har-xil sinonimlarini uchratish mumkin: "Shokdan
zararlangan o’pka", "travmatik ho’l o’pka", "o’pka alveolalarining Diffuz zararlanishi" va boshqalar shular jumlasidandir.
Etiologiyasi va patogenezi. Kattalarda uchraydigan respirator distress- sindromning patogenezi ham, xuddi etiologiyasi singari,
oxirigacha aniqlangan emas, har xil nuqtai nazarlar
orasidan uchta faraz ko’proq diqqatga sazovordir.
Birinchi farazga muvofiq, respirator distress-sindrom boshlanishida o’pkada neytrofillarning to’planib borishi muhim ahamiyatga
egadir, infeksion jarayonlarda, vazoqonstriksiya
mahalida va komplement faollash- ganida shunday hodisa kuzatiladi. Leykositlar agregasiyalanganida proteaza- lar, kininlar
ajralib chiqib, bular ham tomirlar o’tkazuvchanligining
kuchayishiga olib boradi. Araxidonat kislota metabolitlari paydo bo’lgan mahalda ham tomirlar o’tkazuvchanligi kuchayadi.
Tomirlar o’tkazuvchanligining kuchayishi pirovardida
interstisial va alveolyar shish paydo bo’lib, gialin membranalari yuzaga kelishiga olib boradi.
Ikkinchi farazga muvofiq, respirator distress-sindromning bosh- lanishida makrofaglar, trombositlar va o’pka tomirlari
endoteliysidan aj- ralib chiqadigan araxidonat kislota
metabolitlari - prostaglandinlar, tromboksan, leykotrienlar muhim ahamiyatga ega. Ular o’pka tomirlari torayib, o’tkazuvchanligining
kuchayishiga olib boradi va neytrofillar agre-
gasiyasini kuchaytiradi. Makrofaglar, trombositlar va neytrofillardan mediatorlarning takror ajralib chiqishi o’pkaning yanada
ko’proq zararlanishiga olib keladi.
Respirator distress-sindromi boshlanishida koagulyasiya va fibrinoliz ham muhim rolni o’ynaydi, DVS sindrom, trombopenik
purpura, o’pka qontuziyasi, endotoksemiyada shunday hodisa
kuzatiladi.
Patologik anatomiyasi. Respirator distress-sindromda o’pka vazni og`irlashib, to’q qizil rangga kiradi, ko’pincha go’shtdek zich
bo’lib turadi, unda atelektaz o’chohujayralari ko’zga tashlanadi.
Mikroskopik o’zgarishlar kapillyarlarga qon to’lib dimlanib qolishi, alveolalar orasidagi to’sihujayralarda interstisial shish paydo bo’lishi,
I tipdagi pnevmositlar va endotelial
hujayralarning zararlanishidan boshlanadi. Jarayon zo’rayib borganida oqsilga boy shish suyuhujayraligi alveolalar bo’shlig`iga sizib
o’tadi. Alveolalardagi suyuhujayralikda ko’pincha
eritrositlar, neytrofillar va makrofaglar topiladi. Fibrinogen to’planib, koagulyasiyaga uchrashi va shy bilan bir vaqtda q
detriti hosil bo’lishi gialin membranalar paydo
bo’lishiga olib keladi, ular alveola to’sihujayralari bo’ylab joylashadi. Bu o’zgarishlar tabiatan qaytardir, lekin ja- rayon Surunkali tarzda
o’tadigan bo’lsa, II tipdagi pnevmositlar
proliferasiyasi boshlanadi, intraseptal shish paydo bo’ladi. Alveolalar de- vorlari fibrozlanadi, bu narsa pirovardida fibrozlovchi
interstisial pnev- monit boshlanishiga olib
keladi. Ba'zan bronxopnevmoniya ham qo’shilib, o’limga sabab bo’lishi mumkin.
Bu sindromning o’tkir davrida alveolalarning shish suyuhujayraligi to’lib borishi gipoksemiyaga olib keladi. Agar bemor shy davrda
omon qolsa keyinchalik unda interstisial fibroz va sor
pulmonall boshlanadi, bu narsa o’limga sabab bo’lishi mumkin.
Idiopatik o’pka fibrozi
Idiopatik o’pka fibrozi (Hammen-Rich sindromi, Surunkali interstisial pnevmonit, tarqoq yoki kriptogen fibrozlovchi alveolit) ko’proq
30-60 yashar erkaklarda paydo bo’ladi. Dastlabki
alomatlarining biri hansirash, boshdan kechirilgan virus infeksiyasining oqibati o’laroq yo’talib turishdir. Ka- sallik bexatar o’tishi
mumkin, lekin ko’pincha zo’rayib borib, boshlangan
paytidan hisoblaganda 3-5 yildan keyin o’limga olib borishi mumkin.
Kasallikning etiologiyasi noma'lum. Gistologik jihatdan olganda Ham- men-Rich sindromi tarqoq interstisial fibroz bilan
ta'riflanadi, bu narsa zo’rayib boradigan bo’lsa,
kasallarda sezilarli gipoksiya va sianoz boshlanadi.
Kasallik alveolalar devorlari zararlanib, interstisial shish paydo bo’lishi va yallig`lanish hujayralarining to’planib qolishidan
boshlanadi. So’ngra fibroblastlar
proliferasiyalanib, alveolalar to’sihujayralarida fibroz kuchayib boradi-da, alveolalar bo’shlig`ida ekssudat to’planaveradi.
Idiopatik o’pka fibrozining paydo bo’lish mexanizmida immo`n kompleks- larning ahamiyati bor, kasallarning qonida immo`n
komplekslar, alveolalar devorlarida G immunoglobulin
depozitlari topilishi va alveolalar devor- larining immo`n yallig`lanish hujayralari bilan infiltrlanishi shundan da- rak beradi.
Makrofaglar ham ma'lum rolni o’ynaydi, ular
eruvchan mediatorlarni ajratib chiqarib, fibroblastlar proliferasiyasini ku- chaytiradi, alveolalar epiteliysi va biriktiruvchi to’qimani
zararlaydigan neytrofillarning faol
holga o’tishini yengillashtiradi.
Patologik anatomiyasi. Eng ertangi morfologik o’zgarishlar jumlasiga alveolalar devorlarining har joy-har joyda shishib,
qalinlashib qolishi, ularga makrofaglar, neytrofillar va
biroz miqdor limfositlar infiltrlanishi kiradi. Jarayon zo’rayib borganida birinchi tartib pnev- mositlari regressiyaga uchrab o’rniga
alveolyar epiteliyning
proliferasiyalanadigan ikkinchi tartib hujayralari paydo bo’ladi. Shu bilan bir vaqtda interstisial shish suyuhujayraligi fibroblastlar, silliq
musqo’l hujay- ralari va
miofibroblastlarga singib boradi, kollagen tolalari, asosan birinchi tartibdagi tolalar paydo bo’ladi. Alveolalarning to’sihujayralaridagi
fibroz kuchaya boshlaydi va kapillyarlar
puchchayib qoladi. Fibrozlovchi jarayon nafas yo’llarining devorlari va arteriyalarga o’tadi. Mana shu struktura o’zgarishlarining
hammasi o’pkaning nafasda ishtirok etadigan sathini ka-
maytiradi, tomirlar qarshiligini kuchaytirib, o’pkada qon aylanishini qiyinlashtirib qo’yadi. o`pka elastikligini yuqotib, zich bo’lib
qoladi. Kamdan-kam hollarda interstisial
pnevmonit alveolalar bo’shlig`ida bir talay alveolyar makrofaglar to’planib qolishi bilan birga davom etib boradi. Idiopatik o’pka
fibrozining bu xili deskvamativ interstisial
pnevmonit deb yuritiladi.
Idiopatik o’pka fibrozi zo’rayib boradigan bo’lsa, o’pkaning nafas funksiyasini susaytirib qo’yadi. Bundahansirash, gipoksiya
kuchayib boraveradi. Idiopatik o’pka fibrozi bilan og`rigan
kasallarda miokard infarktlari, o’pka arteriyasi emboliyasi va bronxogen rak ko’proq kuzatiladi.
o`PKANING INFEKSION KASALLIKLARI
Nafas organlari patologiyasida odamning o’limiga hammadan ko’ra ko’proq sabab bo’ladigan yallig`lanish jarayoni katta o’rinda
turadi. Bularning etiologiyasi har xil, o’pka infeksion
kasalliklarining sabablari zambu- rug`lar, viruslar, bakteriyalar bo’lishi mumkin. Bular patogen mikroor- ganizmlar ham, shartli
patogen mikroorganizmlar ham bo’lishi va har xil tipdagi
yallig`lanish reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, bakteriyalar ekssudativ yallig`lanish boshlanib, alveolalar
bo’shlig`ida ekssudat to’planib qolishiga sabab bo’ladi.
Zararlangan to’qimaning olgan joyi va hajmiga qarab, bu illatlar o’chohujayrali bronxopnevmoniya, segmentar yoki lobar
pnevmoniyalar tusida bo’lishi mumkin. Bakteriyalarga qarshi o’laroq
viruslar va mikoplazma proliferativ interstisial yallig`lanishni keltirib chiqaradi. Virusga aloqador pnevmoniyalar odatda
kamdan-kam hollarda o’limga o’lib bo- radi, biroq
kasallik ustiga bakterial infeksiya qo’shiladigan bo’lsa, o’lim hollari ko’payadi. o`pkaning infeksion kasalliklari birlamchi yoki
ikkilamchi tartibdagi immo`nitet tanqisligi bo’lgan
mahallarda ayniqsa og`ir o’tadi. Chu- nonchi, OITS bilan og`rigan kasallar va ko’chirib o’tqazilgan buyrak resipientlarida
pnevmoniyaning eng og`ir xillari - pnevmosistaga, sitomega-
loviruslarga aloqador pnevmoniyalar boshlanadi. o`pkaning qancha joyi va qan- day mexanizmga ko’ra zararlanganiga qarab,
lobar (krupoz) va o’chohujayrali pnevmoniyalar (bronxopnevmoniya)
tafovut qilinadi.
Krupoz pnevmoniya
Krupoz (lobar) pnevmoniya, ya'ni zotiljam o’tkir infeksion kasallik bo’lib, unda o’pkaning bitta yoki bir nechta bo’lagi, plevra dardga
chalinadi va ularda fibrinoz yallig`lanish avj olib
boradi.
Etiologiyasi. Krupoz pnevmoniya qo’zg`atuvchisi pnevmokokklar (aksari 1, 2, 3, 7 tiplari), kdebsiella, streptokokq ko’k-yiring, ichak
tayoqchasi, stafilo- kokklar va boshqalardan iborat
bo’lishi mumkin.
Patologik anatomiyasi. Krupoz pnevmoniyada ko’riladigan morfologik o’zgarishlarning to’rtta bosqichi tasvirlangan: l) qon quyilib
kelish bosqichi, 2) qizil jigarlanish (qizil
gepatizasiya) bosqichi, 3) qo’lrang jigarlanish (qo’lrang gepatizasiya) bosqichi, 4) barham topish bosqichi.
Qon quyilib keladigan bosqichi keskin ifodalangan giperemiya boshlanib, alveolalar bo’shlig`ida seroz ekssudat paydo bo’lishi
bilan ta'riflanadi. Kasallangan o’pka bo’lagi zichlashib,
og`ir bo’lib qoladi. Kesib ko’rilganida qonga to’lib ketgan bo’ladi. Alveolalarda shish suyuhujayraligi, yakkam-dukkam neyt- rofillar, bir
talay mikroblar topiladi, chunki bu davrga
bakteriyalarning tez ko’payib borishi xosdir. o`pka tuzilishi odatdagicha bo’ladi.
Qizil jigarlanish bosqichida alveolalar bo’shlig`ida fibrinoz-yiringli ekssudat hosil bo’ladi. Alveolalar bo’shlig`i fibringa, zo’r berib
diapedez yo’li bilan sizilib chiqqan
neytrofillar va eritrositlarga to’lib turadi (40-rasm). Fibrin iplari Qon teshiklari orqali bir alveoladan boshqasiga o’tishi mumkin,
shuning natijasida o’pka to’qimasining
arxitektonikasi bo`ziladi. o`pka to’qimasi xuddi jigardek zich bo’lib turadi, "jigarlanish", "gepatizasiya" degan nom shundan kelib
chiqqan. o`pka og`ir tortib qoladi, kesib qaralganida
oq-qizil rangda bo’ladi (41-rasm). Kasallikning bu bosqichi uchunfibrinoz yoki fibrinoz-yiringli plevrit boshlanishi harakterlidir.
Qo’lrang jigarlanish bosqichi leykositlar va eritrositlarning zo’r berib yemirilib borishi bilan farq qiladi. Alveolalar bo’shlig`ida fibrin
to’planib borishi davom etadi, bu fibrin
amorf parchalar ko’rinishida bo’ladi, shy parchalar qisqarib, alveolalar devori bo’ylab joylashgan och tusli zona hosil qiladi. o`pka
to’qimasi quruq, zich, og`ir bo’ladi. Plevrada
fibrinoz karashlar ancha ko’payadi. Kesib ko’rilganida o’pka qo’lrang tusda bo’lib ko’zga tashlanadi, donador bo’ladigan yuzasidan
loyqa suyuhujayralik oqib to`shib turadi.
Kasallikning barham topish bosqichi asoratlar bo’lmagan mahallarda ku- zatiladi. Bu davrda neytrofil leykositlarning proteolitik
fermentlari ta'siri ostida fibrinoz ekssudat
irib, so’rilib ketadi va yo’tal mahalida balg`am bo’lib to`shadi. o`pka bir qadar nam bo’lib turadi. Yallig`lanish ekssu- datining so’rilishi
plevrada ham ko’riladi. Ekssudat chala so’rilganida
plevra- da fibrinoz qalinlashmalar yuzaga keladi yoki bitishmalar paydo bo’ladi.
Krupoz pnevmoniya bir tomonlama yoki ikki tomonlama bo’lishi mumkin. Pnevmokokkli pnevmoniyada o’pkaning bir yoki ikki
tomondagi pastki bo’laklari dardga chalinadi. Kdebsiella tufayli
boshlangan pnevmoniyada yallig`lanish faqat o’ng o’pkada kuzatiladi, aksari ustki bo’laklarning orqa segmentlari zararlanadi.
Yallig`lanish lobulyar jarayon sifatida boshlanadi-yu, keyin
o’pkaning butun bo’lagiga o’tib ketadi.
Pnevmoniyaning hamma asoratlarini to’rt guruhga bo’lish mumkin: 1) o’pkada destruktiv jarayonlar usto`n turgan mahalda o’pka
abssessi yoki gangrenasi boshlanishi; 2) plevra bo’shlig`ida yiring
to’planib borishi - plevra empiemasi bo’lishi; 3) ekssudat qotib, o’pka parenximasida fibroz to’qima hosil bo’lishi. Buning natijasida
o’pka havosiz, xuddi go’shtdek bo’ladigan zich to’qimaga
aylanib qoladi - o’pka karnifikasiyasi boshlanadi; 4) bak- teriyalarning tarqab ketishi, bundameningit, meningoensefalit, artrit yoki
infeksion endokardit boshlanishi mumkin.
Klinik manzarasi. Lobar pnevmoniya har qanday yoshda boshlanishi mumkin. Kasallik odatda to’satdan boshlanadi, darmon
qurib, harorat ko’tarilishi va odamning titrab qaqshab turishi
harakterlidir. Yo’tal boshlanadi. Yo’tal av- valiga quruq bo’ladi yoki yo’tal mahalida biroz suyuq balg`am to`shadi. Qizil jigarlanish
davrida balg`am bir muncha quyuq tortib, tabiatan
yiringli yoki gemorragik bo’lib qoladi. Plevrit boshlanganida ko’krak qafasida og`riq turadi, ausqo’ltasiya paytida plevraning
ishqalanish shovqini eshitiladi. Pnevmokokk tufayli
paydo bo’lgan va aksari 30-50 yashar kishilarda kuzatiladigan pnevmoniyada meningit, artrit, infeksion endokardit singari
asoratlar uchrashi mumkin. Kasallik ba'zan batamom barham
topmay, empiema yuzaga kelishi ham mumkin, kamroq hollarda abssesslar paydo bo’ladi.
Kdebsiella tufayli boshlanadigan pnevmoniya aksari zaiflashib qolgan kishilarda, ayniqsa ichkilikvoz odamlarda uchraydi. Bu
ham klinik jihatdan pnevmokokkli pnevmoniya singari
o’tadi. Lekin balg`am eng boshdanoq quyuq, jelatinaga o’xshagan bo’ladi, shy munosabat bilan bemorlar yo’tal bilan o`ni chiqarib
tashlashga qiynaladi. Pnevmoniyaning bu xili o’limga ko’proq
sabab bo’ladi. Yallig`lanish jarayonining butunlay so’rilib ketishi kamdan-kam ku- zatiladi. Ko’pincha abssesslar, bronxoektazlar va
pnevmosklerozga uchragan joylar paydo bo’ladi.
Bronxopnevmoniya
Bronxopnevmoniya (o’chohujayrali pnevmoniya) odatda bronxlar zararlanishidan keyin boshlanadi. Mustaqil kasallik sifatida
infeksiyaga ko’proq moyil bo’lgan bolalarda, yoshi qaytib qolgan
kishilarda, shuningdek zaiflashib qolgan bemorlarda kuzatiladi. Katta yoshli odamlarda o’chohujayrali pnevmoniya gripp, Surunkali
bronxit, alkogolizm, rak ustiga qo’shiladi. YURAK
etishmovchiligi bo’lgan kasallarda, shuningdek immunosupresslarni uzoq vaqt ishlatib kelgan odamlar bronxopnevmoniyalarga
ancha moyil bo’lib qoladi.
Etiologiyasi. Bronxopnevmoniyalarning qo’zg`atuvchilari aksari stafilokokq streptokokk va proteydir. Bizdagi ma'lumotlarga
qaraganda so’nggi o’n yillar davomida kasallik
qo’zg`atuvchisi sifatida enterobakteriyalar ham ajratib olingan. Yo’tal refleksini qaytarish mahalida qayt qilish tufayli me'da
suyuhujayraligining nafas yo’llariga to`shib qolishi
natijasida boshlanadigan pnevmoniyalar alohida bir guruhni tashkil etadi. Bundayaspirasion pnev- moniyalarning boshlanishida
nafas yo’llarining kimyoviy moddalardan ta'sirlanishi,
shuningdek og`iz bo’shlig`ida yashaydigan mikroorganizmlar etiologik rolni o’ynaydi.
Patologik anatomiyasi. Bronxopnevmoniya uchuno’pkaning bir yoki bir necha bo’lagida bir talay yallig`lanish o’chohujayralari paydo
bo’lishi xuddi o’ziga xoc, ya'ni patognomonik belgi bo’lib
hisoblanadi. Bronxopnevmoniya aksari tabiatan ikki tomonlama bo’ladi va o’pkaning pastki bo’laklarida boshlanadi.
Bronxopnevmoniya albatta bronxit va bronxiolit bilan birgalikda
davom etib boradi.
Yallig`lanish o’chohujayralari kesib ko’rilganida qo’lrang-qizil rangda bo’lishi bilan farq qiladi, o’pka to’qimasidan sal ko’tarili, turadi. Aniq
chegaralarsiz, katta-kichik bo’ladi. Bularning
diametri 3 sm dan 4 sm gacha boradi. Ba'zan ular bir-biriga qo’shilib ketgan bo’ladi. Bundayhollarda bronxopnevmoniya lobar
pnevmoniyaga o’xshab ko’rinadi. Bronxopnevmoniyada abssesslar
paydo bo’lishi mumkin. Yallig`lanish foko`sig`a bevosita taqalib turgan o’pka pnevmoniyasida giperemiya, shish borligi ko’zga
tashlanadi, o’pka to’qimasining yallig`lanish o’chog`idan tashqaridagi
parenximasi zararlanmagan, intakt bo’ladi. Fibrinoz yoki yiringli plevrit kamdan-kam hollarda, shy bilan birga faqat yallig`lanish
fokusi subplevral tarzda bo’lgan paytlardagina
uchraydi. Bronxopnevmoniyada yallig`lanish jarayoni batamom so’rilib ketishi yoki o’zidan keyin o’chohujayrali fibroz qoldirilishi mumkin.
Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida bronxlar, bronxiolalarning yo’llarida va yaqin atrofdagi alveolalarda yiringli ekssudat
topiladi, bu ekssudatda juda ko’p neytrofillar va
biroz miqdor fibrin bo’ladi. Bir qancha hollarda seroz yoki kataral bronxit yoki bronxiolit boshlanadi. Bundashilliq parda qonga
to’lib, bo’rtib turadi. Qonga to’lgan prizmatik
epiteliy ko’chib to`sha boshlaydi, bu narsa bronxial daraxtning mukosiliar yo’l bilan tozalanib turish mexanizmi buzilishiga olib
keladi. Bronxlar devori shishib, ularda hujayrali
infiltrasiya paydo bo’lishi bronxlarning drenaj funksiyasini izdan chiqaradi. Abssess paydo bo’lganida o’pka to’qimasi butunlay
yemirilib ketadi. Ichak tayoqchasi tufayli paydo bo’lgan
bronxopnevmoniyada chaqaloq bolalarda, goho kattalarda ham interstisial yallig`lanish reaksiyasi boshlanishi mumkin.
Klinik manzarasi. Bronxopnevmoniya odamning umumiy ahvoli yomonlashib borishi bilan asta-sekin boshlanadi. Tana harorati
odatda ozgina ko’tariladi, yo’tal mahalida yiring to`shib
turadi. Nafas yetishmovchiligi odatda o`ncha ko’p bilinmaydi. Asoratlari aksari pnevmokokk pnevmoniyasi mahalida ku- zatiladi.
Yallig`lanish fokuslari karnifikasiyaga uchrashi yoki
yiringlab abssess hosil qilishi mumkin. Plevritlar kamroq uchraydi.
Pnevmosistali pnevmoniya
Pnevmosistali pnevmoniya opporto`nistik infeksiyalar qatoriga kiradi va odatda zaiflashib qolgan kasallarda, OITS bilan og`rigan
kishilarda yoki boshqa turlaridagi immo`nitet
tanqisligi bo’lgan kishilarda boshlanadi. Tabiatan o’chohujayrali tarzda bo’ladi, lekin infeksiyalarga moyil bemorlarda kasallik tezgina
o’pka parenximasining hammasiga o’tib, respirator
distress-sindromga sabab bo’lishi mumkin.
Mikroskop bilan tekshirib ko’rilganida yallig`lanish boshlangan joydagi alveolalarda eozinofilli bir talay ko’piksimon massalarga
to’lib turadi, bular oqsilga boy bo’lib, bularda
sistalar topiladi. Alveolalarning to’sihujayralari qalinlashgan, shishgan va mononuklear hujayralar bilan infiltrlangan bo’ladi.
Pnevmosistali pnevmoniya juda ko’p hollarda o’limga
sabab bo’ladi.
Virusli va mikoplazmali pnevmoniyalar
Bakterial pnevmoniyalardan farq qilib, virusli va mikoplazmali pnev- moniyalarda yallig`lanish jarayoni alveolyar to’sihujayralar va
o’pka parenximasining interstisiyida bo’ladi.
Alveolalar bo’shlig`ida ekssudat to’planib qolishi bilan birga o’tuvchi ekssudativ yallig`lanish bo’lmasligiga ko’ra pnevmoniyaning bu
xili birlamchi atipik pnevmoniya deb ham yuritiladi.
Mikoplazmali pnevmoniya asosan bolalar va yoshlarda ko’riladi, tabiatan sporadik bo’ladi va aksari bahorda yoki yozning
oxirlarida boshlanadi. Bolalar bog`chalari, maktablar,
institutlar, harbiy lagerlarda bu infeksiyaning chek- langan epidemiyalari boshlanib qolishi mumkin. Mikoplazmali interstisial
pnevmoniyaning qo’zg`atuvchisi ko’p hollarda mikoplazma
(Mycoplasma pneumonia) dir.
Pastki respirator yo’llarning virusli infeksiyasi har qanday yoshdagi odamlarda kuzatiladi va A, V, S guruhlariga mansub viruslar,
aksari RS-virus tufayli paydo bo’ladi. Virusli
pnevmoniyaga kamroq hollarda paragripp viruslari ham sabab bo’lishi mumkin. Virus infeksiyasi odamning bakterial infeksiyaga
moyilligini kuchaytirishini ta'kidlab o’tish kerak
Mikst-infeksiya tufayli paydo bo’ladigan bundaypnevmoniyalar 20-30 foiz hollarda o’limga olib boradi, bu neytrofillar bilan
makrofaglarning bakterisidlik xossasi susayib
ketishiga bog`liq deb taxmin qilinadi. Bizning ma'lumot- larimizga qaraganda virusli-bakterial pnevmoniyalar 33,65 foiz kasal-
larning o’limiga sabab bo’ladi.
Patologik anatomiyasi. Interstisial pnevmoniya morfologiyasi, uning etiologiyasidan qat'iy nazar, bir xil bo’ladi. Jarayon tabiatan
o’chohujayrali tucda bo’lishi yoki bir tomonlama yo bo’lmasa
ikki tomonlama lobar pnevmoniyalar ko’rinishida o’tishi mumkin. o`pkaning zararlangan qismlari qon dimlanishiga xos hodisalar
borligi, rangining qizg`ish bo’lib qolgani bilan ajralib
turadi. o`pka og`irligi bir qadar ortib, 800 gr ga o’tib qoladi. o`pka to’qimasi kesib ko’rilganida ozgina ekssudat oqib to`shadi.
Mikroskopik tekshirishda yallig`lanish reaksiyasi alveolalar
devorlari atroflarida kuzatiladi. Alveolalarning bo’shlig`i ekssudatdan xalos bo’ladiyu, lekin ularda biroz miqdor oqsilli suyuhujayralik va
yakkam-dukkam mononuklear hujayralar bo’lishi
mumkin. Alveolalarning to’sihujayralari qalinlashib, shishib turadi va limfositlar, gistiositlar hamda plazmositlar bilan infiltrlangan bo’ladi.
o`tkir hollarda neytrofillar ham
paydo bo’lishi mumkin. Alveolalar to’sihujayralari sezilarli darajada alterasiyaga uchraganida shy to’sihujayralar orqali fibrin sizib chiqishi
ba'zan pushti rangli gialin membranalar hosil
bo’lishiga olib keladi (42-rasm). Ular alveolalarning devori bo’ylab joy- lashgan bo’ladi. Yashindek tez o’tadigan grippoz
pnevmoniya hollarida alveola- lar devorlari nekrozga uchrab,
alveolyar kapillyarlarda fibrin tromblari paydo bo’lishi mumkin. Interstisial pnevmoniyaning yengil xillarida jarayon tabiatan qaytar
bo’ladi va o’pka tuzilishi odatdagi holga kelib
qoladi.
Klinik manzarasi. Interstisial pnevmoniyalarning qo’zg`atuvchisi bir xil bo’lganda ham, klinik o’tishi har xil. Atipik pnevmoniya aksari
yuqori nafas yo’llarining o’tkir respirator
virusli infeksiyasi tarzida o’tadi va o`nga diagnoz qo’yilmaydi. Biroq, bir qancha hollarda bu pnevmoniya tabiatan yashindek tez
o’tadigan tusga kirib, 48 soat davomida o’limga olib boradi.
Kasallikning boshida simptomlari spesifik bo’lmaydi va tana harorati biroz ko’tarilib, bosh og`riydi, odam lanj bo’lib turadi. Balg`am
tashlamasdan quruq yo’talish tipikdir. Fizikal
o’zgarishlar juda oz bo’ladi. Gialin membrana- lari paydo bo’lib qolgan mahalda respirator distress-sindrom boshlanishi mumkin.
Asorat bermagan mikoplazma va virusli pnevmoniyalarning o q i b a t i xayrli. Odatda odam butunlay sog`ayib ketadi. Bakterial
infeksiya qo’shilgan mahallarda jiddiy asoratlar yuzaga
keladi.
o`pka abssessi
o`pka abssessi o’pka parenximasining nekrozi bilan birga davom etib bo- radigan va o’chohujayrali bo’ladigan yiringli yallig`lanishdir.
Buning natijasida irib yiringlagan massadan iborat
fokus hosil bo’ladi.
Abssesslar paydo bo’lishining sababi asosan tillarang stafilokokq beta- gemolitik streptokokq pnevmokokkdir. Aralash infeksiya
va anaerob bakteriyalarning ahamiyati ham bor.
Bularning orasida odamning og`iz bo’shlig`ida yashaydigan kommensal mikroorganizmlar kattagina rolni o’ynaydi. o`pka
abssesslari paydo bo’lish mexanizmida quyidagi omillar ahamiyatga
ega:
1) masalan, karioz tishlar, bodomcha bezlarni olib tashlash mahalida, infeksiya tekkan materialning havo yo’llariga to`shib qolishi.
Odam odatda komatoz holatga to`shib qolganida,
alkogoldan zaharlanganida qayt qilib yuborishi natijasida oshqozon suyuhujayraligining nafas yo’llariga to`shib qolishi ham abssess
paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin. Bundayhodisa
zaiflashib qolgan kasallarda yoki odam yo’tal refleksini bosib turgan paytlarda ham kuzatilishi mumkin;
Dostları ilə paylaş: |