1 0 6
— sug‘urta hodisasi yuz berganda (sabablarini o‘rganish va
uning oqibatlarini tugatish uchun) qilinadigan xarajatlar.
Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarini, shuningdek, ayrim sug‘urta
turi yoki shartnomasiga daxldor bo‘lgan o‘zgaruvchan va barcha
tuzilgan sug‘urta shartnomalari portfeliga aloqador bo‘lgan doimiy
kabi guruhlarga ham bo‘lish
mumkin
1
.
Xalqaro amaliyotda sug‘urta tashkilotining xarajatlari akvizitsiya
(ommaviy-tashkiliy kompleks tadbirlar), inkassatsiya (sug‘urtaning
ayrim turlari bo‘yicha mukofotlarning
naqd pullarda qabul
11-chizma.
Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining
turlari va ularning tasniflanishi.
1
Qarang:
Äóáðîâèíà Ò.À., Ñóõîâ Â.À., Øåðåìåò À.Ä. Àóäèòîðñêàÿ äåÿ-
òåëüíîñòü â ñòðàõîâàíèè. Ó÷åáíîå ïîñîáèå ïîä ðåä. ïðîô. Øåðåìåòà À.Ä.
—Ì.: ÈÍÔÐÀ-Ì, 1997. ñ. 160.
1 0 7
qilinishi), likvidatsiya (sug‘urta hodisasi yuz berganligi yuzasidan
sug‘urtalanuvchi arizasida bayon qilingan talablarning qondirilishi)
va boshqaruvga oid kabi turlardan iboratdir
1
.
Sug‘urta tashkiloti daromad va xarajatlarini sug‘urta faoliyatini
amalga oshirish jarayonidagi o‘rni va roliga qarab tasniflash
ko‘proq maqsadga muvofiqdir. Ular quyidagichadir:
— sug‘urta himoyasini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan
(sug‘urta operatsiyalari hamda investitsiya joylashtiriluvi bo‘yicha)
daromad va xarajatlar;
— sug‘urta himoyasi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘lma-
gan boshqa daromad va xarajatlar.
Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari tarkibi hamda
ularni hisoblash ko‘p jihatdan milliy sug‘urta qonunchiligi
me’yorlariga ham bog‘liqdir. Shuningdek, sug‘urta tashkilotining
daromad va xarajatlariga amaldagi soliq qonunchiligiga binoan
to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘ining soliq bazasini aniqlash
formulasi hamda stavkalari darajasi ham ta’sir etadi.
Sug‘urta
tashkilotining daromad va
xarajatlari tarkibi bo‘yicha yuqorida
bildirilgan fikr-mulohazalarga asoslanib,
uni aniqlash bo‘yicha quyidagi formulani
taklif etamiz:
SM = SMs + SMqs + O‘MZo‘
(1),
bu yerda: SM— ishlab topilgan sug‘urta mukofotlari summasi;
SMs — bevosita sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summasi;
SMqs — qayta sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta mukofotlari summasi;
O‘MZo‘ — o‘zlashtirilmagan mukofotlar zaxirasining o‘zgarishi.
UNz = Nz + Nvt
(2),
bu yerda: UNz — ko‘rilgan zararning umumiy netto qismi; Nz —
ko‘rilgan zararning netto qismi; Nvt — qayta sug‘urtalash bo‘yicha
vositachilik to‘lovlarining netto qismi.
Nz = SM — SQs — (SQqs –SQqsq)
(2.1),
1
Qarang: Ñòðàõîâîå äåëî. Ó÷åáíèê. Ïîä ðåä.
Ðåéòìàíà Ë.È. — Ì.:
Áàíêîâñêèé è áèðæåâîé íàó÷íî-êîíñóëüòàöèîííûé öåíòð, 1992. ñ. 333.
Dostları ilə paylaş: