Klinik belgilari. Kasallik to'satdan, ko'pincha, kunduzi boshlanadi. Boshlanishiga kuchli jismoniy mehnat, to'yib ovqat yeyish, ruhiy taranglik, kuchlanish bahona bo'ladi. Bemor hushini yo'qotib, yiqiladi, koma holatiga tushadi, sezuvchanlikning barcha turlari yo'qoladi. Bemorning yarim tanasi shol bo'lib qoladi, ya'ni gemiplegiya sodir bo'ladi. Shol bo'lgan tovon tashqariga qarab buraladi, bemorning boshi, ko'zi qon quyilgan tomonning teskarisiga qarab qoladi. Bu holat „bemor o'choqqa qaramoqda" deb ham nomlanadi. Shol bo'lgan tomonda mushaklar tonusi bo'lmay, patologik reflekslardan Babinskiy belgisi bo'ladi. Ko'z
4
qorachiqlari kengaygan, anizokariya bo'lib, qon quyilgan tomon burun-lab burmasi yo'qoladi, og'iz burchagi osiladi. Bemorning ko'zi qizargan; nafasi tez-tez shovqinli, ya'ni nafas yo'llari o'tkazuvchanligi buziladi; nafas yo'llari balg'am bilan to'ladi. Tomir urishi to'liq va tez bo'ladi; qon bosimi 200/110, 300/180 mm.sim.ust. Organizm harorati 40°C va undan ortiq bo'lishi mumkin. Ikkinchi kundan boshlab o'pkada yallig'lanish jarayoni boshlanadi va yotoq yaralar paydo bo'ladi. Agar miya qorinchalariga qon quyilsa, yuqoridagi belgilar kuchliroq bo'ladi. Hatto gemiplegiya bo'lgan tomonda ham tartibsiz harakat paydo bo'ladi. Bemor ko'rpani ustiga tortadi, pashsha haydagandek tartibsiz va ma'nosiz harakatlar qiladi. Bu harakatlar avtomatik ravishda bajariladi. Miya qorinchalariga ko'p qon quyilsa yoki qon bilan to'lib qolsa, biror ta'sirotdan keyin klonik, tonik tutqanoqlar paydo bo'ladi. Qonda leykotsitoz, siydikda eritrotsitlar, oqsil va silindrlar paydo bo'ladi. Qonda qand miqdori oshadi, mochevina ham oshadi, orqa miya suyuqligida bosim oshib, qon paydo bo'ladi. Gemorragik qon quyilishida o'lim 80—85 % ni tashkil qiladi.
Bemor o'lmay qolsa, asta-sekin komadan chiqa boshlaydi, oldin sezuvchanlik paydo bo'ladi, komadan saporoz holatiga, keyin karaxtlik holatiga o'tib, keyin hushdan ketadi.
Subaroxnoidal qon quyilishi parenximatoz qon quyilishida-gidek kechadi. Lekin ko'pincha miya tomirlari anevrizmi yorili-shidan ham kelib chiqadi. Anevrizmning yorilishiga bosh miya jarohatlari, gipertoniya kasali, ateroskleroz sabab bo'lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |