Klinik belgilari. Bemor ko'p uxlaydi, injiq bo'lib, mushak-lari tortiladi; teri qoplamalari sarg'ayib, laboratoriya ko'rsatkichlari o'zgaradi. ALT, AST miqdori ko'payib, siydikning kamaya boshlashi gepatorenal sindromdan darak beradi. Bemorning boshi og'riydi, holsizlanadi, ishtahasi past bo'lib, organizm harorati pasaya boshlaydi. Bemor qo'zg'aluvchan bo'lib, vaysay boshlaydi. Qizilo'ngachdan qon ketishi mumkin.
Davolashda asosiy maqsad imkoni borichajigar to'qimalariga qo'shimcha glikogen to'plashdan iborat. Metabolik asidoz va elektrolitlar yetishmovchiligini to'ldirish kerak. Bemorga ugle-vodlarga boy ovqatlar beriladi, yog'lar ovqat ratsionidan umuman olib tashlanadi. Oqsillar oz miqdorda beriladi.Umumiy oqsil miqdori aniqlanib, agar kam bo'lsa, oqsil moddalar (albumin, protein, plazma) quyiladi. В guruh vitaminlar, folat kislota bilan birga buyuriladi. Jigar to'qimalarining kuchini va kasallikka nisbatan chidamliligini oshirish maqsadida metionin, vitamin С va B|2 lar qo'llanilsa, foydasi katta bo'ladi. Dezintoksikatsiya maqsadida 10 % li gemodez, glukoza, 10 % li glutamin kislotasi va sodali eritmalar quyiladi. Bemorni tinchlantirish — uning qo'z-g'aluvchanligini bartaraf etish jigar yetishmovchiligini davolashda asosiy o'rinni egalaydi. Chunki qo'zg'aluvchanlik, og'riq va tinchlikning saqlanmasligi organizmda kislorodga bo'lgan eh-tiyojni oshiradi. Antibiotiklardan kanamitsin 6 g gacha yuboriladi, doim kislorod berib turishning ahamiyati katta. Ichak ishini yaxshilash maqsadida magneziy sulfat eritmasidan ichishga beriladi. Gormonlardan foydalanish, gemasorbsiya, gemodializ va qonni almashtirish metodlari bemor ahvoliga qarab belgilanadi.
Jigar komasi jigarning o'tkir distrofiyasi, kuchli zaharlanishlar, shikastlar, sirrozlar oqibatida yuz beradi.
6.6. Eklampsiyadan keyingi koma
Eklampsiya murakkab patogenez va turli xil klinik ko'rinish-larga ega. Eklampsiya tutqanog'idan keyin onaning ham, homi-laning ham ahvoli og'irlashadi. Eklampsiya tutqanoqlaridan keyin tug'ilgan chaqaloqlar jadal davolashga muhtoj bo'ladilar.
vtg"щш тш »■ ■ ■. • s mm. ■ ■ ■ ss&sm ч ■ • м w . --- . --^'- | 2 1
Eklampsiya quyidagi klinik belgilarga ega: qon bosimining yuqori bo'lishi, organizmda, xususan, oyoqlarda shish bo'lishi, protenuriya. Shu simptomlar eklampsiyaning yo'ldosh belgilari hisoblanadi. Teriosti yoki ko'z pardasiga mayda qon quyilishi, tutqanoqlarning tez-tez tutishi oqibatida bemor komaga tushadi; shuningdek, o'tkir nafas yetishmovchiligi, koagulopatik qon ketishlar, o'tkir buyrak va jigar yetishmovchiligi, ko'z to'r pardasiga qon quyilishi ko'zning xiralashishiga va ko'rmay qolishiga sabab bo'ladi.
Yuqorida qayd etilgan xavf-xatarlar, klinik belgilar va asorat-larni hisobga olib, homilador ayolning toksikoz belgilarini iloji boricha o'z vaqtida topib, eklampsiyagacha olib kelmaslik chora-larini ko'rish kerak. Eklampsiyaning oldini olish, uning asoratlarini davolashdan afzaldir.
Eklampsiya kechki toksikoz asorati hisoblanadi. Kechki toksikozi bor homiladorlarga biriktirilgan hamshiralar, akusher-kalar ularni doim nazorat qilib turishlari kerak. Eklampsiya tutqanoqlari to'satdan sodir bo'lishi mumkin, shularni hisobga olib bemorlar o'zlari bilan tutqanoqqa qarshi dori-darmonlar olib yurishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: |