O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas
Gemokoagulatsiya holatini ko'rsatuvchi ko'rsatkichlar quyi-dagilar: trombotsitlar soni (normada bir mm.kub.qonda 350 mingtagacha, agar trombotsitlar 200000 dan kamaysa, bu holat trombotsitopeniya deyiladi va qon ketishga moyillik yuzaga keladi); qon oqish vaqti (normada Dyuke bo'yicha 1—3 daqiqani tashkil qiladi, bu holat aspirin ichganda yoki trombotsitopeniyada ham uchraydi); plazma rekalsifikatsiyasi (normada 90—120 s); plazmaning geparinga nisbatan sezuvchanligining oshishi (normada 9—13 s); qon ivish vaqti (normada 5—10 s); protrombin vaqti (normada 23—30 s); plazmada fibrinogen miqdorining kamayishi (normada 4 mg); laxtaning erish vaqti (normada 4—5 soat).
Shu ko'rsatkichlar vaqtining kamayishi gipokoagulatsiya, vaqtning ko'payishi esa giperkoagulatsiyadan xabar beradi.
Fibrinoliz tomirlar sistemasida hosil bo'lgan laxtaning, plaz-min fermenti ta'sirida erishidir. Normada plazmin bir litr qonda 20 mg yoki 0,2 g bo'ladi. Katta operatsiyalarda, jarohatlarda to'qimalarning majag'lanishi oqibatida qonga tushib turadigan kinazalar (urokinaza, streptokinazalar) qonda doimo bo'ladi. Ular fibrinolizni tezlashtirishda katta rol o'ynaydi.