Miya tomirlari aterosklerozi, qand, gipotoniya, yurak kasal-liklari va revmatizm bilan kasallangan kishilarda boshqalarga qaraganda 2—4 marta ko'p uchraydi.
Patogenezi.Miyaning ma'lum bir qismi qon bilan ta'min-lanmay qolishi natijasida miya shishadi, keyinchalik nekrozga aylanadi. Miyada destruktiv o'zgarishlar paydo bo'ladi. Ishemiya va nekrozga olib keladigan sabablardan yana biri qon tomirining tromb yoki embol bilan berkilib qolishidir. Miya infarkti miyaning turli sohalarida bo'lishi mumkin. Ko'pchilik hollarda miya po'st-log'i, miya yarim sharlari, po'stloqosti qismida bir yoki bir necha ishemik zonalar paydo bo'ladi.