O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə136/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

TIQQS klinikasi. Bu xastalikda quyidagi sindromlar paydo bo'ladi: gemokoagulatsion shok; gemostazning buzilishi; trombotsitopeniya; gemorragik sindrom; mikrosirkulatsiyaning buzilishi; o'pka shoki; o'tkir buyrak, jigar yetishmovchiligi. Hamma a'zo va to'qimalardan qon keta boshlaydi. Yuqorida qayd etganimizdek TIQQSda zarar ko'rmagan a'zo qolmaydi. Bemor hushida emas, hatto stupor holatiga tushib qoladi. O'tkir nafas yetishmovchiligi belgilari namoyon bo'ladi; bosim tushadi, tomir urishi tezlashadi; bemorda sirkulator kollaps holati bo'lishi mumkin. Oshqozon, ichaklardan qon keta boshlaydi; qon qusadi; siydik miqdori kamayadi, siydik qon aralash keladi; o'tkir buyrak yetishmovchiligi belgilari sodir bo'ladi; teri ostida mayda-mayda qon quyishlar, gematomalar, hatto nekrozlarni kuzatish mumkin.
Davolash. Birinchidan, bemor shu holatga tushib qolmasdan oldin barcha choralarni ko'rish kerak. Chunki TIQQS sodir bo'lsa, bemorni bu holatdan chiqarish juda qiyin. Ikkinchidan, davolash paytida keltirib chiqargan asosiy sabablar yoki kasalliklarga qarshi kurashish kerak. TIQQSni davolashda muzlatilgan toza plazma 200 ml dan ikki marta quyilsa, yaxshi yordam beradi. Anti-trombinning 20 % li 200 ml eritmasidan ikki marta tomir ichiga yuboriladi. Muzlatilgan toza plazma shunisi bilan ham foydaliki, uning tarkibida 60—80 g/1 oqsil, 11 g/1 organik va 9 g/1 noorganik moddalar bor. Bulardan tashqari, plazma tarkibida qonni quyultiruvchi omillar va immunnoglobulinlar mavjud. Toza, nativ (suyuq) plazma muzlatish yo'li bilan tayyorlanadi va uning faolligi bir yilgacha saqlanadi. Bundan tashqari, quritilgan plazmani fiziologik suyuqlikda eritib, keyin tomchilatib yuborish ham TIQQSni davolashda muhim rol o'ynaydi.

Plazmalardan tashqari, oqsil preparatlaridan albumin, proteinni quyish ham katta ahamiyatga ega, chunki ular onkotik bosimni oshirib, to'qimalardagi suyuqliklarni tomirlar ichiga olib kiradi, natijadagipovolemiyaga qarshi, eritrotsitlarning agre-gatsiyasiga, sekvestratsiyasiga qarshi kurashadi, tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdorini to'ldiradi.Gipotenemiyagaqarshi ham qo'llaniladi. Plazma tarkibida antitrombin, fibrinogen bor.

Bulardan tashqari, aminokapron kislotasining 4 % li 200 ml eritmasi ikki-uch marta, trombotsitar va eritrotsitar massa, katta miqdorda kontrikal tomir ichiga yuboriladi.

TIQQS sindromida to'g'ridan-to'g'ri qon quyishning ahamiyati katta. TIQQSning birinchi darajasida, ya'ni giperkoagulatsiya darajasida antikoagulantterapiya, ya'ni geparinni qo'llash ayni muddao bo'ladi. Geparin hosil bo'lgan tromblarni to'liq eritmasa ham ular ko'payishining oldini oladi. Geparinning sutkalik miqdori 20000-30000 ТВ ni tashkil qiladi. Geparin qo'llashda trombotsitlar miqdorini hisobga olib borish kerak. Bundan tashqari, geparinni homilador ayollarda qo'llash, qon ketishiga xavf tug'diradi.

Infuzion terapiya uchun reopoliglyukin, Ringer suyuqligi, dezagregantlardan: kurantil, aspirin, trental, nikotin kislotasi, vitaminlar, gormonlar, qonni to'xtatuvchi dorilar qo'llash maqsadga muvofiqdir. Ular tarkibi, miqdoriga qarab mutaxassislar tomonidan belgilanib qo'llaniladi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin