O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi X. S h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V sug‘urta ishi


Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtaviy javobgarlik



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə43/123
tarix16.12.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#182970
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123
X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V-fayllar.org

Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtaviy javobgarlik
bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari (%)
I x t i yo r i y
shaxsiy sug‘urta
mol-mulk sug‘urtasi
javobgarlik
sug‘urtasi
Majburiy
sug‘urta
y i l l a r b o‘ y i ch a
Sug‘urta
tashkilotlarining
nomi
19
99

20
00

20
01

20
02

19
99

20
00

20
01

20
02

19
99

20
00

20
01

20
02

19
99

20
00

20
01

20
02

«O‘zbekinvest»
EIMSK
3,7 17,6 0,9 2,1 63,8 80,7 97,1 39,7 65,8 69,8 4,0 9,0 15,2 28,6 27,8 49,2
«O‘zagrosu-
g‘urta» DASK 48,1 55,0 23,6 34,7 23,6 10,8 1,3 15,0 0,3 0,5 0,3 2,5 69,0 58,0 56,6 30,7
«Kafolat»
DASK
44,1 22,2 8,8 8,5 5,6 3,0 1,0
5,8 0,2 0,2 0,6 4,6 14,5 9,7 8,9 12,5
«Madad» SA
2,8 2,3 0,4 0,4 0,6 0,6 0,03 0,04 14,6 12,7 9,4 6,1 1,3 3,7 5,3 7,6
Boshqa sug‘urta
tashkilotlari
1,3 2,9 66,3 54,3 6,4 4,9 0,57 39,46 19,1 16,8 85,7 77,8 0
0 1,4 0,0
Manba: O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
tashkilotlari hisobotlari asosida tayyorlangan.
Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtaviy javobgarlik
bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlari tahlili (4-jadval) shuni
ko‘rsatmoqdaki, majburiy sug‘urta bo‘yicha keltirilgan yillarda,
mos ravishda, «O‘zagrosug‘urta» DASK 69,0; 58,0; 56,6; 30,7,
«O‘zbekinvest» EIMSK 15,2; 28,6; 27,8; 49,2, «Kafolat» DASK
14,5; 9,7; 8,9; 12,5, «Madad» SA 1,3; 3,7; 5,3; 7,6 foiz ulush-
larga egadir. Bu yetakchilik holati ularning faoliyat yo‘nalishla-
ridagi o‘ziga xoslikning o‘rni bilan izohlanadi.
Sug‘urtaviy javobgarlikning ixtiyoriy shakli bo‘yicha shuni qayd
etish mumkinki, keltirilgan yillarda uning ko‘lami ortgan.
Xususan, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtaviy
javobgarlikning eng ko‘p ulushlari keltirilgan yillarda 63,8; 80,7;
97,1; 39,7 foizlarda «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga, boshqa
sug‘urta tashkilotlari («O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASK
hamda «Madad» SAlar bilan birgalikda) hisobiga, uning mos
ravishda, 36,2; 19,3; 2,9; 60,3 foiz ulushlari to‘g‘ri kelgan. Bu
ko‘rsatkich boshqa sug‘urta tashkilotlarining bu boradagi ulushlari
2001-yilda 1999-yilga nisbatan 12 martaga kamayganligini
ko‘rsatadi. Buning sababi «O‘zagrosug‘urta» DASKning 2001-
7 — Sug‘urta ishi


8 2
yildagi ulush ko‘rsatkichlari 1999-yilga nisbatan 18, «Kafolat»


DASKniki 6 martaga kamayib ketganligidir. 2002-yilda bu borada
katta ijobiy siljish bo‘lganligi kuzatildi. Xususan, 2001-yilga nisbatan
«O‘zagrosug‘urta» DASK 11,5; «Kafolat» DASK 5,8; (tadqiqot
obyekti bo‘lgan 4 ta sug‘urta tashkilotlaridan tashqari) boshqa sug‘urta
tashkilotlari hisobiga 65,8 martaga ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
bo‘yicha javobgarlik hajmi ortganligini ta’kidlash lozim. Shunday
natijalarga erishilganligi sababli, «O‘zbekinvest» EIMSKdan tash-
qari, boshqa sug‘urta tashkilotlarining umumiy javobgarlik hajmidagi
ulushlari 60,3 foizni tashkil etganligi kuzatildi.
2002-yil ma’lumotlari tahlilidan kelib chiqib, shuni qayd etish
lozimki, mol-mulkni risklardan sug‘urtalashga talab ortib borayotgan
hozirgi vaqtda, ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta
tashkilotlarining sug‘urtaviy javobgarlikni («O‘zbekinvest» EIMSKdan
tashqari) ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari faollashib bormoqda.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari tomonidan ixtiyoriy javobgarlik
sug‘urtasi bo‘yicha javobgarlik hajmining ortishi tadbirkorlik risklari
sug‘urtasi bilan uzviylikda kechadigan jarayon bo‘lib, bu borada
«O‘zbekinvest» EIMSKning 1999-yilda 65,8; 2000-yilda 69,8 foiz
ulushi bo‘lgan bo‘lsa, 2001-yilda bu ko‘rsatkich 2000-yildagiga
nisbatan 17 martaga kamaygan, 2002-yilda oldingi yilga nisbatan
2,2 martaga ortganligiga qaramasdan, u hamon 2000-yildagiga
nisbatan 12,9 martaga kamdir. Bu borada «Madad» SA ham 1999-
yilda 14,6; 2000-yilda 12,7 foiz ulushlariga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2001—
2002-yillardagi uning bu ko‘rsatkichi oldingi yilga nisbatan o‘rtacha
35 foizga kamayganligi kuzatildi. Bu holat ular o‘z o‘rinlarini boshqa
sug‘urta tashkilotlariga bo‘shatib berayotganliklarini ko‘rsatadi.
Boshqa sug‘urta tashkilotlarining 1999-yildagi jami ulush
ko‘rsatkichlari 19,1; 2000-yilda esa, u 16,8 foiz bo‘lgan yoki oldingi
yilga nisbatan 2,3 punktga kamaygan. 2001-yilda boshqa sug‘urta
tashkilotlarining ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi bo‘yicha
ko‘rsatkichlari 85,7 foizni tashkil etgan yoki 2000-yildagiga nisbatan
5,1 martaga keskin o‘sishi, 2002-yilda 2001-yilga nisbatan 7,9
punktga kamayishi kuzatilgan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, shuni
ta’kidlash lozimki, mamlakat sug‘urta tashkilotlarining sug‘urtaviy
javobgarlik bo‘yicha ulush ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sishga
erishishlari dolzarb bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta
bo‘yicha mukofot tushumlaridagi ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlili


8 3
ularning keltirilgan yillarda mos ravishda o‘sib borayotganligini


ko‘rsatdi. Xususan, «O‘zbekinvest» EIMSK 2000-yilda oldingi yilga
nisbatan 2,3; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan 7,7; 2002-yilda esa 15,9
martadan ortiqroq summadagi mukofotlar tushumiga ega bo‘lgan.
Ammo «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASKlar, «Madad» SA va
boshqa sug‘urta tashkilotlari tomonidan barqaror ravishda mukofot
tushumlari o‘sishiga erishilmagan yoki mukofot summalari birmuncha
kamayishiga ham yo‘l qo‘yilgan. Masalan, «Kafolat» DASK bo‘yicha
2000-yilda oldingi yilga nisbatan 3,2; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan
14,8 foiz mukofot tushumlari kam jamlanganligi aniqlandi. 2002-
yilda kompaniyaning bu boradagi ko‘rsatkichi 55,9 foiz o‘sganligi
kuzatildi.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha qoplama to‘lovlaridagi ulush
ko‘rsatkichlari o‘sishi «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga 2000-yilda
oldingi yilga nisbatan 7,2; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan 10; 2002-
yilda 41,1 martadan ko‘proq summadagi to‘lovlar to‘g‘ri kelgan.
«O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASKlar, «Madad» SA
tomonidan 1999-yilga nisbatan 2001-yilda amalga oshirilgan qoplama
to‘lovlari summasining foiz ko‘rsatkichlari kamayganligi kuzatildi.
Masalan, «Kafolat» DASK tomonidan 2001-yilda 1999-yilga nisbatan
bu ko‘rsatkich 36,6 foizga kamaygan. 2002-yilda «Madad» SA
bo‘yicha 1999-yilga nisbatan 4,6 martaga qoplama to‘lovlari ortgan
bo‘lsa, «O‘zagrosug‘urta» va «Kafolat» DASKlar tomonidan qopla-
ma oldingi yillarga nisbatan ko‘proq to‘langanligini qayd etamiz.
Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha keltirilgan yillarda amalda
bo‘lgan shartnomalar sonidagi o‘sishlar turlicha bo‘lgan. Xususan,
2001-yilda 1999-yilga nisbatan amalda bo‘lgan shartnomalar soni
«O‘zbekinvest» EIMSKda 60,9; «Kafolat» DASKda 28,1; boshqa
sug‘urta tashkilotlari bo‘yicha 11,7 foizga kamaygan. 2002-yilda
shartnomalar 1999-yilga nisbatan «Kafolat» DASK tomonidan
47,1; «Madad» SA tomonidan 72,2 foizga kam tuzilgan. Bu holat,
asosan, yakka tartibda tuzilgan shartnomalar soni kamayishi
hisobiga yuz berganligi bilan izohlanadi.
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtaviy javobgarlik
ulushidagi o‘sishlar faqat «O‘zbekinvest» EIMSK hisobiga 1999-
yilga nisbatan 2000-yilda 126,5; 2001-yilda 152,2 foizga, 2002-
yilda 5,6 martaga ortganligi kuzatildi. 2001-yilda «O‘zagrosug‘urta»
va «Kafolat» DASKlar hamda «Madad» SA bo‘yicha sug‘urtaviy
javobgarliklar hajmi keskin kamaygan. Masalan, «O‘zagrosug‘urta»


8 4
DASKda 94,5; «Madad» SAda 94,3 foiz miqdorida kamayganligi


kuzatildi. 2002-yilda «O‘zagrosug‘urta» DASK bu borada keskin
o‘sishga erishganligi aniqlandi.
Mamlakat sug‘urta tashkilotlarining ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi
bo‘yicha mukofot undirilishidagi ulush ko‘rsatkichlari 1999—2002-
yillardagi o‘sishining tahliliga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki,
«O‘zbekinvest» EIMSK tomonidan bu borada samarali faoliyat olib
borilganligi natijasida 2000-yilda oldingi yilga nisbatan 16,5; 2001-
yilda 1999-yilga nisbatan 62,9 foizga, 2002-yilda bu ko‘rsatkich bazis
yiliga nisbatan 8,7 martaga ortganligi aniqlandi. «O‘zagrosug‘urta»
va «Kafolat» DASKlarning ko‘rsatkichlari, mos ravishda, 2000-yilda
oldingi yilga nisbatan 24,5; 16,9; 2001-yilda esa, 1999-yilga nisbatan
57,8; 39,7 foizga kamayganligi kuzatilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkichlar
2002-yilda 2,4; 3,5 martaga ortganligi aniqlandi. 1999—2001-yillar
nisbatida «Madad» SAning ko‘rsatkichlari keskin kamaygan, ya’ni
2000-yilda oldingi yilga nisbatan 91,7; 2001-yilda 1999-yilga nisbatan
94,7 foiz mukofot kam jamlangan. 2002-yilda esa, bu ko‘rsatkich
1999-yilga nisbatan 37 punktga pasaygan. Bu ko‘rsatkich agentlik
uchun 2001-yilga nisbatan ijobiy hisoblansa-da, bu borada u o‘z
faoliyatini takomillashtirishi lozimligi ko‘zga tashlandi.
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tashkilotlari
tomonidan amalga oshirilgan qoplama to‘lovlaridagi ulush
ko‘rsatkichlarining o‘sishi 1999-yilga nisbatan 2000-yilda «Kafolat»
DASKda yaqin 6,2 marta ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, «O‘zagrosug‘urta»
DASK hisobidan to‘langan qoplama summalari 4,3 foizga
kamaygan, «Madad» SA tomonidan 1999—2001-yillarda amalga
oshirilgan qoplama hajmi o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, 2002-yilda
oldingi yillarga nisbatan qoplama summasi 32,9 foiz kam to‘langan.
«O‘zbekinvest» EIMSK tomonidan 1999-yilga nisbatan 2000-
yilda 98,5 foiz; 2001-yilda 64,5 foiz darajasidagi qoplama to‘lovlari
summasi mijozlarga to‘langan. 2002-yilda kompaniya tomonidan
qoplama to‘lovlari 1999-yilga nisbatan 4,1 martaga keskin ortgan.
Boshqa sug‘urta tashkilotlari hisobidan 2000-yilda oldingi yilga
nisbatan qoplamalar 63,6 foizda amalga oshirilgan. 2001-yilda
1999-yilga nisbatan qoplama 2,2 martaga kam to‘langan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2002-yilda 11,8 martaga ortganligi aniqlandi. Kel-
tirilgan ma’lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, 1999—2002-yillarda
mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatgan sug‘urta tashkilotlari turli
summalarda qoplama to‘lovlarini amalga oshirgan. Ehtimollikka


8 5
ko‘ra, qoplama to‘lovlari summasini oldindan aniqlashtirib borish


orqali risklar darajasi va ko‘lamiga mos ravishda sug‘urta zaxirasini
shakllantirish sug‘urta tashkilotlari faoliyatining moliyaviy bar-
qarorligini ta’minlashning muhim omili bo‘lib qolmoqda.
Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi shartnomalari sonidagi o‘sishlar
ko‘rsatkichiga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, 1999—2002-
yillarda «O‘zagrosug‘urta» DASK tomonidan 1999-yilga nisbatan
2000-yilda 17,0; 2001-yilda 10,2; 2002-yilda 27,0 foizga son
jihatdan ko‘proq shartnomalar tuzilishiga erishilgan. Ixtiyoriy mol-
mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzishda 2000-yilda oldingi
yilga nisbatan «O‘zbekinvest» EIMSK 32,0; «Madad» SA 2,0;
boshqa sug‘urta tashkilotlari 2,5 marta son o‘sishiga erishgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich «Kafolat» DASKda 96,2 foizga kamaygan. 2001-
yilda «O‘zagrosug‘urta» DASKdan boshqa barcha sug‘urta tashki-
lotlarida shartnomalarning son ko‘rsatkichlarida kamayish an’anasi
kuzatilgan bo‘lsa, 2002-yilda «O‘zbekinvest» EIMSK 26,5;
«O‘zagrosug‘urta» DASK 27,2 foiz darajasidagi o‘sishga erishilgan.
Sug‘urta tashkilotlari tomonidan 1999—2002-yillarda ixtiyoriy
shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtaviy javobgarlikning o‘sish
ko‘rsatkichlari 2000-yilda, asosan, «O‘zbekinvest» EIMSKda 4,7
marta; «O‘zagrosug‘urta» DASKda 14,3 foizga; boshqa sug‘urta
tashkilotlarida («Kafolat» DASKda va «Madad» SAdan tashqari)
2,3 martaga ortganligi kuzatildi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin