8 6
9. 1999—2001-yillarda qaysi sug‘urta kompaniyasi javobgarlik sug‘urtasi
qilish bo‘yicha ko‘p sug‘urta shartnomalari tuzishga erishgan?
10. Eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan qaysi biri majburiy sug‘urta bo‘yicha
sug‘urta mukofotlari to‘plashga erishgan?
11-mavzu. Sug‘urta bozori infratuzilmasi
Sug‘urta bozori infratuzilmasi tushunchasi va uning vazifalari.
Sug‘urta bozori infratuzilmasining tarkibi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy is-
lohotlar sifat jihatidan yangi bosqichga
ko‘tarilmoqda. Bu jarayonda sug‘urta
faoliyati ham rivojlanib, ravnaq topmoqda.
Sug‘urta instituti bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi sifatida
uning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan,
sug‘urta faoliyatida risklar transferi ham, o‘z navbatida, bozor
infratuzilmasining rivojlanganlik darajasiga bog‘liqdir.
Shu o‘rinda, «infratuzilma» tushunchasi iqtisodiy ilmiy lug‘atlarda
turlicha: masalan, «asosiy ishlab chiqarish sohalari va aholiga xizmat
ko‘rsatuvchi iqtisodiy tarmoqlar yig‘indisi» yoki «ma’lum tarmoqqa
xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqaruvchi va noishlab chiqaruvchi
tarmoqlar majmuasi»
1
kabi ma’nolarda qo‘llanilishini qayd etish
mumkin. Xususan, sug‘urta bozori infratuzilmasining mazmun-mo-
hiyatini ochib berishda, iqtisodiyot subyektining samarali faoliyat
yuritishi uchun kafolatli shart-sharoit yaratuvchi faoliyat turlari
majmuasi nazarda tutiladi. Ma’lumki, sug‘urta mahsuloti sotilishining
o‘ziga xos jihatlari mavjud va bu jarayon:
— sug‘urta riski haqida axborot to‘plash va uni aniqlashtirish;
— sug‘urta shartnomasini imzolash va uning amal qilishini
ta’minlash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
Sug‘urta faoliyatida risklar transferining mazkur bosqichlari
o‘ziga xos bilimni talab etadi. Ayni vaqtda obyektiv va subyektiv
sabablarga ko‘ra, ma’lum qisqa davr oralig‘ida talab etilayotgan
mutaxassis kompaniyaning shtatlar birligiga kiritilishi iqtisodiy
jihatdan samarasiz hisoblanishi ham mumkin.
Shuning uchun
kompaniya o‘z faoliyatida, odatda, boshqa soha mutaxassislari
Dostları ilə paylaş: