O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə105/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Klinik belgilari. Agar bemorning hushi bo'lmasa, birinchi navbatda miya shishuvi to'g'risida o'ylash kerak. Gipertermiya-lar, tutqanoqlar, kuchli bosh og'riq, organizm ayrim qismla-rining „uchishi", bemorning doim uxlashi, bezovtaligi bosh miya shishuvidan darak beradi. Ko'z qorachig'i kengayadi yoki anezokariya bo'lishi mumkin; pay reflekslari kuchayib, patologik reflekslar paydo bo'ladi. Tomir urishi oldin sekinlashib keyin-chalik taxikardiya bo'ladi. Qon bosimi va orqa miya suyuqligida bosim oshadi.

Davolashda keltirib chiqargan sabablarga qarshi kurashi-ladi va asosiy kasallikni tezda davolash choralari ko'riladi. Agar miya shishuvi asosiy kasallikning davolanishiga qaramasdan sodir bo'lgan bo'lsa, degidrotatsion terapiya usullari qo'llaniladi. Bu maqsadda siydik haydovchi dorilardan laziks, monitol, mochevina va tomir ichiga 100 ml magneziy sulfat, 2,4 % li eufillin yuboriladi va antigistamin dorilardan foydalaniladi. Bulardan tashqari, boshga muzli xaltachalar qo'yish, gormonlar qo'llash, kislorod berish

va dorilar yordamida miyani vaqtincha blokada — tinchlantirish katta ahamiyatga ega.

Miya o'limiga miya shishuvi sabab bo'ladi. Miya shishuvi natijasida tomirlar qisiladi, miyada qon aylanishi buziladi, miya qonsizlanib qoladi va nekrozga uchraydi.

Har qanday terminal yoki o'ta og'ir holatlar gepatorenal sindrom bilan kechadi. Terminal holatga olib keladigan sabablar va ularning zaharli mahsulotlari jigar va buyrakka bir vaqtda ta'sir qiladi va o'tkir buyrak yetishmovchiligini keltirib chiqarishda muhim rol o'ynaydi.

Shularni hisobga olib terminal holatlarni davolaganda jigar va buyrak ishini nazorat qilishga e'tibor berish, ya'ni diurezni stimulatsiya qilish va jigar faoliyatini yaxshilash zarur.

O'tkir jigar, buyrak yetishmovchiligi yoki terminal holatlarda keng qo'llaniladigan davolash usullarini ko'rib chiqaylik. Bu usuUar bir-birini to'ldiradi va har qaysisi o'z ko'rsatmasiga ega (8-rasm).




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin