Sug‘urta tashkilotining
daromadlari va
ularning guruhlanishi
1 0 1
darajasi, kredit foizi dinamikasi, mamlakatdagi ijtimoiy himoya-
ning holati va boshqa qator omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta’sirining qandayligidan qat’i
nazar, amaliyotda sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari
oqimi ortishi yoki kamayishi hodisasi kuzatiladi.
O‘zaro kelishuv shartnomasiga muvofiq sug‘urta tashkiloti
sug‘urta riskining ma’lum ulushi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z
zimmasiga oladi. Bu jarayonda u sug‘urta operatsiyalarini birgalikda
sug‘urtalash mexanizmi orqali sug‘urta mukofotining mos bo‘lgan
qismi o‘z hisobiga o‘tkazilishidan ham daromad olishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbayi qayta sug‘urta
tizimida qatnashish orqali mukofotlar ulushini undirishdir. Bu
ulushning qanday kattalikda bo‘lishi qayta sug‘urtalashning
rivojlanganlik darajasi, unga bo‘lgan talab, qayta sug‘urtalovchilarning
kasbiy yetukligi kabi omillar hamda birlamchi sug‘urta bozori ko‘lami,
sug‘urta risklarining hajmi kabilarning ta’siriga bog‘liqlikda kechadi.
Sug‘urta tashkiloti qayta sug‘urtalashni amalga oshirish
huquqiga ega bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganda shartnoma
10-chizma. Sug‘urta tashkilotlari daromadlarining
manbalari va tarkibi.
1 0 2
shartlariga binoan qayta sug‘urtalashga o‘tkazilgan risklar bo‘yicha
zarar qoplamasidagi ulushini ham undirib oladi.
Sug‘urta tashkiloti vositachilik vazifasini ham bajarishi mumkin.
Masalan, riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish jarayonida sug‘urtachi
vositachilik haqini undirib oladi. Sug‘urta tashkiloti ayrim holatlarga
ko‘ra, riskni boshqa sug‘urtachiga siylov etishi orqali vositachilik va
brokerlik rag‘batlantirishlarini olishdan ham daromad ko‘rishi mumkin.
Teng ulushdagi qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta
sug‘urtachiga tantem to‘lovlari ham nazarda tutilishi sug‘urtachining
qayta sug‘urtalovchining foydasida o‘z ulushiga ega bo‘lishi shaklidir;
b) investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar. Sug‘urta
tashkilotining ushbu faoliyati to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urta faoliyati
bilan bog‘liq emas. Sug‘urtachining investitsiya joylashtirish
imkoniyati sug‘urta mukofotlari hisobidan yuzaga keladi. Odatda,
sug‘urta mukofotlari ma’lum vaqt oralig‘ida sug‘urtachi ixtiyorida
bo‘lishi davrida amaldagi me’yoriy qoidalarga asoslanib, daromad
aktivlariga joylashtirilishi unga investitsiya daromadlarini kelti-
radi. Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha uzoq muddatga hayotni
sug‘urtalash zaxiralari ko‘proq manfaatlidir.
Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan
daromadlari tarkibi:
— bank jamg‘armalari foizlari;
— aksiyalardan dividend foizlari;
— qimmatli qog‘ozlardan daromadlar;
— ko‘chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat
bo‘ladi.
Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug‘urtachi o‘z
mijozlariga bonus to‘lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvi-
dan oladigan manbalari hisobidan to‘laydi.
Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu
faoliyatdan sug‘urtachining olgan daromadlari ayrim sug‘urtalash
turlari bo‘yicha sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga
kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini bermoqda.
Shu nuqtayi nazardan sug‘urta tashkiloti investitsiya faoliya-
tini samarali olib borishi uning daromad manbalari tarkibida
muhim ahamiyat kasb etadi;
d) sug‘urta tashkilotining boshqa daromadlari. Sug‘urtachi sug‘urta
operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan
tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin.
1 0 3
Bunday daromadning manbalari:
— depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari;
— regress tartibida olingan summalar;
— asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni
sotishdan olingan foyda;
— ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar;
— sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari;
— o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan
to‘lovlar hisoblanadi.
Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlari sotuvidan tashqari olgan
daromadlari asosan o‘z filiallariga ish qog‘ozlarini (hisobot
blanklari va shu kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi
«mahsulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga olinadi. Ayrim
hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi.
Sug‘urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug‘urta
tashkilotining kattaligiga bog‘liqdir.
Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan
xarajatlarni sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faoliyatga
taalluqli ekanligini aniqlash murakkab kechadi. Shuningdek,
sug‘urta tashkiloti ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urtalashni
amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish yuzasidan
xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi.
Ma’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida
hamda bosh tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi
yoki hisob raqamiga egaligiga ko‘ra) o‘rtasida mas’uliyat
taqsimotining mexanizmi turlichadir.
Sug‘urta faoliyati — sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida
sug‘urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos
iqtisodiy faoliyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga
ko‘ra qoplama to‘lashning ilmiy asoslanganlik (o‘rganilgan,
hisoblangan, aniqlangan) me’yorini belgilash va ko‘rilgan zararni
sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi
turlichadir. Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘lishi
ham mumkin. Aynan shu yil bo‘yicha sug‘urta tashkilotining
faoliyati zarar bilan tugashi ehtimoli bor. Zaxira fondining
mablag‘i yetishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan
daromad hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma
me’yorini qayta ko‘rib chiqish zarur. Statistik ma’lumotlarga
1 0 4
asoslanib, qayd etish kerakki, sug‘urtaning ko‘p turlari bo‘yicha
amalga oshirilgan sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari
summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. Shunga asoslanib,
tariflarni oshirish emas, balki uning tarkibini o‘zgartirish mantiqan
to‘g‘ri bo‘ladi.
Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug‘urtalovchi
(xalqaro terminda «sedent») qayta sug‘urtalash mukofotining ma’lum
qismini yoki hammasini deponentga o‘tkazishi nazarda tutilishi
mumkin. U shartnoma davri tugashi hamda sug‘urta hodisasi yuz
bermagan taqdirda mazkur mukofotlar hisobidan olingan depo
foizlari bilan birgalikda qayta sug‘urtalovchi hisobiga o‘tkaziladi.
Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo‘ladi.
Shunday kafolat berilishi qayta sug‘urtalash mukofotlarini
moliyaviy zaxira sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi.
Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug‘urta tashkiloti o‘z mijozi
manfaatlarini himoya qiluvchi vakil sifatida sug‘urta hodisasiga
sababchi bo‘lgan aybdor shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham
egadir. Odatda, regress tartibidagi summa sug‘urtachi o‘z kafilligini
bajarib bo‘lganidan keyin undiriladi. Bunday faoliyat natijasida
undirilgan summa sug‘urta tashkilotining sug‘urta ta’minoti to‘lovlari
bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi.
Sug‘urta tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida o‘z
faoliyatida foydalanilayotgan asosiy fondlarini sotish huquqiga egadir.
Shunda faoliyat bo‘yicha sug‘urtachining foydasi asosiy fondni
sotishdan olgan tushum summasi bilan mulkning balans (qoldiq)
bahosida hisobdan chiqarish summasi o‘rtasidagi farq sifatida
aniqlanadi. Sug‘urta tashkilotining mulki ijaraga berilishi mumkin.
Masalan, ko‘chmas mulk obyektlari hamda asosiy fondlardan ayrim
hollarda ijara obyekti sifatida foydalaniladi. Bu faoliyat natijasida
undirilgan ijara to‘lovi ham sug‘urtachining daromadi hisoblanadi.
Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbayi o‘qitish,
maslahat ishlari uchun undirilgan to‘lovlar summasi, shuningdek,
risk-menejment bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi, dastur
«mahsulot»larini o‘rnatib berishi kabilar hisoblanadi. Bu daromadlar
sug‘urtaga to‘g‘ridan to‘g‘ri daxldor bo‘lmasa-da, ammo u bilan uzviy
bog‘liqlikda shakllanadi.
Sug‘urta tashkiloti daromadining shakllanish mexanizmi, tarkibi
va tuzilishini o‘rganish uning o‘ziga xos faoliyat turi ekanligini
namoyon etadi.
1 0 5
Sug‘urtachining jami mablag‘lar sarfi
sug‘urta «mahsulot»i tannarxini tashkil
etadi. U amaldagi me’yoriy hujjatlar
asosida tartibga solinadi hamda sug‘urtachi xarajatlarining tarkibini
belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa tortish bazasini
aniqlashda sug‘urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini
aniqlashtirish ham talab etiladi.
Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (11-
chizma). Sug‘urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat
bo‘lib, har bir tur, o‘z navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat
hamda xarajatlarning amalga oshirilishi vaqtiga qarab guruhlanadi.
Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlariga to‘xtaladigan bo‘lsak,
ular o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) sug‘urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar
sug‘urtachi faoliyatini moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi.
Sug‘urta tashkiloti faoliyatini tahlil etishda mazkur xarajatlar
tarkibini ma’lum belgilariga ko‘ra guruhlash maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urtachining faoliyati jarayonida mablag‘lar sarf etilishi
yuzasidan belgilangan vazifalarga ko‘ra, sug‘urta tashkiloti
daromadi va zararlari haqidagi hisobotiga mos ravishda, sug‘urta
ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin:
— shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari;
— investitsiya faoliyati bo‘yicha xarajatlar;
— boshqaruv xarajatlari;
b) sug‘urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko‘ra
quyidagicha bo‘lishi mumkin:
— ish haqi to‘lovlari;
— davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash
xarajatlari, reklama hamda marketing xarajatlari, xo‘jalik
xarajatlari va boshqalar.
Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga
ko‘ra, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
— sug‘urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish
qog‘ozlarini tayyorlash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tarif hisob-
kitoblari va shu kabi) xarajatlar;
— sug‘urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro
terminda «acquisition») xarajatlar;
— sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan,
riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish bo‘yicha) xarajatlar;
Dostları ilə paylaş: |