kelishishda metrologik atamalarning birliligi va qabul qilingan tushunchalarga aniq rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to ‘g‘risida»gi Qo- nunida metrologiya bo‘yicha quyidagi asosiy atamalarning izohi berilgan. Metrologiya — o ‘lchashlar, ularning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka eri- shish usullari to‘g ‘risidagi fan. O ‘lchashlar birliligi — o ‘lchashlarning natijalari qonunlash- tirilgan birliklarda ifodalangan va o ‘lchashlarning xatoliklari berilgan ehtimollik bilan ma’lum bo‘lgan holat. O ‘lchash vositalari — o ‘lchashlar uchun foydalaniladigan va m e’yorlangan metrologik xossalarga ega bo‘lgan texnik vosita. Birlik etaloni — o ‘lchov birligini boshqa o ‘lchash vositasiga o ‘tkazish maqsadida uni qayta hosil qilish va saqlash uchun m o‘l- jallangan o ‘lchash vositasi. Davlat etaloni — O ‘zbekiston Respublikasi hududida o ‘lchov birligining o ‘lchamini o ‘rnatish uchun milliy idora vakilining qarori bilan boshlang‘ich etalon sifatida tan olingan etalon. 27
Metrologik xizmat — davlat idoralari va yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari tarmoqlari hamda ularning o ‘lchovlar birliligini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyati. Davlat metrologik nazorati — metrologiya qoidalariga amal qilinayotganligini tekshirish maqsadida davlat metrologik xizmat idoralari tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat. O ‘lchash vositalarini qiyoslash — o ‘lchash vositalarining o ‘rna- tilgan texnik talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash maq