O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Nafas yo'llarida bo'ladigan o'zgarishlar



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə114/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Nafas yo'llarida bo'ladigan o'zgarishlar. Nafas markazining zarar ko'rishi yoki uning paralichi natijasida nafas olish va chiqarish jarayonlari buziladi. Hiqildoq stenozi va bronxdan suyuqlik ko'p ajraladi, nafas yo'llarining berkilishiga olib keladi. Bu holat o'z navbatidagipoksiyani kuchaytirib, tonik vakloniktutqanoqlarga olib kelishi mumkin. Bu bronxoreya fosfor bilan zaharlanganda ko'zga tashlanadi. Oldini olish uchun 0,1 % li atropindan kuniga 20—24 ml qo'llaniladi va nafas yo'llari so'rg'ich bilan tozalab turiladi, zarur bo'lsa, intubatsiya qilinib, sun'iy nafas berishga ham o'tish mumkin. Zahar ta'sirida o'pka yallig'lanadi, anti-biotiklar ta'siri esa kam bo'ladi. Ingalatsiya moddalari bilan zaharlanish nafas yo'llarining shilliq qavatini buzadi, natijada traxeobronxit, stenoz kabi asoratlar sodir bo'ladi yoki bronxial astma klinikasini berishi mumkin. Umuman olganda nafasni markaziy boshqarish hamda nafas mexanikasi buziladi, o'pka shishi degan sindromlar sodir bo'lib, shish boshqa o'pka shishlariga qaraganda klinik og'ir kechadi. Davolanishi bilan boshqa o'pka shishlaridan tubdan farq qiladi. Bemorlarda quruq yo'tal, darmonsizlik, ko'krak qafasida og'riq bo'lib, gipoksiyabelgilari ko'zga tashlanib turadi. Asoratlariga kelsak, o'pka yallig'lanishi, o'pka shishi, o'pka abssessi va gangrenasi kabi asoratlarni ku-zatish mumkin.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin