harflar bilan belgilanadi, masalan, dim l = L; dim m = M; dim t = T. (2.1) Hosilaviy kattaliklarning o ‘lchamliligini aniqlashda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim: 1. Tenglamaning o ‘ng va chap tomonlarining o ‘lchamliligi mos kelmasligi mumkin emas, chunki faqat bir xil xossalargina o ‘zaro solishtirilishi mumkin. Bundan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, faqat 33
bir xil o ‘lchamlilikka ega bo‘lgan kattaliklarnigina algebraik qo‘- shishimiz mumkin. 2. Olchamliliklarning algebrasi ko‘payuvchandir, ya’ni faqat- gina ko‘paytirish amalidan iboratdir. 2.1. Bir nechta kattaliklar ko‘paytmasining o ‘lchamliligi ular o ‘lchamliliklarining ko‘paytmasiga teng, ya’ni: A, B, C, Q katta- liklarining qiymatlari orasidagi bog‘lanish Q = ABC ko‘rinishda berilgan bo‘lsa, u holda dim Q = (dim A)(dim B)(dim C). (2.2) 2.2. Bir kattalikni boshqasiga bo‘lishdagi bo‘linmaning o ‘lcham- liligi ular o ‘lchamliliklarining nisbatiga teng, ya’ni Q = A /B bo‘l- sa, u holda dim Q = dim A/dim B. (2.3) 2.3. Darajaga ko‘tarilgan ixtiyoriy kattalikning o ‘lchamliligi uning o ‘lchamliligini shu darajaga oshirilganligiga tengdir, ya’ni Q = A nbo‘lsa, u holda, dim Q = dim A n. (2.4) Masalan, agar tezlik v = l/t bo‘lsa, u holda dim v = dim l/dim t = L / T = L T -1. (2.5) Shunday qilib, hosilaviy kattalikning olchamUligini ifodalashda