Katetr qo'yish. Katetrlash ko'rsatmalari va qoidalariga muvofiq kerakli narsalar tayyorlanadi: yod, spirt, qo'lqop, novokain, fiziologik suyuqlik, 10 ml li shprislar, maxsus ignalar, tikish uchun igna, ignani ushlagich, iplar, leykoplastir, steril shariklar va salfetkalar, rezina tiqinlar va katetr. Seldenger usuli bo'yicha bemor chalqanchasiga yotqizilib, kurak sohasiga valik qo'yiladi, qo'llari yon biqiniga tortilgan bo'lib, boshi qarama-qarshi tomonga burilgan holda tanadan biroz past holatda bo'lishi kerak. Punksiya tez va jarohatsiz, iloji boricha bir urinishda bajarilishi har qanday asoratlardan xalos qiladi. O'mrovosti venasini katetrlash murakkab muolaja. Uni bajarish uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tish va tajribaga ega bo'lish kerak.
Periferik yoki boshqa tomirlarni katetrlashda ham yuqorida ta'kidlangan qoidalarga rioya qilish zarur. Shunda katetrlardan bir necha kundan bir oygacha foydalanish mumkin.
Katetr venapunksiya yoki venaseksiya yo'li bilan qo'yiladi.
Venaseksiyada ham venapunksiya uchun kerak bo'lgan jihozlardan foydalaniladi. Bunda yuqorida aytilganlardan tashqari, terini kesish uchun skalpel va bir-ikki qisqich kerak bo'ladi. Venaseksiya uchun qulay joy boldir, tovon sohasi, bilak qaytmalari,qo'llar hisoblanadi. Venaseksiya, mahalliy og'riq-sizlantirish yo'li bilan o'tkaziladi. To'qimalarni ezmasdan mo-hirlik bilan o'tkazish har qanday asoratdan saqlaydi. Tromboz, tromboflebit kabi asoratlarning oldini olish uchun katetrlar novokain yoki geparinli suyuqliklar bilan yuvib turilishi kerak. Katetrlarni parvarishlash ham markaziy tomirlarni katetr-lashdagidan farq qilmaydi. Aseptika, antiseptika qoidalariga rioya qilinishini kuzatib borish hamshiralarning vazifasidir. Vena tomirlari devorlari va vena atrofi qatlamlari infeksiyaga o'ta
sezuvchandir. Venapunksiya paytida tomirlarni, ayniqsa, katta diametrli tomirlarni asrash kerak.
Dostları ilə paylaş: |