Nazorat savollari
Protsessor nima?
Qo’shimcha protsessorning vazifasi?
O’rnatilgan tizimlar platalari qaerda loyihalashtiriladi?
Asosiy protsessor murakkabligiga qarab qanday sinflarga ajraladi?
Mikroprotsessorlar nimalardan tashkil topgan?
doimiy xotira nima va uning vasifasi?
Tezkor xotira nima va uning vazifasi?
Xotira fizik adresi deb nimaga aytiladi?
KESH va tezkor xotirlarning farqi?
Nega joylashtirilgan protsessorlardan foydalanamiz?
SHina nama?
Kiritish chiqarish platasi nima?
Ko’prikli MPC620 platasini tushuntirib bering?
Umumiy shina strukturasi tushuntirib bering?
SHina kengligi tushuntirib bering?
Mavzu 4. O’rnatilgan qurilmalar xarakteristikasi. O’rnatilgan doska. Fon neyman modeli
REJA:
1.O’rnatilgan tizim asosiy xususiyatlari
3.Kiritish-chiqarish platasi
4. Fon neyman modeli
Tayanch iboralar: o’rnatilgan tizim, ADSL modem, kommutator, marshrutizator, KPK, navigatsiya, kuzatish tizimi, sensor, yumshoqreal vaqt tizimi, qattiq real vaqt tizimi, Sath (qatlam), yadro, Monolit struktura, mikroyadro, market segment, Java TV, ISO/IES OpenTV, MicrosoftTV
2.1 O’rnatilgan tizimlarning asosiy xususiyatlari
O’rnatilgan tizimlarning tadbiq etishni chegaralari juda keng. Unga uy taymeridagi sodda qurilmalardan katta territoriyada joylashgan muhim ob’ektlarni boshqaruvchi murakkab taqsimlangan ierarxik tizimlar kiradilar4:
Telekommunikatsiya tizimlari, tarmok uskunalari (kommutatorlar, marshrutizatorlar, ADSL modemlar va x.k.);
Maishiy elektronika (uyali telefonlar, KPK, o’yin konsollari, raqamli fotoapparatlar, elektrchayniklar, mikroto’lqinlipechlar, idish tovoq yuvuvchi mashinalar va boshqalar);
zamonaviy meditsina va sport qurilmalari;
Transportavtomatikasi( avtomobilь vaaviatsiya tizimlari), shaxar yo’l xarakatini boshqaruvchi tizimlari ;
telemexanika tizimlari (tashqi yoritishni boshqarish tizimlari, elektroquvvatni va boshqa energomanbaalarni nazorat va xisoblash tizimlari, energoob’ektlarni boshqarish va monitoring tizimlari);
monitoring,navigatsiya, kuzatish tizimlari, xarbiy va kosmik qo’llanishdagi bort tizimlari;
sensor tizimlari texnologiyalari asosidagi «Aqlli uy» («intellektual bino») .
O’XT loyixalashda ishlab chiqaruvchi tayyyor va yangi tuziladigan yechimlarni bir-biri bilan o’zaro munosabatiga bog’liq bo’lmagan maxsus xisoblash tizimni yaratadi. Uning taxlil doirasiga tizimni barcha darajalari kiradi. Bu jarayonda loyixalovchi mavjud bo’lgan kuchli va qulay instrumentalь vositalari bo’lgan operatsion muxitiga ilovalar tuzish emas barki turli keskin chegaralanishlar sharoitlarida yangi maxsuslashtirilgan o’rnatilgan tizimlarini yaratishi kerak.
Albatta O’XT yaratishdagi masalalar qismini shablon usullari bilan yechishladi(ayniksa tayyor tizimni rivojlantirish yoki shaklini o’zgartirishda). Ammo bu xolatda xam sifatli xisoblash platformasi, kuchli maxsuslashtirilgan asboblarni qo’llash va maxsulotni puxta testlashni talab etiladi.
SHablon yechimlar chegaralariga kirmaydigan O’XT yaratish masalalari usullari va loyixalash vositalari doimiy takomillashtirishni talab qiladilar.
Dostları ilə paylaş: |