Krvuq o`smalari ko`proquchraydi. Gistologik tuzilishiga ko`ra, oraliq hujayrali papilloma, yassi hujayrali papilloma, yassi q
metaplaziyasi hamda bez metaplaziyasi bilan utayotgan
oraliq hujayrali rak va yassi hujayrali rak tafovut silinadi.
Papillomalar 0,2-1,0 sm kattalikda, odatda yakka bo`ladi, no-zik fibrovasqo’lyar tuqimadan tuzilgan oyoq.chasi bor, usti
tabakd-lashgan ko`p kavatli oraliq hujayrali epiteliy bilan
qoplangan.
NAFAS ORGANLARI KASALLIKLARI
RINIT
BURUN Bo`ShLIg` I o`smaLARI
LARINGIT
HIQILDOQ o`smaLARI VA o`smaSIMON TUZILMALARI
O`PKA TOMIRLARI PATOLOGIYaSI
o`pka arteriyasi va tarmohujayralari emboliyasi
o`pka gipertenziyasi
ChAQALOHUJAYRALARNING RESPIRATOR DISTRESS SINDROMI
o`PKA ATELEKTAZLARI
Go`DAKLARNING To`SATDAN o`LIB QOLIShI SINDROMI
o`PKANING SURUNKALI OBSTRUKTIV KASALLIKLARI
Surunkali bronxit
o`pka emfizemasi
Bronxial astma
Bronxoektaziya
RESTRIKTIV o`PKA KASALLIKLARI
Kattalarda uchraydigan o’tkir respirator distress sindrom
Idiopatik o’pka fibrozi
o`PKANING INFEKSION KASALLIKLARI
Krupoz pnevmoniya
Bronxopnevmoniya
Pnevmosistali pnevmoniya
Virusli va mikoplazmali pnevmoniyalar
o`pka abssessi
o`PKA o`smaLARI
Bronxogen rak
Bronxa-alveolyar rak
Bronxlar karsinoidi
PLEVRITLAR
Nafas organlari kasalliklari juda har xil bo’lishlari bilan ajralib turadiki, bu kasallik jarayonning qaerda joylashganligini, etiologik
omillarning turli-tumanligi, bemorlarning
yoshiga aloqador xususiyatlari, organizm immo`n sistemasi holatiga bog`liq. Kasallik jarayonining qaerda joylashganligiga
qarab: 1) yuqori nafas yo’llari kasalliklari (Burun va Burun
oldi bo’shlig`i, halqum); 2) pastki nafas yo’llari kasalliklari (hiqildoq, traxeya, bronxlar, o’pka) tafovut qilinadi.
Nafas organlarida yallig`lanish jarayonlari, distrofiq immunopatologik jarayonlar, o’smalar bo’lishi mumkin. Rivojlanish nuqsonlari,
anomaliyalari, qon aylanishi izdan chiqqan hollar
ham kuzatiladi.
o`pkaga o’tgan havo bilan qon o’rtasida bo’ladigan gazlar almashinuvini ta'minlab beruvchi nafas organlari kasalliklari orasida
bronx-o’pka siste- masining kasalliklari muhim
ahamiyatga ega. Bronx-o’pka sistemasida ro’y beradigan jarayonlar juda har xil. Ular rivojlanish nuqsonlariga o’pkada qon
aylanish izdan chiqqanicha, tabiatan spesifik va nospesifik
yallig`lanish jarayonlari borligiga bog`liq bo’lishi mumkin.
o`pkadagi obstruktiv va o’sma kasalliklari kattagina o’rin egallaydi. hattoki YURAK dekompensasiya mahalida kichik qon aylanish
doirasida qon dimlanib qolishi ham o’pka parenximasini
zararlantiradi.
RINIT
Rinit - Burun shilliq pardasining yallig`lanishi bo’lib, yuqori nafas yo’llarida eng ko’p uchraydigan kasalliklar jumlasiga kiradi. Bu
infeksion va tabiatan infeksiyaga aloqadormas,
o’tkir va Surunkali bo’lishi mumkin.
o`tkir rinit kataral yallig`lanish bilan ta'riflanadi. Endigina boshlanib kelayotgan davrda rinoskopiya o’tkaziladigan bo’lsa, Burun
shilliq pardasining qonga to’lib (giperemiya), shishib
turgani aniqlanadi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida epiteliyning qisman ko’chib to`shgani va vorsinkalarning yo’qolib ketgani
topiladi. Yallig`lanish jarayoni zo’rayib borgani
sayin shish kuchayib, Burundan seroz-shilimshihujayrali, shilimshiq yiringli suyuhujayralik kela boshlaydi, ayniqsa bezlar va tomirlar atrofida
juda seziladigan dumaloq hujayrali yallig`lanish
infiltrati paydo bo’ladi. Infeksiya tufayli boshlangan rinitlarda o’ziga xos, ya'ni spesifik belgilari kuzatiladi. Chunonchi, grippoz rinitda
Burundan qon kelib, qattiq bosh og`rig`i
paydo bo’lishi mumkin. Tomirlar in'eksiyasi yaqqol ko’zga tashlanib turadi, qon quyilishi harakterlidir. Difteritik rinitda Burun shilliq
pardasi fibrinoz karash bilan qoplanib, qon
aralash yiring kelib turishi mumkin.
Surunkali rinit Burun shilliq pardasida hadeganda barham topavermaydigan distrofik o’zgarishlar boshlanishi bilan ajralib turadi.
Surunkali rinitni uchta klinik-anatomik xili
tafovut qilinadi: Surunkali kataral rinit, Surunkali atrofik rinit va Surunkali gipertrofik rinit.
Surunkali kataral rinit Burun shilliq pardasi epiteliysining ko’proq darajada metaplaziya va giperplaziyaga uchrashi bilan
ta'riflanadi. Kiprikli epiteliy kubsimon, ba'zida esa
mugo`zlanuvchi epiteliyga aylanadi. Shilimshiq bezlarning ham soni ko’payib, ularda shilimshiq gipersekresiyasi boshlanadi.
Bezlarning chiqarish yo’llari kengayib ketadi. Burundan
seroz, shilimshihujayrali, shilimshiq-yiringli suyuhujayralik kelib turishi mumkin.
Surunkali atrofik rinit Burun shilliq pardasi atrofiyasi bilan, gohida esa Burun chig`anohujayralari suyak skeleti atrofiyasi bilan ta'riflanadi.
Ayni vaqtda Burun shilliq pardasi
yupqalashib, Burun chig`anohujayralarining tomirlari, g`orsimon venoz chigallari puchchayib qoladi, shilimshiq bezlar atrofiyaga uch-
raydi. Kiprikli epiteliy yassi epiteliyga aylanadi. Klinik
jihatdan olganda Surunkali atrofik rinit Burunning qurib, bitib turishi, hidlarni sezmay qolishi bilan ifodalanadi.
Surunkali gipertrofik rinit Burun shilliq pardasi va bezlardagi to’qima epiteliysi elementlarining o’sib ketishi bilan ajralib turadi.
Epiteliy yumshab qoladi, ba'zi joylarda
kiprikli epiteliy yo’qolib ketadi. Burun chig`anohujayralarining gipertrofiyasi ayniqsa sezilarli bo’ladi, chig`anohujayralarning yuzasi silliq,
g`adir-budir, so’rg`ichli bo’lishi mumkin. Surunkali
kataral rinitdan farq qilib, Burun doimo bitib turgan holda bo’ladi va undan bir talay suyuhujayralik kelib turadi.
Vazomotor rinit vazomotorlar funksiyasining buzilishiga bog`liq bo’lib, bundaBurun shilliq pardasidagi nerv oxirlarining salgina
bo’lsa-da ta'sirlanishi, Burunning birdan bitib
undan bir talay suv-shilimshihujayrali suyuhujayralik kelishi, aksa urishi bilan ifodalanadigan zo’r reaksiya boshlanishita olib keladi. Burun
shilliq pardasi yo’g`onlashib, epiteliysi ko’p qavatli
yassi epiteliyga aylanadi (metaplaziya). Shilimshiqqa boy qadahsimon q- larning mo’l-ko’l bo’lishi harakterlidir. Stroma
shishib, tolalari ajralib turadi, ko’pincha kollagenlashadi.
Allergik rinit uchunshilliq pardaning sezilarli darajada shishib turishi harakterlidir.
Burunning qo’shimcha sinuslaridagi yallig`lanish kasalliklari natijasida poliplar paydo bo’lishi mumkin. Poliplar qo’lrang, ba'zan
sarg`ish-qizil tusda, liqildoqsimon konsistensiyada
bo’lib, yuzasi ko’zga silliq ko’rinadi. Ularning katta-kichikligi va soni har xil bo’ladi.
BURUN Bo`ShLIG` I o`smaLARI
Kelib chiqishi jihatidan har xil. Aksari tabiatan epitelial, goho me- zenximal o’smalar bo’ladi. Xavfsiz o’smalardan papillomalar,
adenomalar, fibromalar, gemengiomalar,
xondromalar, osteomalar uchraydi. Xavfli o’smalar jumlasidan rak (yassi hujayrali raq sarkoma, melanoma kuzatiladi-ki, ular
o’zining tuzilishi jihatidan boshqa joylarda uchraydigan
shunday o’smalardan farq qilmaydi.
LARINGIT
Laringit - halqumning yallig`lanishi - ancha ko’p tarqalgan kasallik bo’lib, sabablari har xil. Ko’pchilik hollarda viruslar, jumladan A, V
gripp virusi, adenovirus va boshqa respirator
viruslar etiologik omil bo’lib hisoblanadi. Bolalarda respirator virus, shuningdek A va V gripp virusi odatda hiqildoq, traxeya va
bronxlarni birgalikda zararlab,
laringotraxeobronxitga sabab bo’ladi.
Morfologik jihatdan olganda hiqildoqqa shish kelib, unda mononuklear- lardan iborat infiltrasiya paydo bo’ladi. Yuqori nafas
yo’llarida virus infeksiyasi saqlanib qolgan mahalda
o`nga bakterial, ayniqsa stafilokokq streptokokk infeksiyasi ham qo’shiladi. Ana shunday ikkilamchi bakterial infeksiya
qo’shilganida shilimshiq ekssudat yiringli ekssudatga aylanadi.
Bundaeroziyalar ham paydo bo’lishi mumkin.
Klinika amaliyotida laringitning ikki turi - silga aloqador va difteritik laringit hammadan katta ahamiyatga ega. Silga aloqador
laringit ekssudativ yoki proliferativ jarayon
ko’rinishida o’tib, miliar do’mboqchalar ham paydo bo’lishi mumkin. Difteritik laringit, shilliq pardada yuza nekrozlar boshlanib,
fibrinoz ekssudat paydo bo’lishi bilan ta'riflanadi.
hIQILDOQ o`smaLARI VA o`smaSIMON TUZILMALARI
Kelib chiqadigan manbasiga ko’ra har xil. hiqildoqda ko’proq poliplar, papillomalar va yassi hujayrali rak uchraydi.
hiqildoq poliplari diametri 0,5 sm dan kamroq bo’ladigan yarim sferik tuzilmalar bo’lib, asosan chin ovoz boylamlari sohasidan
joy oladi. Mikro- skopik jihatdan olganda ular
odatdagi ko’p qavatli epiteliy bilan qoplangan, fibroz to’qimadan iborat. Polip ikkinchi ovoz boylamidan shikastlanadigan bo’lsa,
uning yuzasi yara bo’lib ketishi mumkin. Poliplar
odatda tamaki che- kadigan kashandalar yoki ashulachilarda kuzatiladi ("ashulachilar tugo`ncha- lari"), bu narsa poliplarning
paydo bo’lishida to’qimalar ta'sirlanishining ahamiyati
borligini ko’rsatadi. Polip stromasida (fibroz to’qimasida) mono- nuklear leykositlar uchraydi, tomirlar kengayib, qonga to’lib
turadiki, bu polipning tabiatan yallig`lanishiga
aloqador ekanligini qo’rsatadi.
hiqildoq papillomasi xavfsiz o’smalar jumlasiga kiradi va chin ovoz boylamlarining qoplagich epiteliysidan paydo bo’ladi.
Papillomalarning ikki turi tafovut qilinadi: qattiq va
yumshoq papillomalar. Yumshoq xili xuddi malina mevasiga o’xshab ketadigan to’q qizil rangli tuzilmadir. Qattiq papilloma
odatda mayda do’mboqchali qo’lrang-oqish tusli bo’ladi.
Papilloma diametri ahyon-ahyonda 1 sm dan katta keladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganda papilloma ko’p qavatli yassi
epiteliy bilan qoplangan bir talay barmoqsimon ingichka
o’simtalardan iborat bo’ladi. Ularning o’rtasida biriktiruvchi to’qima stromasi ko’zga tashlanadi. Epiteliy hujayralari odat- dagi
tuzilishga ega bo’lib, ularda anaplaziya belgilari
ko’rilmaydi.
Papilloma travmatik shikastga uchraganda yorilishi va epiteliysi keyinchalik regenerasiyaga uchrashi mumkin. Bundayhollarda
papilloma yassi hujayrali rakka o’xshab ko’zga tashlanishi
mumkin. Katta yoshli odamlarda papilloma odatda bitta, bolalarda esa ko’p sonli bo’ladi va ko’p qavatli yassi epiteliysining ancha
zo’r berib o’sib borishi bilan ajralib turadi. Bunday
holda papilloma tabiatan virusga aloqador deb hisoblanadi. Shu xildagi papillomalar hech qacqon malignizasiyalanmaydi va
o’smirlik davrida ko’pincha regressiyaga uchraydi.
hiqildoq raki ancha kam, asosan chekadigan 40-60 yashar erkaklarda uchraydi. hiqildoq raki etiologiyasida hiqildoq shilliq
pardasini mudom ta'sirlab turadigan ekzogen omillar,
masalan, tamaki tutini, asbest changi muhim ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan hiqildoq raki aksari Surunkali laringit,
keratoz, leykoplakiyalar bo’lgan mahalda boshlanadi. Rak
hiqildoqning har qanday qismida ham paydo bo’lishi mumkin, lekin aksari hiqildoqning boylam ustidagi bo’limida, goho
hiqildoq ovoz boylamlari sohasida paydo bo’ladi va bir qadar
sekin o’sib borishi kamdan-kam va kechki muddatlarda metastaz berishlari bilan ajralib turadi.
hiqildoq rakining gistologik tuzilishi har xil bo’ladi. 95 foiz hollarda u yassi hujayrali (mugo`zlanadigan va mugo`zlanmaydigan)
rakdir. Goho adenokarsinoma kuzatiladi. hiqildoq
raki oldiniga rivojlanib boradi, keyin esa zo’rayib, ko’pincha yaralanib ketadigan qo’lrang noma-sadafsimon pilakcha ko’rinishiga
kiradi. hiqildoq o’smasi juda har xil darajada
anaplaziyaga uchraydi.
Qay tariqa o’sib borishiga qarab hiqildoq rakining uchta asosiy turi tafovut qilinadi: ekzofit (yoki papillyar), endofit (yoki
infiltrativ-yarali) va aralash raq hiqildoq rakining
eng barvaqt ma'lum beradigan klinik simptomi ovozning xirillab qolishidir, o’sma kattalashib borgan sayin ovoz tobora ko’proq
xirillayveradi va yo’qolib ham qolaveradi (afoniya).
Og`riq, disfagiya bo’lishi mumkin, qon aralash balg`am tashlab yo’talishi, qon ketishi ham harakterlidir. Rakning yara bo’lib ketgan
joyiga ko’pincha infeksiya ham o’tadi. Vaqtida nur bilan
davo qilinadigan bo’lsa, bu kasallikning oqibati nisbatan xayrli. Kasalliklarni o’limga olib boradigan sabab nafas yo’llari distal
bo’limlarining infeksiyasi, hayot uchunmuhim
organlarda paydo bo’lgan metastazlar, kaxeksiyadir.
Nazofaringeal karsinoma kam uchraydigan o’smalardan bo’lib, Epshteyn- Barr virusi tufayli boshlanadi deb hisoblanadi. Bu
o’smaning uchta gisto- logik xili tasvirlangan: yassi hujayrali
mugo`zlanuvchi raq yassi hujayrali mugo`zlanmaydigan rak va tabaqalashmagan raq Shulardan so’nggisining genezi
Epshteyn-Barr viro`sig`a ko’proq bog`liq. Mikroskop bilan tekshirib
ko’rilganda bu o’sma aniq chegaralari bo’lmagan yirik yadroli, yirik epitelial hujayralardan iborat bo’lib chiqadi. o`smada talaygina
limfositlar ham topiladi. Shuning uchunbu o’smani
limfoepitelioma ham deyiladi.
o`PKA TOMIRLARI PATOLOGIYaSI
o`pka arteriyasi va tarmohujayralarining emboliyasi
o`pka arteriyasi va tarmohujayralarining emboliyasi juda ko’p hollarda odamning to’satdan o’lib qolishiga sabab bo’ladi. Ayni vaqtda
oyoq chuqur venalarining trombozida o’pka arteriyasining
asosiy tarmog`i hammadan ko’ra ko’proq okklyuziyaga uchraydi (tromboemboliya). Emboliyaning qanday oqibatlarga olib
borishi emboliyaning katta-kichikligiga, tiqilib qolgan tomirlarning
diametriga, umumiy qon aylanish bilan o’pkada qon aylanish holatiga bog`liqdir.
Yirik embollar odamda o’pka arteriyasi bilan bosh tarmog`i yoki bifur- kasiyasi tiqilib qolishiga sabab bo’ladi. Bundagipoksiya
yoki YURAK o’ng bo’lmasining birdan kengayib ketishi (o’tkir sog
pulmonum) tufayli odam to’satdan o’lib qoladi, shy bilan birga pulmonokoranar refleks natijasida ham. Bundayhollarda o’pkada
qanday bo’lmasin biror xildagi struktura
o’zgarishlarini topib bo’lmaydi.
Bir muncha mayda embollar periferik o’pka arteriyalari yo’liga tiqilib qoladi. Qon aylanishi izdan chiqmagan bo’lsa, o’pka bronxial
arteriyalardan qon bilan ta'minlanib turadi, shy
narsa o’pka parenximasini tirik holda saqlab qoladi. YURAK tomirlar sistemasi yetishmovchiligi sharoitlarida o’pka arteriyasi
tarmohujayralarining tiqilib qolishi (okklyuziyasi) o’pka
infarktiga olib boradi. o`pka infarkti shuning uchunham YURAK yetishmovchiligi bo’lgan keksa odamlarda ko’proq kuzatiladi.
Tabiatan gemorragik tusda bo’ladigan o’pka infarktida ishemik
nekroz alveolalar devorlari, bronxiolalar va mayda tomirlarga tarqaladi, holbuki qon quyilgan mahalda o’pkaning tuzilishi
saqlanib qoladi. Bundan tashqari, qon quyilgan joylar
infarktdan farq qilib, periferiya bo’ylab joylashishi shart emas. Infeksiyalangan embol mahalida septik infarkt boshlanib, o’pka
abssessiga aylanib ketadi.
o`pka arteriyasi va tarmohujayralari emboliyasining klinik ko’rinishlari har xil massiv o’pka emboliyasida (o’pka besh bo’lagidan
to’rttasining tomirlari tiqilib qolganida) odam to’satdan o’ladi.
o`pka bo’laklarining yirik arteriyalari tiqilib qolganida birdan og`riq turib, odamda hansirash boshlanadi va u hushidan ham ketib
qoladi. Bundaysindrom miokard infarkt uchunham
harakterlidir, shy munosabat bilan o’pka angioagrafiyasi yordamida differensial diagnostika o’tkazilishi zarur bo’ladi. Yoshi 50 dan
oshgan kasallar ko’pincha o’lib qoladi.
Embol parchalarga ajralib ketgan mahallarda (embol fragmentasiyasida) embol qismlari periferik tomonga surilib borib,
kichikroq infarktlarga sabab bo’lishi mumkin. Kasalga
fibrinolitik vositalar yuborilganda embol bir necha soat yoki kunlar davomida lizisga uchrashi mumkin. Fibrinoliz oxiriga yetmay
chala qolsa, embollar uyushib, intimada fibroz
pilakchalar hosil bo’ladi. Mayda embollar qanday bo’lmasin biror xildagi simptomatikaga olib bormasligi mumkin. Yoki ko’krak
qafasida og`riq turib, yo’tal to`tadi, o’pkaga qon quyilishi
tufayli gemoftiz boshlanadi. o`pka infarkti boshlanganida ko’krak qafasida og`riq turib, yo’tal, plevral og`rihujayralar, gemoftiz bo’lishi
harakterlidir, hansirash ham mumkin.
Kasallik klinikasi embollar soniga, YURAK-tomirlar sistemasi ahvoliga ham bog`liq. Ko’p sonli embollar o’pka gipertenziyasiga va
Surunkali shakldagi sor pulmonum ga sabab bo’lishi mumkin.
O`PKA GIPERTENZIYaSI
o`pka gipertenziyasi, ya'ni qon aylanish doirasida qon bosimining ko’tarilib ketishi birlamchi va ikkilamchi bo’lishi mumkin.
Birlamchisining etiologiyasi noma'lum, ikkilamchisi, turli
patologik jarayonlar tufayli boshlanadi. o`pka gipertenziyasi o’pka tomirlar skleroziga sabab bo’ladi.
o`pka tomirlari sklerozi ham birlamchi va ikkilamchi sklerozga bo’linadi. o`pka tomirlarining ikkilamchi sklerozi qon bosimiga
qarshilik kuchayganida yoki kichik qon aylanish doirasida
aylanib yurgan qon hajmi ko’payib ketganda kuzatiladi. Qon oqimiga qarshilik kuchayganida o’pka tomirlarida boshlanadigan
ikkilamchi skleroz quyidagi hollarda ko’riladi: 1) o’pkada
ko’p sonli embollar bo’lganida; 2) o’pkaning ko’p qismi rezeksiya qilinganida; 3) mitral stenozida; 4) o’pkaning vena-okklyuzion
kasalligida; 5) arteriyalar torayib qolganida (sklerodermiya,
Vegener granulyomatozida); 6) Surunkali gipoksiya va vazoqonstriksiyada (o’pkada Surunkali obstruktiv jarayonlari, Surunkali
interstisial pnevmoniya, pnevmoqonioz bo’lganida).
Aylanib yurgan qon hajmi ko’payib ketganiga aloqador ikkilamchi skleroz tug`ma YURAK nuqsonlari mahalida bo’lmalar orasidagi
to’siq nuqsoni, qorincha- lar orasidagi to’siq nuqsoni
bo’lganida, Fallo tetradasi, yirik tomirlar transpozisiyasida kuzatiladi.
o`pka tomirlari birlamchi sklerozining sabablari quyidagilardir:
-tomirlarni toraytiradigan neyrogumoral ta'sirlariga o’pka tomirlarining odatdan tashqari reaksiya ko’rsatishi;
-tomirlar devorida boshlangan ba'zi immunopatologik jarayonlar shakl- lari;
- tomirlarning mudom torayib turishiga sabab bo’ladigan moddalar ta'siri;
- aftidan, prostaglandinlar ishlanib chiqayotgani munosabati bilan uzoq davom etgan vazoqonstriksiyasi natijasida endoteliyning
zararlanishi.
Kichik qon aylanish doirasida xoh birlamchi, xoh ikkilamchi gipertenziya yuzaga kelganda o’pkaning butun tomirlar tarmog`i hattoki
kapillyarlar ham jarayonga qo’shilib ketadi. Lekin har xil
kalibrdagi tomirlarda ro’y beradigan struktura o’zgarishlari tabiatan har xil bo’ladi. o`pkaning asosiy arteriyasi va uning yirik
tarmohujayralarida xuddi katta qon aylanish doirasi
arteriyalarida bo’lganidek ateroskleroz yuzaga keladi. o`rtacha arteriyalarda intima qalinlashib, silliq musqo’l hujayralari
gipertrofiyalanadi. Mayda arteriyalar va arteriolalarda
bir muncha sezilarli struktura o’zgarishlari ro’y beradi: intimaning qalinlashuvi, tomir o’rta pardasining qalinlashuvi, ichki va tashqi
elastik membranalar reduplikasiyasi shular
jumlasidandir. Bu tomirlar devorining qalinlashib qolishi ularning yo’li torayib qolishiga olib keladi. Tomirlar devorining qay
darajada alterasiyaga uchrashi o’pka
arteriyalaridagi bosim miqdoriga bog`liqdir.
o`pka tomirlarining ikkilamchi sklerozi har qanday yoshda boshlanishi mumkin. holbuki, birlamchi skleroz yosh odamlarda, aksari
ayollarda boshlanadi. o`pka tomirlari ikkilamchi sklerozi
klinik ko’rinishlari shy sklerozga olib kelgan patologik jarayonning turiga bog`liqdir (YURAK yoki o’pka kasalliklari, Surunkali bronxit,
birlamchi emfizema, pnevmoqoniozlar,
bronxoektaziyalarga). o`pka tomirlarining birlamchi sklerozi uchunodamning salga charchab qoladigan bo’lishi, hushdan ketib
turishi, hansirashi harakterlidir, goho ko’krak qafasida ham
bo’ladi . Aksari nafas yetishmovchiligi, sianoz boshlanadi.
Kasallarni o’limga olib boradigan sabab sor pulmonum boshlanishi munosabati bilan o’ng YURAK yetishmasligidir.
ChAQALOHUJAYRALARDA UChRAYDIGAN RESPIRATOR
DISTRESS-SINDROM
Chaqalohujayralarda nafas yetishmay qolishining sabablari har xil, bular quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 1) homilador ayolning
haddan tashqari harakatsiz tarzda hayot kechirgani; 2)
tug`ruq mahalida kalla ichiga zarar yetgani; 3) qog`onoq suvlari yoki qon laxtalari aspirasiyasi tufayli nafas bo’g`ilishi, asfiksiya); 4)
kindikning homila bo’yniga o’ralib qolishi
natijasida ona qornida yuz beradigan homila gipoksiyasi; 5) o’pkaning rivojlanish nuqsonlari.
Biroq nafas yetishmovchiligining eng ko’p uchraydigan sababi respirator- distress sindromidir. Nafas yetishmovchiligi bola
tug`ilgan zahoti ma'lum bo’ladigan boshqa turlardan farq
qilib, respirator distress-sindromda o’tkir nafas yetishmovchiligiga xos belgilar, bola tug`ilganidan keyin bir necha minut yoki hatto
soat o’tgach paydo bo’ladi. Nafas yetishmovchiligi
zo’rayib boraveradi va zarur choralar ko’rilmaydigan bo’lsa, o’limga olib boradi.
Respirator distress-sindrom aksari oy-kuni yetmasdan, 2500 grammdan kam og`irlikda, ayniqsa 1000-1500 gramm og`irlikda
tug`ilgan bolalarda ko’proq kuzatiladi. Respirator
distress-sindrom xavfini tug`diradigan boshqa omillar jumlasiga onadagi diabet kasalligi, alveolalar epiteliysi tabaqalanishining
kechiqishi, tug`ruq faoliyati boshlanmasdan turib
ona qornini yorib bolani olish (Keser kesish), prenatal asfiksiya kiradi. Respirator distress-sindrom o’g`il bolalarda ko’proq
kuzatiladi.
Patologik anatomiyasi. o`pka havosiz bo’lib ko’zga tashlanadi, paypaslab ko’rilganida qattiq, og`ir, rangi qizil, ola-bula bo’ladi.
Bola o’lgan zahoti murdasi yorib ko’riladigan bo’lsa, o’pkasi
bir qadar g`ovakroq bo’ladi. Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida o’pkaning zararlangan joylarida atelektazlar va emfizemaga
xos tarzda shishib ketgan respirator bronxiolalar va
alveolalar topiladi. Kapillyarlarda qon dimlanib turib qolgani ko’zga tashlanadi. Biroq, eng harakterli morfologik belgi atelektaz
bor joylarda ham, o’pka shishib turgan joylarda
ham gialin membranalar bo’lishidir. Gialin membranalar ba'zi hollarda o’pka respirator yo’llarning devorlariga taqalib turgan
halqalar yoki to’siq ko’rinishidagi yupqa eozinofil
amorf massalar holida uchraydi. Boshqa hollarda ular alveolalar bo’shlig`ini to’ldirib turadi. Gialin membranalarda alveolyar
epiteliyning nekrozga uchragan hujayralar va amnionga
aloqador yakka-yakka tangachali hujayralar topiladi. o`pkaning respirator yo’llari eritrositlar aralashgan shish suyuhujayraligi bilan to’lib
turadi. Interstisiyga qon quyilgan bo’lishi ham
mumkin.
Gialin membranalar hosil bo’lishida uch bosqich tafovut qilinadi. Alveolalar bo’shlig`i periferiyasi tarkibida fibrin bo’ladigan shish
suyuhujayraligining to’planib borishi shy membranalar
hosil bo’lishining birinchi bosqichidir. Ikkinchi bosqichida ko’chib to`shgan hujayralar aralashgan yumshoq donador yoki fibrillyar
eozinofil material hosil bo’lib, keyin u zichlashadi va
Dostları ilə paylaş: |