Zamonaviy tibbiyot ko'rsatmalariga, katta va maxsus kuyish markazlari tajribalariga tayanib quyidagi ko'rsatma va muolajalarni ilova qilamiz:
— tegishli talablar yoki tablitsalar yordamida kuyish maydoni,
chuqurligi va xarakterini aniqlash;
— markaziy tomirlardan biriga katetr qo'yish, bemor
qo'zg'aluvchan bo'lsa uni tinchlantirish choralarini ko'rish va
og'riqsizlantirish;
kuyish maydoni 20 % bo'lgan bemorlarda (qariyalarda 10 %
bo'lsa) infuzion terapiyani kechiktirmaslik;
kasalxonada qilinadigan barcha tahlillar uchun qon, siydik
va boshqa materiallar olish, xususan, qon guruhi va rezus omilni
aniqlash;
108
«т» шт шт им ■
organizm ko'rsatkichlarini (qon bosimi, tomir urishi,
nafas, siydik miqdori, markaziy vena bosimi) aniqlab, ularni
maxsus kuzatuv varaqasiga yozib borish; bemorni isitish choralarini
ko'rish. Bemor og'ir darajada kuygan bo'lsa ham, kuyish shokida
qon bosimi tushib ketmaydi. Shunisi bilan boshqa shoklardan farq
qiladi.
bemorning yoshi, kuyish maydoni foizi, kuygan sohaga
qarab hamda yo'ldosh kasalliklarni hisobga olib, suyuqlik quyish
sutkalik miqdorini aniqlash;
barcha dorilar tomir ichiga yuboriladi, mushak orasiga
yuboriladigan dorilar kuygan bemorlarda yaxshi so'rilmaydi;
kuyish maydoni foizi qancha bo'lishidan qat'iy nazar, 50
yoshgacha bo'lgan bemorlarga (agar yo'ldosh kasalligi bo'lmasa)
birinchi sutkada 5—6 litr, 50 yoshdan katta bemorlarga 4 litr, 2—
3 sutkalarda birinchi quyilgan suyuqlikning teng yarmini quyish
zarur;
yosh bolalar va nafas yo'llari kuygan bemorlarda hamda
keksalarda suyuqlik miqdorini 2—3 litrdan oshirmaslik zarur;
suyuqliklar: qon, plazma, kolloidlar, kristalloidlar,
elektrolitlar 2:1 nisbatda quyilishi lozim;
agar bemor suyuqlik icha olsa, ko'proq suv ichirish lozim.
Kuyish maydoni 50 % dan ortiq bo'lsa, ko'p suyuqlik ichish
oshqozon atoniyasiga olib kelishi mumkin;
anuriya, oligoanuriya paydo bo'lsa, o'tkir buyrak yetish-
movchiligiga qarshi choralar ko'riladi;
doim kislorod berib turiladi, ayrim jarrohlik muolajalar
umumiy og'riqsizlantirish ostida o'tkaziladi;
qayd etilgan ko'rsatma va muolajalarni bajarishda antiseptika
va deontologiya qoidalariga rioya qilinadi;
^dQni ^ancha katta bo'lsa, shuncha ko'p miqdorda .kolloidlar, kristalloidlar miqdorining nisbati 3:3
i novokainning ahamiyati katta. Uni
'ami kamaytiradi. Kuyish shokini
aamiyati ham katta. Toza olingan qon
radi. Kuyish shokida 40 % gacha oqsil-
iratlarini quyishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |