Sug‘urta bozori
infratuzilmasi
tushunchasi va uning
vazifalari
1
Ïîä. ðåä.
Òóðáèíîé Ê. Å. «Òåîðèÿ è ïðàêòèêà ñòðàõîâàíèÿ», Ó÷åáíîå
ïîñîáèå, Ì.: «Àíêèë», 2003, ñ. 173.
8 7
xizmatidan foydalanadi. Demak, ta’kidlash mumkinki, sug‘urta
bozori infratuzilmasi uning professional ishtirokchilari va boshqa
soha mutaxassislari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida
sug‘urta faoliyatida risklar transferining samaradorligini
ta’minlovchi omil sanaladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining o‘ziga
xosligidan kelib chiqib, shuni qayd etish
mumkinki, uning tarkibiga sug‘urta vosi-
tachilari, sug‘urtachilar uyushmasi, avariya komissari, syurveyer,
aktuariy, sug‘urta auditori, maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar
hamda baholovchi firmalar kabi subyektlar kiradi (8-chizma). Shu
o‘rinda, London sug‘urta bozori infratuzilmasi tarkibiga sug‘urta
anderrayterlari ham kiritilganligini qayd etish mumkin.
Sug‘urta bozori infra-
tuzilmasining tarkibi
8-chizma. Sug‘urta bozori infratuzilmasining subyektlari.
8 8
Ularning har biri sug‘urta bozorida o‘ziga xos o‘ringa egadir.
Masalan, aktuariy sug‘urta xizmatlari narxini aniqlashda
qatnashuvchi subyekt sanaladi. Bunda, u katta sonlar va ehtimollik
qonunlari, shuningdek, statistik ma’lumotlardan foydalanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda sug‘urta tashkilotlari aktuariy
faoliyatisiz sug‘urta xizmatlariga iqtisodiy asoslangan narxlarning
belgilanishini ta’minlay olmaydi. Aktuariy sug‘urta faoliyatini stra-
tegik rejalashtirish, sug‘urta sohalari, klass(tur)lari, shuningdek,
kompaniya bo‘yicha sug‘urta portfeli tarkibi va sifatining tahlili
kabi jarayonlarda ishtirok etadi. Ayrim davlatlarda sug‘urta
tashkilotining hisoboti, uning vakolatli shaxslaridan tashqari,
aktuariy tomonidan ham tasdiqlanishi talab etiladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining yana bir asosiy subyekti —
bu avariya komissaridir. U sug‘urta hodisasi yuz berganidan so‘ng
shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatda
ishtirok etadi. Ta’kidlash mumkinki, avariya komissari sug‘urta
tashkiloti bilan tuzgan shartnomasi asosida faoliyat yuritadi. U
sug‘urta tashkilotining vakili sifatida sug‘urta hodisasi oqibatida
zarar ko‘rgan mulkni ko‘rikdan o‘tkazadi, uning ko‘lami va sa-
bablarini aniqlaydi hamda avariya sertifikatini tuzadi. Ba’zi
mamlakatlarda sug‘urta tashkiloti tomonidan avariya komissariga
ma’lum limit doirasida yo‘qolgan mulkni qidirish xarajatlarini
amalga oshirish huquqi ham berilishi mumkin.
Mamlakatimizda aksariyat hollarda sug‘urta tashkilotining o‘zi
yoki hodisaning turiga qarab, tegishli tashkilot (yo‘l patrul xizmati,
baholovchi tashkilot va boshqa)lar tomonidan avariya
komissarining vazifasi bajarilmoqda. Bu holat, albatta, sug‘urta
xizmatining sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekiston sug‘urta bozori jadal sur’atlar bilan
rivojlanmoqda. Mazkur jarayonda avariya komissari faoliyatining
yo‘lga qo‘yilishi va rivojlantirilishi turli subyektlarning sug‘urtaga
bo‘lgan ishonchlari ortishiga omil bo‘ladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida avariya komissari bilan
«yonma-yon» syurveyer va dispasherlar kabi subyektlar ham
faoliyat ko‘rsatadi. Syurveyer — bu maxsus ekspert bo‘lib, u
sug‘urta obyektlarini sug‘urta tashkiloti so‘roviga asosan ko‘rikdan
o‘tkazuvchi subyekt sanaladi. U sug‘urtalanuvchi tomonidan
obyektni ko‘rikdan o‘tkazish uchun jalb etilishi ham mumkin.
Ta’kidlash lozimki, uning avariya komissari bilan o‘zaro o‘xshash
8 9
hamda o‘ziga xos farqli tomonlari ham mavjud. Bundan tashqari
syurveyerning ixtisoslashganlik darajasi, odatda, avariya
komissariga nisbatan yuqori hisoblanadi. Shuning uchun avariya
komissari ham ba’zan syurveyer xizmatidan foydalanadi.
Sug‘urta bozorida avariya komissari va syurveyer bilan
birgalikda dispasher ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Mazkur
faoliyat dengiz sug‘urtasi bilan bog‘liqligi sababli asosan dengiz
bo‘yi davlatlarida rivojlangan. Mol-mulk yoki boshqa obyektlar
dengiz orqali manzilga yetkazilish jarayonida yuz berishi ehtimol
bo‘lgan, turli risklardan sug‘urtalanadi. Ma’lumki, dengiz
transportida bir necha subyektlarning mol-mulki yuklangan hamda
ular sug‘urtalangan bo‘lishi mumkin. Dengizda sug‘urta hodisasi
yuz berishi oqibatida mulklarning zararlanishi umumiy avariya
deb nomlanadi.
Umumiy avariya holatida har bir mulk egasi qancha zarar
ko‘rganligini aniqlash lozim bo‘ladi. Aynan shunday faoliyatni
dispasher amalga oshiradi hamda u ko‘rilgan zararni hisoblash va
uni xolisona taqsimlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis hisoblanadi.
Zarar hisobi bo‘yicha tuzilgan hujjat
dispasha deb ataladi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida sug‘urta vositachilari
professional ishtirokchilar sifatida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
Ular sug‘urtachi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachilik
faoliyatini amalga oshirish borasida muhim subyektlar hisoblanadi.
Sug‘urta vositachilarining tarkibiga sug‘urta agentlari, sug‘urta
va qayta sug‘urta brokerlari kabi subyektlar kiradi. Xususan,
sug‘urta agenti bu sug‘urta tashkilotining nomidan yoki uning
topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va uning
ijro etilishini tashkil etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Sug‘urta brokeri esa sug‘urtalanuvchining nomidan yoki uning
topshirig‘iga asosan shartnomani tuzish va uning amal qilishi bilan
bog‘liq faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs hisoblanadi.
Sug‘urta vositachilari sug‘urta mahsulotini sotish bo‘yicha maxsus
tizimga ega bo‘lib, sug‘urta bozorining o‘ziga xos infratuzilmasini
tashkil etadi.
Sug‘urtachilar uyushmasi unga a’zo bo‘lgan subyektlarning
manfaatlariga xizmat qilish maqsadida (masalan, 1985-yildan
boshlab faoliyat ko‘rsatayotgan Britaniya sug‘urtachilar
assotsiatsiyasi singari) tashkil etilishi mumkin bo‘lgan sug‘urta
bozori infratuzilmasining muhim tarkibiy qismi sanaladi. Mazkur
9 0
uyushma (assotsiatsiya) ning vazifasi keng ko‘lamli bo‘lib, u sug‘urta
sohasiga oid bilimlarni ommalashtirish, maxsus bukletlar, statistik
ma’lumotlarni nashr etish kabi yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadi.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida auditorlik tashkilotlari ham
o‘ziga xos o‘ringa ega. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-
mayda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuniga
muvofiq sug‘urta tashkilotlari ham auditorlik tekshiruvidan o‘tishlari
majburiy qilib belgilab qo‘yilgan. Auditorlik tekshiruvi sug‘urta
tashkilotining so‘roviga asosan amalga oshiriladi. Uning natijasiga
ko‘ra, auditor sug‘urta tashkilotining moliyaviy ahvoli yuzasidan
o‘z xulosasini beradi. Mazkur xulosada sug‘urta tashkilotining
moliyaviy holati aks ettiriladi. Sug‘urta tashkiloti auditor taqdim
etgan xulosadan kelib chiqib, o‘zining moliyaviy holatini yaxshilash
strategiyasini ishlab chiqadi hamda uni amalga oshiradi.
Sug‘urta faoliyati o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘lib,
maxsus (masalan, tijorat banklari buxgalteriyasi kabi) buxgalteriya
hisobini yuritish tartibini ishlab chiqishni talab etadi.
Shuni qayd etish lozimki, sug‘urta faoliyatini tekshiruvchi
auditor bu soha yuzasidan maxsus bilimga ega bo‘lmasa, tomonlar
o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelishi mumkin. Shu sababdan,
sug‘urta faoliyatini rivojlantirishda uning o‘ziga xos bo‘lgan
buxgalteriya hisobini yuritish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan tashqari, maxsus ixtisoslashgan maslahatchilar
ham sug‘urta bozori infratuzilmasining subyekti sifatida faoliyat
yuritishlari mumkin. Mazkur subyektlar jumlasiga ixtisoslashgan
va keng qamrovli maslahat byurolari, advokatlik hamda baholovchi
firmalarni kiritish mumkin. Shu o‘rinda ta’kidlash mumkinki,
mamlakatimizda maslahatchilik xizmatining rivojlanganlik dara-
jasi hozirda yuqori emas va mazkur mutaxassislar sug‘urta faoli-
yatida deyarli ishtirok etishmayapti.
O‘zbekistonda 2004-yilning yakuniga ko‘ra, sug‘urta muko-
fotlari 32,9 mlrd so‘mga yaqin summani tashkil etdi. 2005-yil bu
ko‘rsatkich yanada ortdi. Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekiston sug‘urta
bozorining jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganidan dalolat
beradi. Mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada rivojlantirish
uning xizmatlari ko‘lamini kengaytirishni hamda ularning sifati-
ni oshirishni taqozo etadi.
Xalqaro tajribani o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor
infratuzilmasi sug‘urta bozori infratuzilmasini shakllantirish bilan
9 1
bir butunlikda kechadigan jarayondir. O‘zbekistonda sug‘urta
bozori infratuzilmasining shakllantirilishi birmuncha o‘zgacha
tarzda kechmoqda.
Sug‘urta bozori infratuzilmasida alohida mustaqil faoliyat
ko‘rsatishi lozim bo‘lgan sug‘urta vositachilari, auditorlari, sug‘urta
obyektlarini baholovchi (ekspert)lar hamda boshqa subyektlar,
xorijiy amaliyotdagidan farqli ravishda, mamlakatimizda faoliyat
yuritayotgan sug‘urta tashkilotlarining o‘ziga biriktirilgan. Garchi,
sug‘urta bozori infratuzilmasining rivojlanishi sust kechayotgan
bo‘lsa-da, sug‘urta tashkilotlarining o‘z infratuzilmasini rivojlan-
tirishga bo‘lgan harakatlari ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, bu
borada «O‘zbekinvest» EIMSKning yetakchi bo‘layotganini, uning
qoshida «Sug‘urta olami» nomli sug‘urta biznesini o‘qitish va
«Innovatsiya va sug‘urta xizmatlarini rivojlantirish» markazlari,
«O‘zbekinvest Eksiminform» marketing hamda «O‘zbekinvest
Assistans» servis agentliklari «O‘zbekinvest Sarmoyalari»
investision kompaniya, shuningdek, boshqa sho‘ba korxonalar
samarali faoliyat ko‘rsatayotganligini qayd etish mumkin.
Sug‘urta bozori infratuzilmasini shakllantirish va uning
subyektlari faoliyatining me’yoriy-huquqiy bazasini takomillash-
tirish O‘zbekistonda sug‘urta bozori taraqqiyotini yangi rivojlanish
bosqichiga olib chiqadi. Xususan, mamlakatimizda sug‘urtachilar
uyushmasini tashkil etish, aktuariy, syurveyer kabi subyektlarning
faoliyatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’kidlash joizki, bu jarayon sug‘urta bozori infratuzilmasi
subyektlarining alohida ixtisoslashuvini hamda ularning faoliyatini
o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |