O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə109/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Boshqa jigardan foydalanish. Bu maqsadda bemorning qoni cho'chqaning jigari orqali o'tkaziladi. Bu bilan bemor qonidagi metabolitlar ushlanib qoladi. Bu usul jigarni detoksikatsiya qilishda asosiy o'rinni egallaydi.

Eng keng tarqalgan va foydali yo'llardan yana biri, bemor qonini sog'lom donor jigari orqali o'tkazish hisoblanadi. Bunda bemor jigaridagi va organizmidagi metabolitlar donor jigarida ushlanib qoladi. Siydikni sun'iy yo'l bilan zo'rlab chiqarish ham detoksikatsiya usullarida o'tkir buyrak yetishmovchiligi va o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiliklarida qo'llaniladi. Terminal holatlarda bu maqsadda bemorga 4—5 litr turli xil suyuqliklar quyilib, siydik haydovchi dorilar o'tkaziladi. Maqsad organizmdan metabolitlarni olib chiqish, jigar, buyrak va yurak ishini yaxshilashdan iboratdir. Yuqoridagilardan tashqari, o'tkir buyrak yetishmovchiligi va o'tkir buyrak-jigar yetishmovchiligi hamda terminal holatlarni davolashda jigar komasi va ensefalopatiyasini davolashda giperbarik oksigenoterapiya muhim rol o'ynaydi.

Xususan, jigar ensefalopatiyasini davolashda oshqozon, ichaklardagi qoldiq va chiqindilarni tozalash, oshqozon va ichaklarni yuvish texnikasini qo'llash maqsadga muvofiqdir.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin