9 7
Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli
shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish,
alohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug‘urtalashni joriy qilish
va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini tashkil etish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar berish
sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir.
Litsenziya berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining
bo‘lajak faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. Ya’ni Nizom
jamg‘armasi va o‘z mablag‘larining holati hamda bu mablag‘lar-
ning tashkilot zimmasidagi majburiyatlariga o‘zaro munosabati
ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya berishning zaruri-
yati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan kelib chiqishini unutmaslik
kerak. Chunki, sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz bergan
vaqtda sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni o‘z
vaqtida to‘lashi lozim. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi
organning bu boradagi ishlari nafaqat sug‘urtalanuvchilar man-
faatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari yo‘lida
ham xizmat qiladi.
E’tirof
etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta
faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berish tartibi ishlab
chiqilgan. Sug‘urta tashkilotiga beriladigan litsenziya sug‘urta-
lashning har bir turi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari
guruhlari uchun beriladi. Chunki, ba’zi sug‘urta turlari bo‘yicha
operatsiyani amalga oshirish sug‘urtalovchida yetarli darajada
moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi. Bundan tashqari,
sug‘urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi
stavkalarining to‘g‘ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish za-
rur. Negaki, noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan tarif, pirovard natijada,
sug‘urta tashkilotining moliyaviy nobarqarorligiga yoki to‘lov
qobiliyatining yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, nafaqat
sug‘urta kompaniyalarining, balki qayta sug‘urtalashga
ixtisoslashgan tashkilotlar va vositachilik idoralarining faoliyatini
ham litsenziyalashning kiritilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan
tartibga solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘llari
haqida o‘ylar ekanmiz, yaqin qo‘shni mamlakatlar, xususan,
Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida
biroz to‘xtalsak, foydadan xoli bo‘lmaydi.
7 — Sug‘urta ishi
9 8
Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1200 dan ortiq sug‘urta
tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning aksariyati sug‘urta
faoliyatini nazorat qiluvchi Federal xizmatning litsenziyalariga
ega. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu tashkilot 1992-yilda
tashkil etilgan bo‘lib, u Rossiya sug‘urta bozorini tartibga keltirish
bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘ldi, o‘nlab me’yoriy hujjatlar
ishlab chiqdi. Ulardan eng muhimlari «Rossiya hududida faoliyat
ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi»,
«Sug‘urta zaxiralarini joylashtirish tartibi» va hokazolardir. Mazkur
tashkilot o‘zining qattiqqo‘lligi va boshqa harakatlari tufayli
Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng
asosiysi, sug‘urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida
faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining yetarli darajada
kuchlilarini reyting asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum
qilib boradi.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» gi
Qonuniga muvofiq, sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi oldidagi
majburiyatini bajara olmay qolganda, davlat sug‘urta nazorati
xizmati, mijozlarning manfaatini ko‘zda tutadigan choralar ko‘rishi
kerak. Bozorda ko‘plab sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi,
tabiiyki, bu holat potensial mijozlarni jalb qilish uchun ular
o‘rtasidagi raqobatning ham kuchayishiga olib keladi. Natijada,
raqobatga bardosh bermagan ba’zi sug‘urta kompaniyalari «su-
g‘urta maydonidan» chiqib ketadi. Bunga jahon tajribasidan ham
misollar keltirish mumkin. Jumladan, 1993-yil boshida AQSHda
103 ta fuqarolar hayotini sug‘urtalashga
ixtisoslashgan
kompaniyalar to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan, deb e’lon qilindi.
Qizig‘i shundaki, bu kompaniyalar ichida moliyaviy jihatdan
ishonchli bo‘lgan «Ekzekyutiv Layf Inshuerans» kompaniyasi ham
bor. Mutaxassislar tomonidan uning aktivi bir necha milliard
AQSH dollariga baholangan. Bu yerda, shunday o‘rinli savol
tug‘ilishi mumkin. Xo‘sh, xalqaro sug‘urta bozorida kuzatilgan
yuqoridagidek holat ro‘y bermasligi uchun, davlat qanday chora-
tadbirlar ko‘rishi mumkin?
Birinchidan, hukumat o‘zining tegishli nazorat organi orqali,
sug‘urta kompaniyalari tomonidan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining qat’iy bajarilishini,
shu jumladan, sug‘urta zaxiralarining to‘g‘ri joylanishini nazorat
qilib borish muhimdir.
Ikkinchidan, endi shakllanayotgan
9 9
O‘zbekiston sug‘urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam
xorijiy sug‘urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solishi
kerak. Negaki, bu holat mahalliy sug‘urta kompaniyalarining
raqobatbardoshliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning kasod
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari
hajmiga qarab, ma’lum foiz ajratish yo‘li bilan markazlashgan
sug‘urta jamg‘armasini tashkil etsalar, maqsadga muvofiqdir.
Ushbu jamg‘arma mablag‘lari qiyin holatga tushib qolgan sug‘urta
tashkilotlariga beriladi yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda
majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu
jamg‘arma tashkil etilajak davlat sug‘urta nazorati xizmati
tomonidan, sug‘urtalovchilar uyushmasi vakillarini jalb qilgan
holda boshqarilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: