O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə20/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

1.8. Terminal holatlar

Odam organizmi yashash jarayonida uch davr: salomatlik, kasallik va terminal holatlarni boshidan o'tkazadi. Agar inson organizmi biror salbiy ta'sirot, shikastlanish yoki kasallikka qaramasdan gomeostazni saqlay bilsa, unda sog'lom organizm hisoblanadi.

Agressor yoki stress holatning kuchiga qarab organizmning himoya mexanizmlari turli vaqtda ishga tushadi. Agressor yoki kasalliklarning ta'sir birliklari gipotalomo-gipofizar, simpato- • adrenalin sistemalarni qitiqlashdan boshlanadi, ya'ni himoya mexanizmlari ishga tushadi yoki tomir urishi tezlashadi, bosim ko'tariladi, nafas olish tezlashadi, bemor qizaradi, oqaradi, ichi ketadi, qusadi, modda almashinuv jarayonlari o'zgaradi. Qisqa qilib aytganda organizm yashash uchun kurashadi, bu kurashuv natijasida uglevodlar, yog'lar, fermentlar, elektrolitlar va oqsillar sartlanib, organizmning muvozanati buziladi. Gipertermiya va boshqa sindromlar paydo bo'la boshlaydi, ana shu holat kasallik holati — kasallik davri deyiladi. Bu davrni kasallikning katabolik fazasi desa ham bo'ladi. Bu davrda organizmga biroz yordam kerak xolos, u o'zi-o'zini boshqaradi, reanimatsiya usullari ham kerak emas. Bu davrda organizmning autoregulatsiyasi (o'zini boshqarishi) saqlangan bo'ladi. Agar agressor ta'sirida yoki kasallik kuchayaversa, o'z vaqtida yordam berilmasa, organizm holdan toyadi, oldin yordamga keladigan himoya mexanizmlari aks ta'sir ko'rsatib, o'z xo'jayiniga qarshi kurasha boshlaydi, uni o'limga olib boradi, ya'ni patogenez tanotogenezga aylanadi. (Tanoto-genez — o'lish mexanizmi, greklarning afsonaviy o'lim xudosi Tanotos nomi bilan atalgan.) Bunday holatlarda alkoloz, qon aylanishi, qon aylanishining markazlashishi, giperkaogulatsiya, reologiya buziladi, hatto immun sistemaning ish faoliyati ham buziladi, turli xil reaksiyalar, sovuq qotishlar, anafilaksiyalar sodir bo'ladi, bemor hatto ovqatlansa ham unda sovuq qotish kuza-tiladi. Bemor o'z ahvolini o'zi boshqarolmaydi, shikoyat qilmasdan befarq, e'tiborsiz yotaveradi, lekin savollarga javob beradi. Ana shu holat terminal holat terminal davr deyiladi.

Bu davrda markaziy boshqarish sistemasi, to'qimalarda gormonlar ishlab chiqarish va boshqa muhim sistemalar faoliyati buziladi. Terminal holatga olib keladigan sabablarga hos sindromlarga gipovolimiya, reologiyaning buzilishi, metabolik, kaogulopatiya kabi buzilishlar yoki sindromlarning paydo bo'lishi kiradi. Agar bemorga o'z vaqtida yordam berilmasa, organizmdagi keyingi buzilishlar a'zolarga o'tadi. Umuman olganda terminal holat qaysi sabab natijasida kelib chiqmasin, unga organizmning yengilishi deb qarash va tibbiy e'tiborni kuchaytirish kerak. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, kasallik bilan terminal holat o'rtasida aniq bir chegara yo'q, kutilmaganda kasallik terminal holatga o'tishi mumkin. Bemorga jadal davolash yoki reanimatsiya muolajasi kerak bo'lsa, bemorning umumiy ahvolini kuzatib borish, asosiy va yo'ldosh kasallari borligini hisobga olish,bajariladigan operatsiya hajmini, jarohat og'irligini, davolashdan keyin bo'ladigan asoratlarni hisobga olib, ish tutish kerak.

Yuqoridagi ko'rsatkichlar asosida reanimatsion davolashga muhtoj bemorlar reanimatsiya bo'limiga ko'chiriladi yoki joylashtiriladi. Shunday qilib, autoregulatsiya yo'qolishidan boshlab, agressiv holat reaksiyalarini yo'qotishga hamda a'zolar ishini boshqarishgacha bo'lgan davrni reanimatolog o'z zimmasiga oladi, bemorning ahvoli yaxshilangandan so'ng tegishli bo'limga qaytariladi. Bu ishlar bir necha kunda amalga oshadi, bemorning reanimatsiya bo'limidan sog'ayib chiqishi uning holatiga qarab belgilanadi.

Terminal holat quyidagi bosqichlardan iborat:



  • o'lim talvasasi;

  • terminal pauza;

  • agonal holat;

  • klinik va biologik o'lim.

О 'lirn oldi yoki o'lim talvasasi holatiga quyidagi belgilar xos: bemorning hushi yo'q, qon bosimi past, yurak-tomir urishi ipsimon va tez, keyinchalik bradikardiya va nafas olish tezlashadi, patologik nafas turiga aylanadi, hamma to'qima a'zolarda chuqur kislorod yetishmovchilik belgilari bor.

Terminal pauza ikki-uch daqiqa, ayrim hollarda bir nechasekund davom etadi; u sayyor asab faolligiga bog'liq. Bemor nafasi sekinlashib tezlashadi, tomir urishi ham tezlashib sekinlashadi, nafas ham to'xtashi mumkin, birozdan keyin yurak urishi davom etishi mumkin.

Agonal holatda miya po'stlog'i ishdan chiqadi, po'st-loqostTmarkazlari tartibsiz ishlaydi. Bemor o'limi yaqinlashishiga qaramasdan, qon bosimi vaqtincha bo'lsa ham oshadi, tomir urishi tezlashadi, yurak ritmi yaxshilanadi, miyaning zaryad faolligi oshadi, bemor bezovtalanadi, ba'zan hushiga ham kelishi mumkin, bu urinishlar vaqtincha bo'lib, klinik o'limga o'tadi.

Klinik о'1imni. — hayot bilan o'lim o'rtasidagi holat bo'lib, 3—4~daqiqani o'z ichiga oladi.




Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin