi pnevmokokk tufayli paydo bo’lgan pnevmoniyalar ko’pincha asorat berib,

abssess paydo qiladi. Zamburug`li pnevmoniya va

bronxoektazlar ham abssess paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin;

3) aksari bronxogen rak mahalida ko’riladigan bronxiolalar obstruksiyasi. Bundabronxlarlarning drenaj funksiyasi buzilib, distal

atelektazlar paydo bo’ladi, o’sma parchalari nafas

yo’llariga to`shib qoladi, bu sepsis boshlanishiga ham olib keladi. o`pkada abssess boshlanishi o’smaning o’zi yiringlab ketganiga

bog`liq bo’lishi ham mumkin;

4) septik trombofdebit yoki infeksion endokardit mahalida yuzaga ke- ladigan o’ng o’pka septik emboliyasi;

5) ko’krak qafasi shikastlanganida, qorin bo’shlig`idagi infeksiya diafragma orqali yorib chiqqanida to’g`ridan-to’g`ri o’pka

to’qimasiga bakteriyalar o’tib qolishi, peritonit yoki jigarning

amyobaga aloqador abssesslarida ham shunday hodisa kuzatiladi.

Biroq, bir qancha hollarda abssessning nima sababdan paydo bo’lganini aniqlash qiyin bo’ladi. Mana shunday hollarni

o’pkaning birlamchi kriptogen abssessi deyiladi.

Patologik anatomiyasi. Abssesslar odatda har xil kattalikda bo’lib, diametri bir necha millimetrdan 5-6 sm gacha boradi.

Abssessning olgan joyi paydo bo’lish mexanizmiga bog`liqdir.

Chunonchi, infeksiyali material aspirasiyasi tufayli paydo bo’ladigan abssesslar aksari o’ng tomonda joy- lashib, odatda bitta yaxlit

bo’ladi va o’pkaning ustki bo’lagida (o’pka uchidan

pastroqda) hamda aksillyar chiziq bo’ylab joylashadi. Pnevmoniya yoki bronxoektaziyaning asorati tariqasida yuzaga

keladigan abssesslar tabiatan ko’p bo’ladi, o’pka asosidan joy oladi va

hamma yoqqa tarqalgan bo’ladi. Septik emboliya tufayli paydo bo’lgan abssesslar ham ko’p bo’ladi va o’pkaning har qanday

qismini zararlashi mumkin.

o`pka abssesslari yonginasidan o’tgan bronxlar yo’liga yorilishi mumkin. Bundayiring bilan balg`am birga chiqib ketadi (drenaj).

Abssesslarda boshlanadigan proteolitik jarayonlar

chegaralari o`ncha aniq bilinmaydigan bo’shlihujayralar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Abssessning tevarak-atrofidagi o’pka

to’qimasida shish paydo bo’lib, qon bilan ta'milanishni bo`zadi

va shy tariqa ishemik nekroz (o’pka gangrenasi) boshlanishiga olib keladi. Abssess plevra bo’shlig`iga yorilib bronxoplevral fisto`la

hosil bo’lishi ham mumkin. Buning natijasida

pnevmotoraks yoki plevra empiemasi boshlanadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida yiring bilan to’lib turgan bo’shliq topiladi,

uning o’rtasida bir talay neytrofillar saqlanib

qolgan va irib kelayotgan bo’ladi. Eski abssess atrofida kapillyarlarga boy granulyasion to’qimadan iborat kichikroq ko’tarma

yuzaga keladi. Surunkali abssessda limfositlar, plazmatik

hujayralar va makrofaglar bilan infiltrlangan sezilarli fibroz kapsula bo’ladi.

Klinik manzarasi. Xuddi bronxoektaziya singari, o’pka abssessi uchunham odamning qattiq yo’talib, bir talay yiringli yoki qon

aralash qizil balg`am tashlab turishi harakterlidir.

o`pkadan talaygina qon ketib turadigan hollar (gemoftiz) ham uchraydi, bundayhodisa yiringli nekrotik jarayon yirik tomirlarga o’tib

ketgan mahallarda kuzatiladi. Kasallikning eng

muhim simptomi abssess to’satdan bronxga ochilib qolganida boshlanadigan yo’tal xurujidir. Lekin abssess bronxga ochilmagan

bo’lsa, balg`am juda kam to`shadigan bo’lishi mumkin. Tana

harorati ancha ko’tarilib, odamning darmoni qurib borishi ham harakterlidir. Jarayon plevraga o’tganida plevraga aloqador

og`rihujayralar boshlanadi. Odam hansiramaydi. Surunkali

abssessda odam ozib, anemiya boshlanadi, bir qancha hollarda visseral organlarda amiloidoz avj olib boradi.

o`PKA o`smaLARI

o`pka o’smalari gistogenezi jihatidan har xil bo’lishi bilan ajralib turadi. Ular mezenximadan kelib chiqishi (xondromalar, fibromalar,

angiomalar, leyomiomalar yoki bularning xavfli

analoglari) yo bo’lmasa kelib chiqishi jihatidan epitelial bo’lishi mumkin (bronxogen adenoma, bronxogen raq bronxoalveolyar

rak). o`pkaning xavfli o’smalari ko’pincha metastatiq goho

birlamchi (bronxogen) o’smalardan iborat bo’ladi.

Bronxogen rak


Bronxogen rak bir muncha keng tarqalgan o’pka o’smalari jumlasiga kiradi va o’limning hammadan ko’p uchraydigan

sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi. o`pka raki 40-70 yashar erkaklarda

ayollardagiga qaraganda ko’proq uchraydi. Chekadigan kishilarda bronxogen rak chekmaydigan odamlarga qaraganda o’n

barobar ko’p kuzatiladi.

Etiologiyasi va patogenezi. o`pkada turli xillarda rak paydo bo’lishi hozir genlarning zararlanishiga bog`liq bo’lib, shy genlarning

zararlanishi natijasida bronxlar epiteliysi o’sma

hujayralariga aylanib boradi deb hisoblanadi. Genlar o’zgarishining ko’payib borishi onkogen hujayralar va o’sma supressor

genlariga ta'sir ko’rsatadi deb taxmin qilinadi. Mayda

hujayrali rak bir qancha onkogenlar, jumladan L-myc, N-myc onkogenlarning o’zgarishi va raf genning mutasiyaga uchrashi bilan

ta'riflanadi. Bundan tashqari o’smalar supressor genlari -

r53 va Rb ning mutasiyaga uchrab, faolligi yo’qolib qolishi ham harakterlidir. Jumladan mayda hujayrali o’pka rakida 3

xromosomaning mana shy supressor genlar joylashgan qisqa

elkasida kuzatiladi. Yassi hujayrali o’pka rakida o’sish omili reseptorlarining ancha jonli ekspressiyasi kuzatiladi-ki, bu narsa

rakning kelib chiqishida shy polipeptidlarning roli bor

degan xayolga olib keladi. Adenokarsinomalarning paydo bo’lishi K-ras genning mutasiyaga uchrashiga bog`liq.

o`pka raki paydo bo’lishining eng katta xavfi chekish ekanligi hozir aniqlangan, statistika, klinika va tajriba ma'lumotlari shundan

darak beradi. Statistikaga qaraganda, ashaddiy

kashandalarda uchraydigan o’pka raki va ular chekib tugatgan sigaretalar soni o’rtasida bevosita bog`lanish bor. Ko’p yillar

davomida kuniga 40 tagacha sigaret chekadigan kashandalarda o’pka

raki paydo bo’lish ehtimoli 20 baravar ko’proq bo’ladi. Bundaykashandalarning 80 foizida o’pka raki paydo bo’ladi. Sigareta tuto`ni

chekmaydigan odamlarga ham juda zararlidir.

Chekadigan odamlarda bronxlar epiteliysining tobora ko’proq alterasiyaga uchrab borishi klinik ko`zatuvlardan ma'lum.

Chunonchi, tamaki tuto`ni ostida avval bronxlar epiteliysi ko’p

qavatli yassi epiteliyga aylanadi, keyin displaziya boshlanib, cancer in situ paydo bo’ladi.

o`pka rakiga olib kelishi mumkin bo’lgan omillar tariqasida radiasiya ham bor, uran shaxtalarida ishlovchilarda o’pka rakining ko’p

uchrab turishi shundan dalolat beradi; ayniqsa tarkibida

asbest, nikel, xrom bo’ladigan iflos havo ham shy jihatdan xavfli. o`pka raki chandiq to’qimasi atrofida o’pka raki paydo bo’lishi

mumkin degan ma'lumotlar diqqatga sazovordir, lekin

bundayrakning qay tariqa kelib chiqishi aniq emas.

Patologik anatomiyasi. o`pka raki olgan joyi, katta-kichikligi, qay shaklda o’sib borishi, gistologik tuzilishi va rivojlanishining qaysi

davrda turganligi jihatidan juda xilma-xil

bo’ladi.

Qay tariqa rivojlanib borayotganligiga qarab, endobronxial (ekzofit tar- zda o’sib boradigan) va peribronxial (endofit tarzda o’sib

boradigan) rak tafovut qilinadi. o`smaning olgan

joyiga qarab: 1) asosiy va segmentar bronxlarni zararlaydigan markaziy rak; 2) mayda bronxlar epiteliysidan o’sib chiqib, o’pka

periferiyasiga tarqab boradigan periferik rak

ajratiladi (4Z- rasm).

o`pka raki gistologik tuzilishi jihatidan ham juda har xil bo’ladi, gistologik tuzilishiga qarab yassi hujayrali raq adenokarsinoma,

mayda hujayrali, dumaloq hujayrali rak va aralash

rak tafovut etiladi. Bronxogen rakning hozirgina aytib o’tilgan shy xillari quyidagi umumiy xususiyatlarga egadir: ularning hammasi

yirik (asosiy) bronxlar epiteliysidan kelib

chiqadi, invaziv ravishda o’sib borib, yoyilib ketadigan bo’lishi bilan ajralib turadi, turli organlarga, xususan jigar, buyrak usti

bezlari, bosh miya, suyaklarga ko’p metastazlar beradi.

o`pka rakining hamma turlari ayniqsa mayda hujayrali rak paraneoplastik sindrom boshlanishiga yo’l ochadigan biologik faol

moddalarni sintezlay oladi.

Yassi hujayrali o’pka raki ko’proq erkaklarda uchraydi, oladigan joyi jihatidan markaziy rak bo’lib hisoblanadi, ya'ni yirik bronxlarni

zararlaydi; o’pka ildizidagi limfa tugo`nlariga

tez tarqaladi. Rakning boshqa gistologik shakllaridan farq qilib, ko’krak qafasidan tashqariga kech muddatlarda metastazlar

beradi. Yassi hujayrali rak boshlanishidan avval odatda

bronxlar epiteliysi metaplaziyaga uchraydi, keyin displaziya boshlanib, so’ngra cancer in situ paydo bo’ladi.

o`pka raki simptomlari o’sma bronxlarni bosib yoki bekitib qo’ygan mahallardagina ma'lum beradi. Bronxlarning endobronxial

rakida og`ir asoratlar: atelektazlar, yiringli-pnevmoniya

o’chohujayralari, o’pka gangrenasi, empiemasi paydo bo’ladi. Ana shy davrda 70-90 foiz hollarda regionar limfa tugo`nlarida, 50-60 foiz

hollarda olisdagi limfa tugo`nlarida metastazlar paydo

bo’ladi.

Gistologik tuzilishi jihatidan bu rakning ikki turi - yuksak darajada tabaqalashib, mugo`zlanib boruvchi yassi hujayrali rak va rak

marvarid donalari hosil qilmasdan o’sadigan, kam

tabaqalashgan raq

Adenokarsinoma. Bu o’sma ayollarda ko’proq uchraydi va asosan o’pkaning periferik tomonida joylashib, juda sekinlik bilan o’sib

boradi va o`ncha katta bo’lmaydi. Tipik hollarda o’sma

rangi oq go`ngurt tucda, qattiq bo’lishi bilan ajralib turadi. Adenokarsinoma bronxlar devoriga infiltrlanib yoki o`ni yemirib, atrofdagi

o’pka to’qimasiga tarqalib boradi. Mikroskop

bilan tekshirib ko’rilganida bu o’sma asinar, tubulyar yoki papillyar tuzilmalar hosil qiluvchi kubsimon yoki silindrsimon shakldagi

hujayralardan iborat bo’ladi. Adenokarsinoma

ayniqsa jigar, buyrak usti bezlari, bosh miya suyaklariga juda barvaqt metastazlar beradi.

Bronxa-alveolyar raq Adenokarsinomalarning tur-xillaridan biri bo’lmish bronxo-alveolyar rak bronxlar adenokarsinomasiga

qaraganda ancha kam uchraydi va birlamchi o’pka

o’smalarining 2-5 foizini tashkil etadi. Rakning bu turi o`ni boshqalardan ajratib turadigan ba'zi xususiyatlarga ega: 1) u hamisha

periferik va solitar tuzilishga ega bo’ladi, 2) hech qacqon

yirik bronxlardan o’sib chidaydi, 3) gistologik tuzilishi jihatidan bronxogen adenokarsinomadan farq qiladi.

Bu o’smaning tugo`nli, multisentrik va Diffuz ravishda o’sib boradigan (pnevmoniyasimon) shakllari tafovut etiladi.

Bronxo-alveolyar rakning tugo`nli shakli odatda o’pka pastki bo’lagining periferiyasidan joy oladigan solitar tugo`n paydo bo’lishi

bilan ta'riflanadi, rangi qo’lrang bo’ladi, diametri 10

sm gacha o’tib boradi. hamma hujayralari odatda musin ishlab chiqarmaydi, kubsimon shaklda bo’lib, alveolyar to’sihujayralari bo’ylab

joylashmasdan, balki ularning bag`ridan joy oladi va

papillyar o’simtalar hosil qiladi. hujayralarning yadrolari yirik giperxrom bo’lib, qning markazida turadi. Ularda mitozlarni

ham ko’rish mumkin.

Multisentrik bronxo-alveolyar rakda o’pkaning bir yoki 2-3 bo’lagining periferik tomonlarida konsistensiyasi jihatidan musinoz

to’qimaga o’xshab ketadigan bir talay o’sma tugo`nlari

topiladi. Gistologik jihatdan olganda bu o’sma saqlanib qolgan alveolalar to’sihujayralari bo’ylab joylashadigan silindrsimon

hujayralardan iboratdir. Ularning yadrolari maydaroq,

hujayralarning asosidan joy olgan bo’ladi, mitozlar onda-sonda ko’zga tashlanadi. Bu o’smada qdan tashqarida va q

ichida bo’ladigan bir talay shilimshiq topiladi.

Bronxo-alveolyar rakning pnevmoniyasimon shaklida o’pkaning butun bir bo’lagi tabiatan dam qo’lrang jigarlanish to`sig`a, dam

o’pka to’qimasi irib, kavernalar hosil bo’ladigan va qon ketib

turadigan kazeoz pnevmoniya to`sig`a kiradi.

Bronxe-alveolyar rakning qay tariqa kelib chiqishi to’g`risida noma'lum narsalar ko’p. Ba'zi tadqiqotchilar o`ni aksari

bronxiolalarda paydo bo’lib, keyin alveolalarga tarqalib

boradigan, yuksak darajada tabaqalashgan adenokarsinoma deb hisoblaydilar. Biroq so’nggi yillarda bronxo-alveolyar rakning

paydo bo’lishida uch xildagi hujayralarning rol o’ynashi

mumkinligini ko’rsatadigan ma'lumotlar qo’lga kiritildi. Bu hujayralar qatoriga bronxiolalarning musin ishlab chiqaruvchi

hujayralari, ikkinchi tartibdagi pnevmositlar,

hilpillovchi epiteliy bo’lib hisoblanmaydigan Klar hujayralari kiradi. o`pka rakining bu xili viruslar tufayli paydo bo’ladi deb taxmin

qilinadi.

Mayda hujayrali rak tez o’sib, atrofdagi to’qimaga infiltrlanib borishi va turli organlarga barvaqt metastazlar berishi bilan ajralib

turadi. Bu o’smaga xirurgik yo’l bilan davo

qilsa bo’ladi, shy munosabat bilan faqat radio va kimyoterapiya qo’llaniladi.

Mayda hujayrali rakning gistogenezi aniq emas. hujayralar sitoplaz- masida karsinoid uchunharakterli granulalarga o’xshab

ketadigan qattiq neyrosekretor granulalar bo’lishi bu

o’smaning Qo’lchiskiy hujayralaridan kelib chiqishini ko’rsatadi. Ularning APUD-sistema o’smalariga mansubligi biologik faol

moddalarni, masalan paraneoplastik sindrom

boshlanishiga sabab bo’ladigan gormonlarni ishlab chiqara oladigan bo’lishi bilan tasdiqlanadi. Mayda hujayrali rak ko’proq

erkaklarda kuzatiladi. Kattagina bo’ladigan qo’lrang tusli

yumshoq o’sma massasi ko’rinishida ko’zga tashlanadi. o`smao’pka to’qimasining markazidan joy oladi va turli yo’nalishlarda o’sib

boradi. o`pka ildizi va ko’ks oralig`idagi limfa tugo`nlari

jarayonga qo’shilib ketadi. U o’sma kamdan-kam hollarda o’pkaning periferiyasidan joy oladi, bundadastlabki metastazlari

paratraxeal tugo`nlarida paydo bo’ladi. o`smahujayralarining

mikroskopik tuzilishiga qarab, mayda hujayrali rakning ikki turi: sulisimon hujayrali rak va oraliq rak tafovut qilinadi.

Sulisimon hujayrali rak sitoplazmasining hajmi kichikroq va yadrolari giperxrom bo’lishi bilan ajralib turadigan, limfositlarga

o’xshab ketadigan mayda-mayda qora rangli

hujayralardan iborat bo’ladi. Ko’p metastazlar berishi harakterlidir. o`smahujayralari qon tomirlari atrofida ko’pincha soxta

g`o’shshalarga o’xshab ketadigan tuzilmalar hosil qiladi.

Goho bu tuzilmalar duksimon shaklda bo’ladi.

Mayda hujayrali rakning oraliq xili o’zining kattaligi jihatidan sulisimon va yirik hujayrali rak hujayralari o’rtasida oraliq o’rinni

egallaydigan hujayralardan tashkil

topgandir. o`smastromasi bir talay limfositlar va plazmositlar bilan infiltrlangan. Bu xildagi rakning yana bir muhim belgisi o’sma

hujayralarining uyalar ko’rinishida to’planib

turishidir. Mayda hujayrali rak hujayralari 20-40 foiz hollarda peptidli gormonlar ishlab chiqara oladi.

Yirik hujayrali o’pka raki pufaksimon yirik yadrolari bo’ladigan anaplastik hujayralardan iboratdir. Bu o’sma ko’pincha periferiyadan

joy oladi. Oqibati yomon, chunki bu rak olisdagi

organlarga, asosan, jigar, buyrak usti bezlari, bosh miyaga barvaqt metastazlar beradi.

Shuningdek o’pka rakining aralash xillari ham tasvirlangan.

Klinik manzarasi. o`pka raki uchuno’smaning turli yo’nalishlarda tarqalib, ko’pincha jigar, buyrak usti bezlari, bosh miyaga

metastazlar berishi harakterli ekanligini aytib o’tish kerak

o`smaplevra va perikardga o’tishi va ekssudativ plevrit va perikarditga sabab bo’lishi ham mumkin. Bundaekssudat aksari

gemorragik tusda bo’ladi. Bronxogen o’pka raki yirik tomirlarni

bosib qo’yib, ustki kovak vena sindromiga sabab bo’lishi mumkin. o`pkaning uchki tomonida joylashgan o’sma simpatik chigalga

o’tib, tirsak nervi bo’ylab boshlanadigan qattiq og`riqqa yoki

Gorner sindromiga (enoftalm, ptoz, miozga) sabab bo’lishi mumkin.

o`pka rakining klinik o’tishi juda har xil, chunki u juda har xil tarzda tarqalib boradi. o`pka raki ba'zan mutlaqo simptomlarsiz davom

etib borib, boshqa organlarga metastazlar bergan

va o’tgan hollarda nihoyatda xilma-xil klinik manzarani beradi. Chunonchi, qizilo’ngachga o’sib kirgan o’sma klinik o’tishi jihatidan

qizilo’ngachning birlamchi rakiga juda o’xshab ketadi.

Kasallikka plevra va perikard ham qo’shilgan mahallarda ekssudatli plevrit va perikardit manzarasi yuzaga keladi. o`pka raki

ustki kovak venani bosib qo’ygan mahallarda ustki kovak

vena sindromi boshlanadi. Suyak sistemasiga bergan metastazlari suyak moddasining so’rilib ketishiga sabab bo’lib, suyaklar

osteoporoziga olib keladi. Jigarga metastazlar bergan

mahallarda gepatomegaliya va obturasion sarihujayralik boshlanadi. o`pka rakidan bosh miyaga o’tgan metastazlarning klinik

ko’rinishlari alohida ahamiyatga ega. Bundanihoyatda xilma-xil va

turlicha nevrologik simptomlar paydo bo’ladi. Metastatik o’sma tugo`nlariga qon quyilishi gemorragik insult manzarasini berishi

mumkin. Tobora zo’rayib boradigan falaj boshlanishi,

ahujayrali pastlikka xos simptomlar va boshqa har xil nevrologik simptomatika paydo bo’lishi mumkin. o`smabuyrak usti bezlariga

metastazlar berganida Addison kasalligi boshlanadi.

o`pka rakida o’pka gangrenasi, abssessi, rak kavernalari singari o’pka ichida asoratlar ham boshlanishi mumkin. Kasallarning 3-10

foizida giperkalsiemiya, Qo`shing sindromi (AKTG ko’p

ishlanib chiqishi munosabati bilan), qandsiz diabet bilan namoyon bo’ladigan paraneoplastik sindrom boshlanadi. Miopatiyalar,

neyropatiyalar ham harakterlidir. Giperkalsiemiya

boshlanishi suyak moddasining so’rilib borishiga bog`liq-ki, bundayhodisa mayda hujayrali o’pka rakida ayniqsa sezilarli bo’ladi,

shuningdek paratgormon ko’p ishlanib chiqishi munosabati

bilan ham ro’y beradi.

Bronxlar karsinoidi
Bronxlar karsinoidi 5 foiz bemorlarda, aksari 40 yoshgacha bo’lgan kishilarda uchraydi va davolasa bo’ladigan o’sma bo’lib

hisoblanadi. Bronxlarning shilliq pardasida joylashadigan

Qo’lchiskiy hujayralaridan kelib chiqadi. Makroskopik jihatdan olganda bronxogen karsinoidning ikki xili: 1) poliplar ko’rinishidagi

va 2) pilakchalar ko’rinishidagi karsinoid tafovut

qilinadi. Pilakchalar ko’rinishidagi karsinoid bronxlar shilliq pardasida joylashgan bo’ladi va bronxlar devoriga o’sib kirib,

peribronxial to’qimaga ham o’tib ketadi.

Karsinoid asosan o’pka ildizidagi limfa tugo`nlariga, goho bir muncha olisdagi organ va to’qimalarga (jigarga) metastazlar beradi.

Mikroskopik jihatdan olganda bu o’sma yadrolari

dumaloq bo’ladigan kubsimon shakldagi hujayralardan iboratdir. Ularda bir muncha miqdorda mitozlar ham ko’zga tashlanadi.

Anaplaziya bo’lmaydi yoki juda kam darajada bo’ladi.

hujayralar har xil tuzilmalarni: uyalar, tortmalar, bezga o’xshab ketadigan tuzilmalarni hosil qiladi, ularning orasida sust ifodalangan

stroma joylashgan bo’ladi. Submikroskopik

jihatdan olganda o’sma hujayralarida neyrosekretor granulalar topiladi.

Bronxogen karsinoid klinik jihatdan yo’tal, qon tuflash (gemoftiz), qaytalanib turadigan bronxlar va o’pka infeksiyasi bilan

ifodalanadi. Bu o’sma goho karsinoid sindromga ham sabab

bo’ladi.

PLEVRITLAR
Plevrada har xil patologik jarayonlar boshlanishi mumkin, shularning ichida plevrit, gidrotoraks, gemotoraks, pnevmotoraks,

plevra o’smalari klinik jihatdan hammadan katta ahamiyatga

ega. Plevra bo’shlig`ida transsudat to’planib borishi mumkin. YURAK yetishmovchiligi va gipoproteinemiya mahalida shunday

hodisa kuzatiladi va bu jarayon gidrotoraks deb ataladi.

Transsudat solishtirma og`irligi past, tiniq, limfositlari va mezotelial hujayralari kam bo’lishi bilan ekssudatdan farq qiladi. Neytrofil

leykositlar bo’lmaydi.

Plevra ta'sirlanishi yoki mikroorganizmlar invaziyasi tufayli paydo bo’lgan plevritlarda ekssudat to’planib borishi qayd qilinadi.

Plevra bo’shlig`ida ekssudat to’planib borishi bilan

o’tadigan ekssudativ plevrit: 1) bronxogen raq mezotelioma va metastatik o’pka yoki plevra rakida; 2) o’pka infarktida; 3)

pnevmoniyada; 4) virusli plevritda kuzatiladi.

Qizil (volchanka) yugiriq revmatoid artrit, uremiya, tuberqo’lyozda ham plevrit paydo bo’lishi tasvirlangan. o`smaga aloqador

bo’lgan ekssudativ plevrit ko’pincha yoshi qirqdan oshgan

odamlarda kuzatiladi, harorat ko’tarilmasdan va og`riq bo’lmasdan o’tadi. Sitologik tekshirishda ekssudatda o’sma hujayralari va

yallig`lanishga xos hujayralar topiladi. Miokard

infarktiga aloqador plevritda gemorragik ekssudat to’planib boradi, bundabir talay polimorf yadroli va mononuklear hujayralar

bo’ladi. Plevritning bu xili klinik jihatdan

olganda to’satdan boshlanadigan hansirash, plevretik og`rihujayralar bilan ta'riflanadi.

Pnevmoniyaga (aksari pnevmokokklar tufayli paydo bo’lgan pnevmoniyaga) aloqador plevritlar plevraning ta'sirlanishi yoki

bakteriyalar o’tib qolishi tufayli paydo bo’lishi mumkin.

Plevraga bakteriyalar o’tib qolganida ekssudat fibrinoz yoki yiringli tusga kiradi.

Transsudat va seroz ekssudat, etiologiyasi qanday bo’lishidan qat'iy nazar odatda so’rilib ketadi. Gemorragiq fibrinoz va yiringli

ekssudatlar aksari bitishmalar hosil qiladi.

Plevra qalinlashib, plevra fibrozi boshlanishi, goho plevraga ohak o’tirib qolishi mumkin.

Gemotoraks plevra bo’shlig`iga qon yig`ilib qolishidir. U ko’krak aortasi anevrizmasi yorilganida o’limga olib boradigan asorat

tariqasida boshlanadi. Gemotoraksda gemorragik

ekssudatdagidan farq qilib, plevra bo’shlig`ida qon laxtalari topiladi.

Xilotoraks, bu - plevra bo’shlig`ida tarkibida lipidlarning nihoyatda mayda-mayda tomchilari bo’ladigan limfa suyuhujayraligi to’planib

qolishidir. Xilotoraks boshlanishi yirik limfa

yo’llarining ko’ks oralig`i o’smasi, masalan, limfoma bilan bosilib, bekilib qolganidan darak beradi.

Pnevmotoraks plevra bo’shlihujayralarida havo yoki boshqa gazning to’planib qolishidir. Pnevmotoraks birlamchi (oddiy) yoki

ikkilamchi bo’lishi mumkin. Birlamchi pnevmotoraks o’pka

kasalliklari yo’q mahalda boshlanadigan bo’lsa, ikkilamchi pnevmotoraks o’pka yoki ko’krak qafasidagi patologik jarayonlar-ning

asorati bo’lib hisoblanadi (masalan, qovurg`alar singan

mahalda yoki emfizema davrida). o`pkada subplevral tarzda joylashgan va alveolalar yoki bronxlarni plevra bo’shlig`i bilan

tutashtiradigan patologik o’choq yorilib ketganida ham

ikkilamchi pnevmotoraks boshlanishi mumkin. Masalan, o’pka abssessi, tuberqo’lyozi, rakida shunday hodisa bo’lishi mumkin.

Pnevmoto- raksning bu xili yoshi 40 dan oshgan kishilarda

kuzatiladi. Birlamchi (yoki oddiy) pnevmotoraks, aksincha, yosh erkaklarda uchraydi, sababi noma'lum.

Pnevmotoraksning asoratlari har xil. o`pka atelektazlari boshlanishi mumkin, bundabir necha hafta davomida o’pka yozilib,

rostlanmaydigan bo’lsa, fibroz boshlanadi. Natijada o’pka

qotib qolgandek bo’lib turaveradi. Pnevmotoraks sharoitlarida o’pka to’qimasi infeksiyalarga ancha sezgir bo’lib qoladi. Plevra

bo’shlihujayralarida seroz suyuhujayralik to’planib qolishi ham

mumkin. Bundagidropnevmotoraks ham boshlanadi. Plevra empiemasi ham plevritning jiddiy asorati bo’lib hisoblanadi.


Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin