Qon ivishi — gemostazning buzilishi. Qon ivishi va fibrinoliz nasldan-naslga o'tadigan kasalliklarda sodir bo'ladi. Bu kasalliklarga gemofiliya, Verlgof kasalligi misolbo'la oladi. Koagulopatiyaning 90 % qonda VIII chi omilning yetishmovchiligidan sodir bo'lib, to'qimalardan doim qon ketishi bilan xarakterlanadi.
Koagulopatiya hayot jarayonida uchrab, quyidagi kasallik va sabablardan keyin yuzaga kelishi mumkin:
jigarda vitamin К ishlab chiqarish jarayoni biror kasallik
oqibatida buzilsa;
ichak kasalliklarida;
antikoagulantlar bilan davolanganda yoki ularning miqdori
oshirib qo'llanilganda;
qonning VII, IX, X omillari faoliyati buzilganda;
operatsiyalar, jarohatlar, tug'uruqlar paytida to'qimalarning
ezilishi natijasida qonga to'qima omillari tushishi oqibatida;
fibrinogen miqdori kamayib ketganda (normada 20
mg %);
plazma qonda kamayganda va fibrinogenning fibringa
aylanishiga to'sqinlik qiladigan moddalar ko'payib ketganda;
— juda ko'p qon quyilganda;
— sun'iy qon quyish apparati bilan ishlaganda trom-
botsitlarning ezilishi oqibatida;
— TIQQS, vazopatiya — tomirlar kasalliklari, gemostaz bu-
zilganda.
TIQQS sindromi og'ir kasalliklar, jarohatlar, turli xil zahar-lanishlar, behad ko'p qon quyish, homiladorlik toksikozining og'ir darajalari, tug'uruq jarayonining og'ir turlari, shoklar, gipoksiya holatlari va asoratlari natijasida kelib chiqadi. TIQQS o'tkir va surunkali formalarda kechadi. Uzoq vaqt (bir necha oylab) kasal bo'lib yurgan bemorlarda TIQQS organizmda biror bir ta'sir yoki salbiy omil tufayli yuzaga chiqdimi, oldingi surunkali kechib turgan TIQQS ham yuzaga chiqib o'z faolligini namoyon qiladi. Masalan, kechki toksikozni o'tkazib yuborgan homilador bemorlar surunkali shok yoki TIQQS holatida yuradilar. Ularning ahvoli og'irlashib qolishi uchun qusish, ich ketish yoki kam miqdorda bo'lsa ham qon ketish yoki biror infeksiyaning o'zi yetarli bo'ladi.
TIQQS mayda qon tomirlar ichida qon ivib qolishi natijasida to'qimalarda qon aylanishi buziladi, ya'ni gipoksiya, asidoz holatlari sodir bo'ladi. To'qima va a'zolarda trofik va metabolik o'zgarishlar, buzilishlar yuz beradi va bu TIQQS patogenezi asosini tashkil qiladi. Mikrosirkulatsiyaning buzilishi fibrinogen va trombotsitlar yetishmasligiga oqibatda to'qimalardan profuz qon ketishlarga sabab bo'ladi.
TIQQS akusher-ginekologiya va jarrohlik amaliyotida ko'p uchraydi, umuman bu sindrom deyarli barcha og'ir holatlarning yo'ldoshi hisoblanadi, uni tashxislash qiyin. Har qanday og'ir holatda tashxisda TIQQS bor deb o'ylab shunga qarshi choralarni ko'rish bemor hayotini saqlab qoladi.
Dostları ilə paylaş: |