O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi


Venapunksiya, venaseksiya va markaziy tomirlarni



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə142/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

9.3. Venapunksiya, venaseksiya va markaziy tomirlarni

katetrlash

Reanimatsiya va jadal davo lash amaliyotida markaziy tomirlarni katetrlash yoki tomirlar ichiga xlorvinil naychalarni qo'yish jadal davolashning bir bo'lagini tashkil qiladi. Og'ir yoki terminal holatda kelgan bemorning tomirlari bo'sh va puchaygan bo'ladi. Ularni topish murakkab, ko'p mehnat talab qiladi. Jadal davolash yoki reanimatsiya yordamini juda tez — qisqa vaqt ichida ko'rsatish zarur bo'lgani uchun markaziy tomirlarni katetrlash zaruriyati tug'iladi. Quyidagi holatlarda va shifokor ko'rsatmalariga tayanib tomirlar katetrlanadi:



  • og'ir ahvoldagi bemorga doimiy infuzion terapiya zarur
    bo'lganda;

  • markaziy vena bosimini doimiy o'lchab turish va infuzion
    terapiyaning foydasini kuzatib turish maqsadida;

  • bemorga parenteral yo'l bilan zarur mahsulotlarni yetkazish
    uchun;

  • qon tahlillarini o'z vaqtida olib turish maqsadida;

  • markaziy bosimga tayanib, o'pka-yurak kasalliklarini aniq-
    lash maqsadida;

— kichik diametrli tomirlarga ayrim dorilar yoki anestetikr
larni yuborish mumkin bo'lmagani uchun markaziy tomirlar katetrlanadi;

  • teriosti tomirlari umuman rivojlanmagan bemorlarda;

  • narkoz paytida bemor noqulay holatda yotgan paytda;

  • antibiotiklarni doimiy ravishda tomir ichiga yuborish kerak
    bo'lganda;

— lazer nuri bilan (VLOK) davolash usullari hamda
gemasorbsiya usullari qo'llanilganda. Ammo tomirlarni katetr-
lashdan asoratlar ham kelib chiqishini unutmaslik kerak.

Yuqori kovak venasi sindromi, o'ta kuchli gipovolemiya holatlarida katetrlash ehtiyotlik talab qiladi. Bunday holatlarda tomirlarni venaseksiya yo'li bilan topib, bir-ikki litr suyuqlik quygandan so'ng markaziy tomirlarga katetr qo'yish maqsadga muvofiqdir.

O'pka emfezemasi yoki o'pka-yurak yetishmovchiligining dekompensatsiya darajasida, qon kasalliklari yoki qon ivish buzilganda, o'mrovosti sohasi shikastlanganda, katetrlash uchun shart-sharoit va mutaxassislar bo'lmaganda, ikki tomonlama pnevmotoraks bo'lganda katetrlash o'tkazilmaydi.

O'mrovosti venasiga katetr qo'yish texnikasiga bog'liq bo'lgan asoratlar quyidagilardan iborat: katetrni qo'ya olmaslik (5—10 %); arteriyani punksiya qilish (0,5—3 %); qon kasalliklarida yoki qonning ivishi buzilganda punksiya qilingan joydan qon to'xtamasdan ketishi; teriosti gematomasi (0,5—20 %); subplevral gematoma (10 % gacha); tomir ichiga havo kirib qolishi (5 % gacha). Tomirga havo kirsa, bemor bezovtalanib qon bosimi ko'tariladi. Havo 5 ml dan ortiq kirsa, bemor hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Pnevmotoraks (2 % gacha); gemotoraks (0,8—1 % gacha); traxeya, buqoq bezi va yelka nerv chigaliga zarar yetkazish; katetrning yarmi venaga ketib qolishi natijasida bosh og'rishi, quloqning bitib qolishi kabi asoratlar yuzaga kelishi mumkin.

Parvarish qoidalari buzilganda ham asoratlar kelib chiqadi, chunonchi, katetrning chiqib ketishi; katetrning berkilib qolishi; yiringlashi; flebit, tromboflebitlar kelib chiqishi; embol uzilib ketib asorat chaqirishi; katetrga qo'yilgan tiqinning chiqib ketishi natijasida katetrdan ko'p qon ketishi yoki aeroaspiratsiya holatlari va hokazolar sodir bo'ladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, katetrning berkilib qolishi uni yaxshi parvarish qilmaslikdan darak ' —cHi. Berkilgan katetrni ochish maqsadida leska bilan katetrning Д trombni haydash yoki tozalash qat'iyan man qilinadi, chunki tromb uzilib organizmning xohlagan a'zosi qon tomiriga borib o'tirishi va og'ir asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. с

Katetr uni qo'ygan kundan boshlab parvarish qilinishi zarur. Katetrni qo'yishda aseptika qoidalariga rioya qilish, boylamini har kun almashtirib turish va spirt quyib dezinfeksiyalash, tromb hosil bo'lmasligi uchun quyishni to'xtatmaslik yoki geparinli suyuqlik bilan sutkasiga besh, olti marta yuvib turish kerak.

Katetr to'g'ri qo'yilgan yoki berkilib qolmagan bo'lsa, shpris porshenini tortganda qon keladi va itarganda porshen erkin harakat qiladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin