ma’no nuqtayi nazaridan qaraydigan bo‘lsak, ular orasidagi tafovut faqat qiymatdagina bo‘lib qoladi. Yoki og‘irlik tushunchasi, ya’ni misol tariqasida olingan obyektlarning Yerga tortishishini ifodalay- digan xususiyatini oladigan bo‘lsak ham, mazmunan bir xillikni ko‘ramiz. Bunda ham ular orasidagi tafovut ularning Yerga torti- shish kuchining katta yoki kichikligida, ya’ni qiymatidagina bo‘ladi. Biz buni oddiygina qilib og‘irlik deb atab qo‘yamiz. Bu kabi xususiyatlar talaygina bo‘lib, ularga kattalik nomi berilgan. Kattaliklar juda ko‘p va turli-tuman, lekin ularning barchasi ham ikkitagina tavsif — sifat va miqdor tavsifi bilan tushuntiriladi. Sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyati, mazmunini ifoda- laydigan tavsif hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan obyektning o ‘lchamlari, uzun-qisqaligi yoki baland- pastligini bildiruvchi xususiyatni tushunamiz, ya’ni ko‘z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishimiz mumkin. Bir daqiqaga boshqa ishlaringizni yig‘ishtirib, ko‘z oldingizga og‘irlik va temperatura nomli kattaliklarni keltiring... X o‘sh, ularning sifat 31
tavsiflarini seza oldingizmi? Bir narsaga ahamiyat bering-a, og‘irlik deganda qandaydir bir mavhum, og‘ir yoki yengil obyektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko‘z oldingizga keltirgansiz, temperatura to ‘g‘risida gap borganda esa issiq-sovuqni bildiruvchi bir narsani gavdalantirasiz. Aynan mana shular biz sizga tushuntirmoqchi bo‘lgan kattalikning sifat tavsifi hisoblanadi. Endi olingan obyektlarda biror-bir kattalik to ‘g‘risida so‘zlay- digan bo‘lsak, bu obyektlar o ‘zida shu kattalikni ko‘p yoki kam