O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi oliy va o'rta tibbiy ta'lim bo'yicha o'quv-uslubiy idorasi



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə77/153
tarix02.01.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#43388
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153
O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi o'zbekiston respublikas

5.7. Kuyish shoki

Kuyishlar, asosan, tasodifiy hodisa bo'lib, katta baxtsizliklarga olib keladi. Yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaslik, turli baxtsiz hodisalar, ehtiyotsizliklar, xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzish va ba'zan baxtga qarshi o'z joniga qasd qilish holatlari kuyishga sabab bo'ladi. Kuyishlar ishlab chiqarish bilan ham bog'liq. U erkaklarda 71,3 % ni tashkil qiladi. Uy-ro'zg'or ishlari bilan bog'liq bo'lgan kuyishlar ayollarda 55,5 % ni tashkil qiladi.

Kuyish shokining kelib chiqish patogenezi boshqa shoklardan farq qiladi. Kuyish shokining kelib chiqishida bir necha nazariyalar mavjud.

Toksemiya (zaharlanish) nazariyasi. Bu nazariya bo'yicha kuygan joylardan zaharli moddalar qonga tushishi oqibatida antigen-allergiya reaksiyasi sodir bo'lib, kuyish shokini keltirib chiqaradi.

Plazma yo'qotish yoki qonning quyuqlanish nazariyasi gemokonsentratsiya. Bu nazariya bo'yicha tomirlar o'tkazuvchan-ligi oshishi natijasida qonning plazma qismi tomirlardan chiqib, to'qimalarning qon bilan ta'minlanishi yomonlashadi, natijada to'qimalar gipoksiyasi sodir bo'ladi, bu esao'limgaolib keladi. Bunda plazma bilan birga 40 % dan ko'p oqsil ham yo'qoladi. Qonning quyuqlanishi hayot uchun zarur bo'lgan a'zolarda trom-boemboliyalarning ko'payishiga sabab bo'ladi.

Neyrogen nazariya. Kuyish maydonidan kelgan og'riq va patologik impulslar markaziy asab sistemasini haddan tashqari qitiqlab, uni holdan toydiradi. Kuyish maydoni qancha katta bo'lsa, kuyish shoki shuncha tez rivojlanadi. Kuyish shokida birorta a'zo va sistema zarar ko'rmasdan qolmaydi. Birinchi navbatda buyrak ishdan chiqadi, siydik miqdori kamayadi yoki umuman bo'lmaydi. Agar bemor kuyish shokidan o'lmasa, uni saqlab qolish choralari ko'rilsa, kuyish kasalligi quyidagi davrlarda kechadi:

a — kuyish shoki fazasi, 1—3 kun davom etadi;

b — toksik-zaharlanish fazasi, 3—12 kun davom etadi;

d — kuyish kasalligi yoki septik asoratlar va organizmning kuyishdan keyingi tuzalishi.

* ъ»л, *№Ш m.w *^«t *m * *ш *w «** шм» **&м* 'шя яШ- Mm «s* mm, **» «*** «да >*м **s > J 071



Bemorning taqdirini hal qilishda yoki aniqlashda kuygan joy inson tanasining necha foizini tashkil qiladi, kuygan sohani, uning chuqurligini bilishning ahamiyati katta. Agar kuyish nafas yo'llari kuyishi bilan qo'shilib kelsa, o'lim katta foizni tashkil qiladi.

Nafas yo'llari kuygan bemorning yuzi, qoshlari, sochlari, lablari kuyib, xirillab nafas oladi, gipersolivatsiya(so'lak, balg'am-ning ko'p ajralishi) natijasida nafas yo'llari berkilib qolishi mumkin. Nafas yo'llari kuygan bemorlarning 80 % 2—3 kundan keyin o'ladi.

Kuyish shoki kuyishning birinchi asoratlaridan biri hisoblanadi. Ayrim olimlarning fikricha kuyish shoki jarohatlar natijasida kelib chiqadigan shok klinikasini bermaydi, klinikasi jihatidan boshqa shoklardan farq qiladi.

Ayrim mualliflarning fikricha, kuyish shoki fazasi bir necha soatdan 2—3 sutkagacha davom etadi. Agar kuyish darajasi va chuqurligini hamda bemor yoshini hisobga olsak, kuyish shoki erektilva torpid fazalarda va to'rt darajada kechadi.

Birinchi darajali kuyish shokida kuyish maydoni 20 % ni tashkil qiladi, bundan 5—10 % chuqur kuyish hisoblanadi. Bemor bezovta, nafas olishi tez, qon bosimi va markaziy vena bosimi me'yorida, tanasi sovuq, qusadi, qon quyuqlashadi. Kuyish shokida bemorga beriladigan yordam yordam berish vaqtiga va hajmiga bog'liq bo'ladi. 80 yoshdan oshgan bemorlarga berilgan yordam natijasiz bo'lishi mumkin.

Ikkinchi darajali kuyish shokida kuyish maydoni 21— 50 %ni tashkil qilib, shundan 10—30 % chuqur kuyish hisoblanadi. Bunda bemorning ahvoli og'ir, bezovta, befarq, lablar ko'kargan, tanasi sovuq, qoni quyuqlashgan, qusadi, qon bosimi pasaygan, tomir urishi tez, tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdori kamaygan, gematokrit oshgan bo'ladi.

Siydik miqdori kamayadi va unda oqsil, gemoglobinuriya va albuminuriya paydo bo'ladi. Bu darajada qonda oqsil miqdori ikkin­chi kundan boshlab kamaya boradi. Bemor yosh bo'lsa, kuyish maydoni chuqurligi 10 % dan oshmasa, jadal davolash usullari tez va o'z vaqtida qo'llanilsa, bemorni saqlab qolish mumkin, yoshi 50 dan o'tgan bemorlarni saqlab qolish ancha mushkul bo'ladi.

Uchinchi darajali kuyish shokida kuyish maydoni SO-SO % ni, chuqur kuygan joylar esa 30—60 % ni tashkil qiladi. Bemor qo'zg'aluvchan (erektil fazasi), keyin befarq bo'ladi. Tana sovuq, ko'karish keng tarqalgan, mikrosirkulatsiya total buzilgan,



gemoglobin miqdori 22 g/litrgacha, gematokrit 65 % gacha bo'lib, tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdori 25—30 % ga kamayadi, oliguriya, oligoanuriya sodir bo'ladi. Davolash qariya-larda ancha og'ir kechadi.

To'rtinchi darajali kuyish shoki o'ta og'ir shok bo'lib, jami kuyish maydoni 80 % ni, chuqur kuyish maydoni esa 60— 65 % ni tashkil qiladi. Bu shokda bemor behush, tanasi sovuq, qon gemolizga uchraydi, gematokrit 24 %, qon bosimi past, tomirlar ichida aylanib yurgan qon miqdori 40—50 % ga kamaygan bo'ladi. Organizmdagi umumiy oqsil miqdori 50 % dan ham kamayib ketgan bo'lib, bemor tinmay qusadi, ichaklar parezi ko'zga tashlanadi, oshqozon kengayib ketadi, oshqozon va ichakdan qon ketishi kuzatiladi. Bu darajada kuygan bemor yosh bo'lishiga qaramay, jadal davolanmasa shok holatidan chiqmaydi.


Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin