Қорин чурралари


Chov retsidiv churralari. (



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#47420
növüРеферат
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Chov retsidiv churralari. (heznia inguinalis recidiva). 

Chov churralarning retsidivi hozirgi gerniologiya fanining muhim muammolaridan hisoblanadi. 

Bizning  kuzatuvimiz  va  adabiyotlardagi  ma‟lumotlarga  asoslanib  har  9-10  churra  bilan  operatsiya 

qilingan  bemorlarda  retsidiv  kuzatilmokda.  Ayrim  holatlarda  chov  churrasini  operatsiya  qilishdan 

keyin 2marta –  hatto  3  marta  retsidiv  berganligi  kuzatiladi.  Bu  o`ta  og'ir    chov  churralari –  bo‟lib, 

ularni  davolashda  xirurgdan  juda  katta  mas‟uliyat  va  mahorat  talab  qiladi.  Chov  churralarining 

retsidivi bo‟lishida har xil sabablar ko‟p: 

1. 


Operatsiyagacha bo‟lgan sabablar . 

2. 


Operatsiyaning xiliga va uni bajarishdagi texnik usullariga. 

3. 


Operatsiyadan keyingi davrdagi sabablar. 

1. 


Birinchi guruh sabablarga A) chov sohasida deyarli katta o'zgarishlar bo‟lganiga qaramay  

operatsiyaning kech qilinishi. Xirurgiyaning postuldatlaridan biri. 

Churra  kancha  uzoq  davom  etsa,  shuncha  chov  kanalida  morfologik  o'zgarishlar  chuqur 

bo‟ladi. Albatta bunday churralarda retsidiv ko‟p bo‟ladi. 

    B)    ikkinchi  bemorning  yoshi.  Ayniqsa  qari  yoshdagi  bemorlarda    chov  sohasidagi 

to‟qimalarda degenerativ o'zgarishlar ko‟p retsidiv bo‟lishiga olib keladi. 

     S) Churra bilan yurgan bemorlarda surunkali kasalliklar (prostata bezi gipertrofiyasi, siydik 

yullari strikturasi, surunkali qabziyat, surunkali bronxit, o'pka empiyemasi va xokazolar)ning paydo 

bo‟lishi. 

      D)  Operatsiyadan  oldingi  davrda  bemorlarni  yaxshi  tekshirmaslik,  har  xil  infeksion  

kasalliklar, surunkali tonzillit, yiringli kasalliklar bilan sanatsiya qilmasdan operatsiya qilish. 

     2. Ikkinchi  guruh retsidivlar sababiga: 

     A.  Operatsiya  usulini  churra  hosil  bo'lishdagi  patogenetik  sharoitlarni  hisobga  olmay, 

noto‟g‟ri  tanlash.  Masalan  to‟g‟ri  va  retsidivli  chov  churralarida  chov  kanalining  oldingi  devorini 

mahkamlash, kengaygan chov kanali teshigini va chov oraligi yuqoriligini hisobga olmaslik. 

       B.  Operativ  texnikadagi    qo‟pol  defektlar:  yaxshi  gemostaz  qilmaslik,  churra  xaltasini 

cho`ltog`ini uzun qoldirish, boshqa  churralarni ko`rmasdan qoldirish, iplarning sitilishi, to‟qimalarni 

yaxshi tikmaslik, tomirlar va nervlarning jaroxati. 

Alloplastik qilinganda yuqori to‟qimalar reaksiyasini beradigan plastik materiallar ishlatilishi. 



 

 

       3.Uchinchi  guruh  retsidiv  sabablari  bo‟lib    operatsiya  yarasining  yiringlashi,  bemorlarda  



yarada yaxshi chandiq hosil bo'lmasdan yuklama berish, operatsiyadan keyingi davrda og'ir jismoniy 

mehnat qilish. 

       Shunday qilib  retsidivni  profilaktika  qilishning  eng  muhim  omillari operatsiyadan  oldingi 

davrni  to‟g‟ri  o'tkazish,  individual  holda  deferensiallangan  operatsiya  usulini  qo'llash,  operatsiya 

qilish  texnikasini  takomillash,  operatsiyadan  keyingi,  erta  va  kechki  vaqtlarda  jismoniy 

Zo‟riqishlarni chegaralashdan iborat. 

        Eng  ko‟p  retsidiv  beradigan  churralar  sirasiga  to‟g‟ri  chov,  sirpanuvchi  va  katta  chov 

churralari kiradi. Bemorlarda qayta retsidiv bo'lish moyilligi hozirgi kunda 40-42%-ni tashkil qiladi.   

  Chov  churralarini  davolash.  Chov  churralari  boshqa  churralarga  nisbatan  ko‟p  uchrab  73-

74%-ni  tashkil  qiladi.  Chov  churralarini  operatsiya  yo‟li  bilan  davolashning  juda  ko‟p  usullari 

mavjud. Ular churrani kesish operatsiyasining oxirgi etapi – chov kanalini plastika qilishdagina bir-

biridan  fark  qiladi.  Og'riqsizlantirish  ko‟pincha  mahalliy  bo‟ladi.  Asoratlangan  shakllarida, 

shuningdek bolalarda operatsiya narkoz ostida o‟tkaziladi. 

Operatsiyaning asosiy bosqichlari: 

1.   Pupart bog‟lamiga  parallel  ravishda  qiyshiq  chov  kesmasi  o‟tkaziladi, teri  va  teri  osti  yog' 

to‟qimasi, qorin tashqi qiyshiq mushagining aponevrozini tikish. 

2.  Churra xaltasini atrof to`qimalardan  ajratish.  

3.  Churra xaltasini kesish va qorin bo‟shlig‟iga churra  hosilasini qorin bo`shlig`iga yuborish.  

             4.Chuqur  chov  yorigini  uning  kengayib  yoki  buzilib  ketgan  holatlarida  tikish. 

Ko‟pchilik  jarrohlar  bu  ishni  amalga  oshirmaydilar,  shuning  uchun  ana  shunday  churralarni 

kesishdan keyin retsidiv hollari ko‟p uchraydi. 

5. Churra kanalini plastika qilish.  

Churra kanali turli usullar bilan plastika qilinadi. va ular quyidagi ikki guruhga bo‟linadi: 

I. Chov kanali oldingi devorini qorinning tashqi qiyshiq mushagining aponevrozini ochmasdan 

turib, mustaxkamlash. 




Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin