O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə104/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Klinik belgilari. Bemorning 1—2 daqiqa bo'lsa ham hushini yo'qotishi, miya silkingan deb, tashxis qo'yishimizga asos bo'ladi. Bemorning ko'ngli aynishi, bosh og'rishi, qusishi, darmon-sizlanishi va retrograd amneziyaning (bemor qanday yo'l bilan jarohat olganini eslay olmasligi) bo'lishi aniq tashxis qo'yishga asos bo'ladi.

Miya silkinishi bilan bemor kasalxonaga yotqizilib davolanadi, chunki, silkinish asoratlari keyinchalik bemor hayoti va sog'-lig'iga ta'sir ko'rsatadi. Davolashda yotoq rejimiga rioya qilish, tinchlantiruvchi dorilardan foydalanish va miya shishuviga qarshi choralar ko'zda tutiladi.

Miyaning lat yeyishi va silkinishi umumiy belgilar bilan xarakterlanadi. Lat yeyishda o'choqli belgilar ham paydo bo'ladi. Shikastlangan joydan tashqari miya zarar ko'rgan joydan qarama-qarshi tomonda ham miya lat yeyishi hollari uchraydi. Zarar ko'rish zonalariga qarab klinik belgilar namoyon bo'ladi. Ba'zan lat yeyish kalla suyaklari sinishi bilan birga kechadi. Lat yeyish uch darajaga bo'lib o'rganiladi: yengil, o'rtacha va og'ir darajadagi lat eyish.

Kalla suyaklari singanda kalla suyaklari qopqog'i va asosi sinishi mumkin. Kalla suyaklarining qopqog'i singanda suyak siniqlari miya to'qimalarini bosib qolishi mumkin. Bunga miya qisilishi (kompressiyasi) deb aytiladi. Bosilish belgilari shikast yegan markaz ish faoliyatining buzilishi bilan xarakterlanadi va jarrohlik yo'li bilan davolanadi. Kalla suyaklarining asosi sin­ganda „ko'zoynak" belgisi paydo bo'lib, quloq, burundan qon keladi. Ayrim hollarda qon kelmasligi ham mumkin. Kalla suyagining yopiq jarohatida quyidagi qon ketishlar bo'lishi mumkin:



  • epidural gematoma — miya qatiq pardasi bilan suyak orasidagi
    gematoma;

  • subdural gematoma — miyaning qatiq pardasi bilan
    yumshoq pardasi orasidagi gematoma.

Kalla suyagining ochiq shikastlari bo'shliqqa kirib boradigan va kirib bormaydigan jarohatlarga bo'linadi. Ochiq jarohat og'ir kechadi va infeksiya uchun yo'l hisoblanadi. Ochiq jarohat -larda umumiy va o'choqli belgilar paydo bo'ladi yoki travmatik shok klinikasini eslatib, miya shishishi bilan xarakterlanadi. Bunda bemorning hushi uzoq vaqt davomida yo'qoladi, muhitni yaxshi baholay olmaydi, savollarga to'xtalib javob beradi, qayerda

turganini bilmaydi, ayrim so'zlarni gapira olmaydi, bo'lgan baxtsizlik to'g'risida qayg'uradi. Ayrim hollarda gapirmaydi, savol-larga befarq bo'lib, ko'rsatilgan ta'sirotlarga g'o'ldirab javob beradi. Bemorning hushi yo'q, miya po'stlog'i ishdan chiqadi, po'stloqosti markazlari o'zicha ishlaydi, ta'sirotlarga javob yo'q; o'tkir yurak-tomir va nafas yetishmovchiligi o'rtacha rivojlangan; miya jaro-hatlari bemor hayoti uchun xavfli bo'lib, bemor tuzalgandan keyin ham keyingi asoratlari, ya'ni meningit, ensefalit, absess, aroxnoidit, epilepsiya va turli xil nevrologik asoratlar qoldiradi.

Elekroensefalografiya — elektroensefalograf asbobi yordamida bosh miya elektr zaryadlari aktupka sun'iy ventilat-siyasini yozib o'rganadi. Asbob yordamida miyaning hamma yerida bo'ladigan biotoklarni yozib olish mumkin. Elektroensefa-lografiya yordamida kasallik joylashgan markazni, tomirlar kasalligini, epilepsiya markazini, miya o'smalari joylashgan markazlarni aniqlash mumkin. Sog'lom kishilarda elektroensefa-lografiya, asosan, alfa, betta va delta to'lqinlarni yozadi. Miya o'zgarishlarida shu to'lqinlar yuqori, past yoki yo'qolishi ham mumkin.

Roensefalografiya — bosh miyada qon aylanishini o'rganadi.

Turli jarohat, operatsiya va zaharlanishdan keyin bosh miya shishuvi sodir bo'ladi. Bundan tashqari, miya shishuviga ko'pincha /gipoksiyavaallergikreaksiyalar ham sabab bo'ladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin