O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas
Peritonial dializ. Qorin parda orqali bir soatda 3—6 litrgacha suyuqlik so'rilishini hisobga olsak, peritonial dializning qanchalik foydali ekanini (zaharlangan organizmning tozalanishida) ko'rish mumkin. Bunda dializga quyiladigan suyuqlik tarkibiga e'tibor berish kerak. Ular tarkibi turli xil bo'lishi mumkin. Petrov suyuq-ligining tarkibi quyidagicha: 5—6 g natriy xlor, 0,2 g kaliy xlor, 0,20 g kalsiy xlor, 0,60 g natriy limon kislota, 0,36 g soda, 5 g glukoza va bir litr distillangan suv. Dializ o'tkazilganda qon plazmasi bilan dializ suyuqligi o'rtasida almashinuv jarayonlari ta'minlanishi kerak. Peritonial dializ jarrohlik yo'li bilan amalga oshiriladi. Qorin bo'shlig'iga rezina naychalar qo'yiladi, shu naychalar orqali 4—6 litrgacha suyuqlik yuborilib, pastki naychalardan suyuqlik chiqarib yuboriladi. Bu jarayon bemorning ahvoli yaxshilanguncha davom ettiriladi.