Gemorragik insult parenximatoz, subaroxnoidal, sub va epidural qon quyilishlarga bo'linadi.
Parenximatoz qon quyilishga 80—85 % holatlarda xafaqonlik kasalligi, miya qon tomirlari aterosklerozi, miya qon tomirlarining shamollashi, qon kasalliklari, turli xil o'tkir zaharlanishlar sabab bo'ladi.
Patogenezi. Miyaga qon quyilishi diapedez yo'l bilan tomir-lar yorilishi natijasida sodir bo'lishi mumkin. Gipertonik kriz natijasida miya tomirlari spazmi yoki parezi kuzatiladi. U o'z navbatida miyada qon aylanishining buzilishiga olib keladi, natijada
»*. шшш, 125
7-rasm. Miya ichi gematoma turlari.
gipoksiya sodir bo'lib, tomirlar o'tkazuvchanligini oshiradi va diapedez yo'li bilan qon quyilishi sodir bo'ladi.
Diapedez yo'li bilan qon quyilganda qonning ivish siste-masining ahamiyati ham katta. Qon quyilishlar miya stvoli, miya yarim sharlari, miyachada ko'p uchraydi. Quyilgan qon o'lchami turli xil bo'lishi mumkin. Quyilgan qon gematoma shaklida va to'qimalarga singib kirgan holda bo'lishi mumkin. Gematoma shaklida qon quyilishlarda quyidagi zonalarni uchratish mumkin (7-rasm):
gematoma zonasi — qon laxtalari bo'lib, aniq bir chegarasi
bo'lmaydi;
infiltrat zona o'lchami 2—3 ml bo'lib, miya to'qimalari
nekrozga uchragan bo'lishi mumkin;
miya to'qimasi shishuvi zonasi — miya to'qimalariga singib
kiruvchi qon quyilishlarda aniq bir chegara bo'lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |