VII bob
O 'TKIR ZAHARLANISH, CHO'KISH, BO'G'ILISH
VA BOSHQA SHOSHILINCH HOLATLARDA
REANIMATSIYA VA JADAL DAVOLASH
1.1. Zaharlanish haqida tushuncha
Zaharlanish organizmga yot narsalarning tushishi oqibatida sodir bo'ladigan patologik o'zgarish hisoblanadi. Zaharlanishlarning o'tkir, surunkali, ekzogen va endogen turlari bor. Ekzogen zaharlanish deganda, tashqi muhitdan organizmga biror bir yot narsa kirishi oqibatida zaharlanish, endogen zaharlanish esa organizm o'z mahsuloti bilan o'zini zaharlashi tushiniladi.
Zaharlanishlar kelib chiqishiga qarab quyidagicha bo'ladi: xo'jalik ishlari bilan bog'liq zaharlanish; ishlab chiqarish bilan bog'liq zaharlanish, ya'ni texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kelib chiqadigan zaharlanishlar; o'z joniga qasd qilish natijasida kelib chiqadigan zaharlanish; tibbiyotda qo'llaniladigan dorilardan zaharlanish; biologik yoki turli xil hasharot, hayvon yoki gazandalar chaqishidan zaharlanish; sifatsiz ovqatlar, ichimliklar va narkotiklarni iste'mol qilish natijasida kelib chiqadigan zaharlanishlar va hokazolar.
Qishloq xo'jaligi, ishlab chiqarish, sanoat rivojlanishi bilan bog'liq zaharlanishlar foizi ham o'sib bormoqda.
Zahar qanday yo'l bilan organizmga tushadi? Zahar oshqozon-ichak, nafas yo'llari, teri, shilliq qavatlar, qon hamda turli muolajalar orqali organizmga tushadi. Zaharlanishlarning klinik belgilari va patogenezi, zaharlangan a'zo yoki sistemaning qaysi darajada zaharlanganligiga, zaharlovchi moddaning kuchiga, zaharlanish yo'li, o'tgan vaqti, zahar miqdori, berilgan yordam hajmi va makroorganizmning holatiga bog'liq bo'ladi. Zaharli moddalar organizmga qaysi yo'l bilan tushmasin, klinik jihatdan toksikogen va samotogen fazalarda kechadi.
Toksikogen fazada zahar organizmga so'rilib, butun a'zo va to'qimalarni zaharlab, buzib, toksik shok keltirib chiqaradi. Birinchi yordamdan keyin yoki organizm o'zi kurasha olmasa, samotogen fazaga o'tadi. Bu faza a'zo va sistemalarda chuqur asoratlar qoldirish bilan ifodalanadi hamda ikkilamchi kollaps chaqiradi. Bu kollaps bemor taqdirini hal qilishi mumkin.
Zahar organizmga tushgandan keyin o'z yo'lida to'qima va a'zolarning faoliyatini ishdan chiqaradi yoki nekrozga olib keladi. Bu holat, xususan, qon bilan ko'p ta'minlangan a'zolarda namoyon bo'ladi va qaysi a'zo zarar ko'rishiga qarab klinik belgilari quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |