O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə140/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

Birinchi yordam. Bemorning yuk ostidan oldin boshi, keyin tanasi, keyin esa oyoq-qo'llari bo'shatiladi. Og'riqsizlantiruvchi dorilar qilinadi, o'ta og'ir holatlarda narkoz beriladi. Barmoq uchidan sonning yuqori qismigacha elastik bint bilan o'raladi. Bundan maqsad o'tkir buyrak yetishmovchiligi kuchayishining oldini olish. Oyoq-qo'llar immobilizatsiya qilinib, ularga muz xaltachalar qo'yiladi (toksinlar so'rilishini kamaytirish maqsa-dida) va kasalxonaga keltiriladi. Yo'lda og'riqsizlantirish davom ettirilib, ko'p miqdorda sodali suv beriladi.

Bemor kasalxonaga yotqizilgandan so'ng og'riqsizlantirish choralari ko'riladi. O'tkir buyrak yetishmovchiligiga qarshi muolajalar: kaliy antagonistlar, 10 % li kalsiy xloran, 30—40 ml gacha reopoliglukin, sodali suyuqliklar; qon bosimini ko'tarishga qaratilgan chora-tadbirlar; 200 ml plazma, poliglukin, traviol, gordoks, gormonlar; yurak ishini kuchaytiruvchi dorilar; gemodez va tinchlantiruvchi dorilar; qon ketadigan bo'lsa, gemostatik



dorilar buyuriladi. Umuman olganda, simptomatik davolash choralari qo'llaniladi.

Jarrohlik yo'li bilan davolashda fatsiyalarni kesish, mahalliy muzlatish, nekroektomiya; agar bosilish sindromi 6 soatdan o'tgan bo'lsa, oyoqning bosilgan qismini kesib tashlash buyuriladi; qonni almashtirish, regionaryuvish, gemodializ, giperbarik oksigenatsiya yoki yuqori kislorod bosimi ostida davolash, infuzion-transfuzion davolash usullari qo'llaniladi. Demak, barcha choralar o'tkir buyrak yetishmovchiligi, zaharlanishga qarshi, gemodinamikani yaxshi-lash, nafas sistemasini yaxshilashga qaratiladi.

Toksik shokning kelib chiqishiga infeksiyalangan qon yoki suyuqliklarni quyish sabab bo'ladi.

Infeksiya o'chog'i, infeksiya kirish darvozasi va yuqorida qayd etilgandek turtki bo'lganda toksik shok deb tashxis qo'yiladi. Toksik shok kelib chiqishida birinchi bo'lib siydik tanosil sis-temasi a'zolari kirish darvozasi hisoblansa, ikkinchi o'rinda o't va o't chiqarish yo'llari turadi. Ginekologik kasalliklar va organizmda bo'lgan turli xil yiringli jarayonlar muhim o'rinni egallaydi. Yiringli jarayon yoki yuqorida ko'rsatib o'tilgan sistemalar kasalliklari bilan bemor yotqizilib, uchinchi kun qaltirash kuzatilsa, bemorda toksik shok klinikasi boshlanadi. Bunda hamshira o'z ishini va yordamini, tutadigan yo'lini aniq bilishi kerak.

Uzoq bosilish sindromida toksik shok ham kuzatiladi. Toksik shok ko'pincha stafilakkoklar tomonidan chaqiriladi va orga-nizmning chuqur zaharlanishi bilan kechadi. Bir necha soat ichida bemor og'ir ahvolga tushib qoladi. Stafilakkoklar tanani istalgan yerida bo'lishi mumkin. Ayollarda 25 % stafilakkok qinda ko'-payadi. Bu sindromdan o'lim 5 % ni tashkil qiladi. Toksik shok o'z davrlarini o'tadi, ya'ni mikroblarprganizmda ko'payadi, yashash uchun o'zidan zahar chiqaradi. Shu zahari organizmga so'riladi va zaharlanish klinikasini beradi. Toksik shokning kelib chiqishida mikroblar va ular toksinlarining qonda ko'payib ketishi muhim rol egallaydi. Bunga birinchidan antibiotiklar berilishi natijasida lizisga uchragan bakteriyalar, ikkinchidan kasallikning kechishi jarayonida mikroblardan ajraladigan endotoksinlar sabab bo'ladi. Shuning uchun ham kasallik kechadigan jarayon endotoksik shok yoki bakterimik shok deb ataladi. Bu shok grammanfiy grammusbat mikroblar bilan chaqiriladi va o'ta og'ir kechishini yuqorida aytib o'tgan edik.

I" 164


Toksik shok patofiziologiyasiga kelsak, jarayon asosan to'qi-malarda kechadi, natijada a'zolar va. to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi (perfuziyasi) buziladi, qaytmas holatlar sodir bo'ladi. Bemorni toksik shokdan chiqarish vaqt holati, ya'ni kasallangan vaqti, ko'rsatilgan yordam vaqti va patologik o'choqning sanatsiya qilish vaqtiga bog'liq. Bulardan tashqari, toksik shok kechishida va kelib chiqishida mikrobning chidamliligi, makro-organizm holati (reaktupka—sun'iy ventilatsiyasi) ga hamda toksik shok rivojlanishi uchun biror-bir turtkining bo'lishi katta aha-miyatga ega. Masalan, yuqori lab yoki yuzning yuqori qismidagi furunkulni ikki-uch marta siqib tashlash mikrobning rivojlani-shiga turtki bo'ladi.

Klinik belgilari. Organizm harorati ko'tarilib, kuchli bosh og'riq, ko'ngil aynish, qusish, keyinchalik ularga tinimsiz ich ke­tishi ham qo'shilib, bemor ahvoli og'irlashadi.

Davolash. Keltirib chiqargan sabablar aniqlanadi. Tezda kasalxonaga yotqizilib, infeksiya o'chog'i yo'qotiladi; sanatsiya qilinadi, ta'sir kuchi yuqori bo'lgan dezintoksikatsion antibiotiklar qo'llaniladi; ko'p miqdorda yo'qotilgan suyuqliklarning o'rnini to'ldirish, hayot uchun zarur a'zo va sistemalar ishini yaxshilash hamda simptomatik davolashlar qo'llaniladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin